Eshitish va muvozanat analizatori funksiyalarini tekshirish
Download 355.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kamertonlar bilan tekshirish
- Havo o„tkazuvchanligini tekshirish
d) agar bemor 6 m masofadan eshitmasa, tekshirayotgan kishi uning oldiga, u eshita
boshlagunicha 1 m dan yaqinlashgan xolda so„zlarni takrorlaydi; e) ushbu tekshiruvning miqdoriy ifodasi bemor shivirlab aytilgan so„zlarni eshita boshlagan masofani belgilovchi metrlarda belgilanadi; j) so„zlash nutqi bilan tekshirish ham xuddi shu usulda o„tkaziladi. Agar bemor quloq chanog„i (suprasi) oldida aytilgan so„zlarni eshitmasa, u xolda tekshiruv chanoq oldida baqirish bilan o„tkaziladi (ixtiyoriy so„zlar). Kamertonlar bilan tekshirish Bu tekshirish quloq og„irligini differensial diagnostikalash maqsadida o„tkaziladi. Bu usul sof tovushlarning havoda va suyakdan o„tuvchanligiga asoslangan qabul qilishlarni solishtirishga asoslangan. Tekshirishni keng chastotali diapazonda o„tkazish imkonini beruvchi, kamertonlarning maxsus to„plamlari mavjud. Biroq kundalik amaliyotda qo„llash uchun faqat ikkita kamerton: past (sekundiga 128 ta tebranish – S 128 ) va baland (sekundiga 2048 ta tebranish – S 2048 ) kamerton kifoya. Har bir kamerton pasportiga, ya‟ni sekundlarda ifodalangan, otologik sog„lom kishilar tomonidan qabul qilinadigan vaqt to„g„risidagi ma‟lumotga ega bo„lishi kerak. Havo o„tkazuvchanligini tekshirish: Havo o„tkazuvchanligini tekshirishda kamerton perkussion bolg„achaning «maksimal” dozalangan zarbasi bilan jaranglatiladi (basli kamertonni o„z sonining pastki uchdan bir qismiga urish bilan jaranglatish mumkin) va tekshirilayotgan shaxs qulog„iga branshlar bilan yaqinlashtiriladi u esa eshitayotgan yoki eshitmayotganligini aytadi. Kamerton tashqi eshitish yo„liga, quloqqa tegizilmagan xolda, uning o„qi (u ikkala branshga ko„ndalang bo„ladi) eshitish yo„lining o„qiga mos keladigan qilib maksimal yaqinlashtiriladi. Adaptatsiya sodir bo„lmasligi yoki quloq charchamasligi uchun kamertonni har 4-5 soniyada quloqqa yaqinlashtirib turish kerak. Suyak o„tkazuvchanligini tekshirish basli kamerton yordamida amalga oshirilib, uning oyoqchasi bemor bosh tepa suyagiga zich qilib qo„yiladi. Havo va suyakning o„tkazuvchanligini tekshirishda kamerton jaranglashini qabul qilish davomiyligi soniyalar bilan aniqlanadi (miqdoriy tekshiruv). Eshitish sifatini kamertonlar bilan tekshirishda qator tajribalar o„tkaziladi. Download 355.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling