Эслатма: ушбу саволлар Жиноят-процессуал ҳуқуқи фанидан умумий ва махсус қисмни қамраб олган бўлиб, халқаро, давлат, хусусий ҳуқуқ каби бошқа йўналишлар учун


-modda. Murdani eksgumatsiyadan so‘ng ko‘mish


Download 0.85 Mb.
bet35/80
Sana02.06.2024
Hajmi0.85 Mb.
#1839720
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80
Bog'liq
Оралиқ саволлар оғзакиники

152-modda. Murdani eksgumatsiyadan so‘ng ko‘mish
Eksgumatsiyadan va boshqa protsessual harakatlardan so‘ng murdani ko‘mish murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida qaror yoki ajrim chiqargan shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Murda ko‘milganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida nizom”ning 40-bandi, Toshkent shahar hokimining 2016-yil 10-oktabrdagi 921-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Toshkent shahriga tegishli dafn etish joylarini saqlash qoidalari”ning 27-bandi.




31.Эксперимент тергов ҳаракатини ўтказиш учун асослари ва уни ўтказиш тартибини баён қилинг.
153-modda. Eksperiment o‘tkazish uchun asoslar
Surishtiruvchi, tergovchi va sud guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilarning ko‘rsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek ish yuzasidan qilingan tusmol, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar o‘tkazish orqali tekshirishga haqlidir.
Eksperiment biror hodisani idrok qilish, muayyan harakatlarni bajarish, biror hodisaning sodir bo‘lish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning yuz berish va izlarning qolish yo‘sinlarini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
154-modda. Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrim
Eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Eksperiment natijasida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar yetkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarning kelib chiqishi ehtimol bo‘lsa, surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim.
Eksperiment jamoat tartibi yoki axloq normalarining buzilishiga olib keladigan bo‘lsa, uni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ekspert tomonidan o‘tkaziladigan eksperiment sud ekspertizasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling