Eshitish va muvozanat analizatori funksiyalarini tekshirish


Download 355.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana28.12.2022
Hajmi355.24 Kb.
#1071195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu 1

Orofaringoskopiya: Xalqum va og„iz bo„shlig„i quyidagi tartibda ko„riladi: 
Peshona reflektori bilan yoritilgan taqdirda bemor tili og„iz tubiga shunday bosilish 
lozimki, qayd qilish refleksi qo„zg„amasligi kerak. SHpatel bilan og„iz bo„shlig„iga 
judayam chuqur olib kirmasligi va til ildiziga bosmasligi kerak. Ayrim odamlarda xalqum 
tili chiqarganida yaxshiroq ko„rinadi, ammo ko„pchilik xolatlarda uni tili og„iz bo„shlig„i 
tubida yotganda va o„rtasidan biroz shpatelь bilan bosilganda yaxshiroq ko„rinadi.
Avval lablar, lunjlar, milklar, til, yumshoq va qattiq tanglay shilliq qavatlari; tishlar 
xolati, ularning karioz o„zgarganligi ko„riladi. Keyin xalqumni og„iz bo„shlig„i qismi va 
yutqin ko„riladi. 
Faringoskopiya ikki bosqichdan tashkil topgan:
1) bemor tinch xolatda turib, xalqum mushaklarini bo„shashtirishi kerak 
2) “a” xarfini etishi lozim: bunda yumshoq tanglay yuqoriga ko„tariladi va uning 
xarakatchanlik darajasi aniqlanadi. Tanglay ravoqlari, murtaklar, xalqum orqa va yon 
devorlari, til ildizi va til osti soxasi ko„riladi. Aloxida e‟tibor yutqin shilliq qavati rangiga 
qaratiladi. Normada uning rangi och pushti rangda bo„lib, lunj, qattiq tanglay va milklar 
shilliq qavatlaridan rangdorligi bilan ajralib turadi. Bu zev devorlarini fiziologik 
giperemiyasi bo„lib, uni shifokor patologik xolatdan ajrata olishi kerak. Ko„rik paytida 
ravoqlar bilan murtaklar chandiqlanganligini, murtaklar kriptalari xolati, ularda yiringli 
tiqinlar borligi, regionar limfa bezlari kattalashganligi e‟tiborga olinadi. 
Xalqum pastki kismlari, til osti murtagi bevosita va bilvosita laringoskopiya orqali 
ko„riladi. 
Laringoskopiya: Laringoskopiyada xiqildoq bo„shlig„i ikki yo„l bilan ko„riladi: 1) 
og„iz bo„shlig„iga kiritilgan xiqildoq oynachasi orqali, bunda orqa devoriga tegib 
ketmasligi kerak (bilvosita yoki ko„zguli laringoskopiya). 2) xiqildoq-xalqumga kiritilgan 
laringoskop orqali (bevositv laringoskopiya). 
Bilvosita laringoskopiya uchun yorug„lik manbai bo„lishi kerak, uning nurlari 
peshona reflektoridan qaytib og„iz bo„shlig„iga kiritilgan oynachaga tushadi. Ko„zguli 
tarafi terlab qolmasligi uchun, tekshirishdan oldin uni spirtovka ustida qizdirish kerak. 
Xalqum shilliq qavatini kuydirib ko„ymasligi uchun, oynachani orqa tarafini kaftimizni 
orqa tarafiga teygizib qo„yishimiz kerak. 
Bilvosita laringoskopiyani birinchi bosqichi – odatdagi xolatda nafas olinganda 
o„tqaziladi. Xiqildoq ko„rilganda oynachada til ildizi (til murtagi), keyin xiqildoq usti 
tog„ayi va nixoyat xiqildoq bo„shlig„i ko„rinadi: cho„michsimon burmalar, noksimon 
sinuslar, tovush burmalari, cho„michsimon tog„aylar va cho„michsimonaro bo„shliq. 
Ikkinchi bosqich – bemorga “e” xarfi etilishi tavsiya etiladi. Bunda xiqildoq usti 
tog„ayi “a” xarfi etilganidan ko„ra ko„proq ochiladi. 


Uchinchi bosqich – bemor chuqur nafas olishi kerak: tovush boylamlari maksimal 
yon tarafga o„tib, tovush yorig„i yaxshi ochiladi va traxeya oldingi devorini xam ko„rish 
mumkin (ayrim xolatlarda bifurkatsiyagacha xam). 
Laringoskopiyada bemorga og„zini ochib tilini chiqarishga tavsiya etiladi, bunda 
shifokor (ayrim xolatlarda bemorni o„zi xam) dokali salfetka orqali bo„sh qo„li bilan uni 
o„rab ushlaydi. Oynachada xalqum bilan xiqildoqni faqat chegaralangan joyini 
ko„rishimiz mumkin, lekin oynachani xar xil burchak ostida bursak, xiqildoqni barcha 
qismlarini ko„rishga imkon beradi. 
Bevosita laringoskopiyada turli xildagi shpatellar yordamida til ildizini pastga va 
oldinga bosish mumkin. SHu tufayli og„iz bo„shlig„i xiqildoq bilan bir chiziqga 
to„g„rilanadi. Bevosita laringoskopiyani afzalligi shundaki, xiqildoq to„ridan - to„g„ri 
ko„rinadi, va bolalarda xamda bilvosita laringoskopiya qilib bo„lmaydigan odamlarga 
o„tqazish mumkin. Bu amaliyot o„pka va yurak kasalliklari sababchisi bo„lgan kuchli 
xansirashi bor bemorlarga qilib bo„lmaydi. 
Bevosita laringoskopiya texnikasi quyidagicha amalga oshiriladi. Xiqildoq 
kokainizatsiyasidan keyin (yosh bolalarda qilinmaydi) bemor past taburetkaga o„tqaziladi 
va o„ng qo„li bilan dokali salfetka yordamida chiqarilgan tilini ushlab turadi. CHap qo„li 
bilan shifokor bemor yuqori labini ko„taradi, o„ng qo„li bilan og„ziga o„rta chiziq bo„ylab 
til ildizigacha shpatel olib kiradi va xiqildoq usti tog„ayini ko„rishga xarakat qiladi. 
Bundan keyin shpatel bilan yoki bronxoskopik trubka orqali xiqildoq usti tog„ayi 
orqasiga o„tiladi va xiqildoq kirish qismiga tushadi. Keyin esa, shpatel bilan xiqildoq usti 
tog„ayi oldinga to tovush boylamlari ko„ringuncha suriladi. Ayrim xolatlarda yordamchi 
kerak bo„lib, u o„zining barmoqlari bilan bemor xiqildog„iga tashqaridan bosib turadi. 
Laringoskopik tekshirish paytida biz albatta bilishimiz kerakki qaysi anatomik 
tuzilmalarni biz oynachada ko„rishimiz mumkin bo„ladi – oynachani tepasida oldinda 
joylashgan tuzilmalar va oynachani pastki qismida orqa devorda joylashgan tuzilmalar 
ko„rinadi, o„ng va chap tarafdagi tuzilmalar o„z joyida ko„rinadi, tovush yorig„i esa nafas 
olinayotgan paytida oynachada asosi pastda bo„lgan uchburchak shaklida ko„rinadi.

Download 355.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling