Estetika estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari Estetika va uning ta’rifi


Download 135 Kb.
bet2/19
Sana09.06.2023
Hajmi135 Kb.
#1476427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ESTETIKA

Estetik nazariya ob’ektni butunicha qamrab oladigan printsiplar, qarashlar, tushunchalar, qoidalar, aqidalar, bilimlar tizimidan iborat bo’lib, ular mantiqqa, muayyan falsafiy qarashlarga asoslangan bo’ladi.
4. Estetik faoliyat. Kasbiy soha xodimlari estetik faoliyatining asoslari ularning muayyan talab va ehtiyojlaridan iborat bo’lib, moddiy va ma’naviy faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi. Shunga ko’ra «mehnat estetikasi», «ishlab chiqarish estetikasi», «turmush estetikasi», «sport estetikasi» kabilar farqlanadi. Ular kishilarning zavq-shavq bilan halol mehnat qilishlarida ko’maklashadi.
Kasbiy soha xodimlarining estetik faoliyati ularning yurish-turishlarida, o’z xizmat xonalarini jihozlashlarida, tabiiy olam va kishilarga munosabatlarida yaqqol namoyon bo’ladi.
5. Estetika fani. Estetik ong, estetik munosabat, estetik faoliyat, estetik tarbiya, san’at masalalarini o’rganish bilan bevosita estetika fani shug’ullanadi.
Estetika – go’zallik olami, san’at va badiiy ijod qonuniyatlarini o’rganuvchi va o’rgatuvchi fan.
Ana shu umumiy ta’rifdan kelib chiqqan holda kasbiy soha xodimlariningkasb faoliyati estetikasiga fan sifatida quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Kasbiy faoliyat estetikasi deb biron bir kasb sohiblarining voqelikka estetik munosabatda bo’lish orqali o’zlarining xizmat faoliyatlarini nafosat qonunlari, printsiplari, vositalari asosida tashkil qilishlarini o’rganish va o’rgatishga aytiladi.
Kasbiy faoliyat estetikasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) xodimlarining olamni go’zallik qonunlari asosida yaratishi, o’zgartirishi va qayta qurishida ko’maklashish;
2) go’zallik, qahramonlik va ulug’vorlikni ularning antipodi bo’lgan xunuklik, qo’rqoqlik va pastkashlikdan ajrata bilish;
3) nafosat qonunlari, printsiplari asosida estetik tarbiya ishlarini tashkil qilish.
Estetika bilan etika doimo dialektik birlikdadir. Inson faoliyatidagi har bir xatti-harakat go’zal bo’lganligi uchun ham yaxshidir, qadr-qimmatlidir, ya’ni axloqiydir va aksincha, sodir etilgan har bir yaxshi, adolatli ish, xatti-harakat nafosatlidir. Shuning uchun ham buyuk rus nafosatshunos olimi V.G.Belinskiy «go’zallik – axloq-odobning tug’ishgan singlisidir» deganda haq bo’lgan.

2. Estetika kategoriyalari, ularning mohiyati va ahamiyati





Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling