Eshitish va muvozanat analizatori funksiyalarini tekshirish


Download 355.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana28.12.2022
Hajmi355.24 Kb.
#1071195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu 1

Tekshirish uslubi: 
1. S
128, 
S
2048, 
S
512 
kamertonlar to„plamini oling, tekshirishni past chastotali kamertondan 
S
128 
dan boshlang. S
128 
va undan yuqori bo„lgan kamertonlar branshlarni ikkita barmoq bilan
uzlukli bosish va chap kaft tenoriga urish bilan, S
2048 
kamerton esa tirnoqni chertish bilan 
tebrantiriladi. Tekshirilayotgan shaxsga kamerton eshitilmay qolgan zahoti tekshiruvchiga 
xabar qilishi kerakligi to„g„risida aniq ko„rsatma beriladi.
2. Jaranglab turgan kamertonni oyoqchasidan ushlagan xolda tekshirilayotgan shaxsning 
tashqi eshitish yo„lidan 0.5-1 sm masofaga yaqinlashtiring, tekshirilayotgan shaxs ushbu 
kamertonni eshtitib turgan vaqtni sekundomer bilan o„lchang, vaqtni o„lchash kamerton 
tebrantirilgan vaqtdan boshlanadi. 
3. SHundan so„ng patsinetga kamerton eshitilmay qolgan zahoti, kamertonni quloqdan 
uzoqlashtirish va shu zahoti yana (uni qayta tebrantiramsdan) yaqinlashtirish kerak. Odatda
kamertonni bunday uzoqlashtirishdan so„ng patsient tovushni yana bir necha soniya eshitib 
turadi. Uzil-kesil vaqt patsientning so„nggi javobi bo„yicha belgilanadi.
 
Suyak o„tkazuvchanligini tekshirish (Rinne tajribasi): 
Suyak o„tkazuvchanligi S
128 
kamerton bilan tekshiriladi, chunki pastroq chastotali 
kamertonning tebranishini teri sezadi, yuqoriroq chastotali kamertonlarni esa boshqa quloq havo 
orqali eshitadi.
1. Jaranglab turgan S
128 
ni oyog„ini perpendikulyar qilib so„rg„ichsimon o„simtaning 
maydonchasiga qo„ying. Qabul qilish davomiyligini ham sekundomer bilan o„lchang, o„lchashni
kamerton tebrantirilgan vaqtdan boshlang. Tovushni to„qimalar orqali qabul qilish to„xtagach 
kamerton tebrantirmasdan tashqi eshitish yo„liga yaqinlashtiriladi. Bunda normadagi 
tekshirilayotgan shaxs kamertonning tebranishlarini havo orqali eshitadi –Rinne tajribasi ijobiy 
(R+) 
2. Agar tekshirilayotgan shaxs so„rg„ichsimon o„simtadagi kamerton jaranglashdan 
to„xtagach uni havo orqali tashqi eshitish yo„li yaqinida eshitmasa, bunday natija salbiy 
hisoblanadi (R-). 
Rinne tajribasida norma xolatda havo o„tkazuvchanligining suyak o„tkazuvchanligidan 2 
marta ortiqligi kuzatiladi (R+), salbiyda – aksincha, suyak o„tkazuvchanligi havo 
o„tkazuvchanligidan ortiq bo„lib, bu tovush o„tkazuvchi apparatning shikastlanishida uchraydi. 
Tovush qabul qiluvchi apparatning kasalliklarida, normadagi kabi, havo o„tkazuvchanligining 
suyak o„tkazuvchanligidan ortiqligi kuzatiladi, bunda soniyalarda ifodalangan, ham havo orqali, 
ham suyak orqali kamertonni qabul qilishning davomiyligi, normadagidan kam, ammo Rinne 
tajribasi ijobiyligicha qoladi.

Download 355.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling