Estetika estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari Estetika va uning ta’rifi


Go’zallik haqida donolar shunday deganlar


Download 135 Kb.
bet5/19
Sana09.06.2023
Hajmi135 Kb.
#1476427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ESTETIKA

Go’zallik haqida donolar shunday deganlar:
Kishida ikki go’zallik bo’lib, ular ichki va tashqi go’zallikka bo’linadi. Tashqi go’zallikka kishining barcha a’zolari, masalan, ko’z, quloq, qosh, yuz, lab, og’iz, qo’l, oyoq, qomat go’zalligi kiradi. Ichki go’zallik esa kishining yoqimli xulqlar bilan bezanishidir. Bu xulqlar muloyimlik, saxovat, shijoat, ilm, kamtarlik, iffat va boshqalardir
(Abulbarakot Qodiriy).
Kishini go’zal qilib ko’rsatadigan narsa uning chiroyi emas, balki
chiroyli xulqidir. Chiroyli xulq xunuk kishini ham chiroyli qilib
ko’rsatadi (Xurramiy).
Insonda hamma narsa: chehra ham, kiyim ham, qalb ham, tafakkur ham ...
go’zal bo’lishi kerak (A.P.Chexov).
Go’zallik – haqiqiy baxt-saodat va rasmana qahramonlik bo’lib, u
balandparvoz so’zlarga muhtoj emas (V.Raabe).
Go’zallik butun olamni qalbga olib kiradigan kuch va iste’dodga ega
(M.Servantes).
Go’zallik ba’zi xislat va belgilardan iborat emas, balki umumiy
tashqi qiyofada va unda hayotning mohiyati kam darajada aks
etishidadir (N.A.Dobrolyubov).
Go’zallik – bu Erkin qalb va mustahkam sog’liq samarasidir.(L.Shefer)
Aql etishmagan husn go’zal emas. (E.L.Gule)
8. «Ulug’vorlik» tushunchasi va uning ahamiyati. Kasbiy soha xodimlarining xizmat faoliyatida ulug’vorlik alohida ko’zga tashlanib turadigan xatti-harakat hisoblanadi. Ulug’vorlik go’zallikka yaqin tushuncha hisoblansa-da, uning o’ziga xos tomonlari ham mavjud. O’zbek tilida ulug’ deganda, egallagan o’rni, hajmi g’oyat yirik, juda katta, ulkan, buyuk narsa, voqea, hodisalar; har tomonlama ortiq, ustun, qudratli ishlar; beqiyos talantli, iste’dodli, qobiliyatli, buyuk shaxslar; ko’p va katta maqsadlarni o’z ichiga olgan, buyuk dasturlar tushuniladi. Shunga ko’ra, kasbiy soha xodimlarinining ulug’vorligi deb o’zining g’oyat yirik va ulkanligi, viqorliligi, amalga oshirgan ishlarining qudratliligi, beqiyosligi, buyukligi bilan lol qoldiradigan, salobati bosib turadigan tabiat va jamiyat hodisa, voqea, narsalariga hamda ularning o’zlari xizmat faoliyati davomida namoyon qiladigan katta iste’dod, bajaradigan qahramonona ishlarining estetik ifodalanishiga aytiladi.
«Ulug’vorlik» tushunchasi voqelikning turli sohalarida, ya’ni tabiatda, jamiyatda, inson faoliyatida, uning ma’naviy dunyosida mavjud bo’lib, o’zida dunyoning cheksizligi, abadiyligi hamda inson ichki kuchlarining nihoyatda buyukligini aks ettiradi.
Ulug’vorlikda quyidagi ikki tomon chambarchas bog’lanib ketgan:
1) odamni lol qoldiradigan, salobati bosib turadigan ulug’vorlik (masalan, ota va onaning ulug’vorligi, Vatanning ulug’vorligi, mashhur olimlar hamda davlat va jamoat arboblarining ulug’vorligi va hokazo);
2) insonga ruh bag’ishlovchi, uning kuch-qudratini ko’taruvchi ulug’vorlik (masalan, tabiatdagi ulug’vorlik, xususan, baland tog’lar, qorli cho’qqilar, moviy dengiz, haybatli to’lqinlar, ulkan sharsharalar yoxud insonning ijodkorlik qobiliyati, ijodiy mehnati bilan yaratilgan me’moriy ansambllar, katta shaharlar, yodgorliklar, haykallar, aytaylik, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari, Shohi Zinda, Oqsaroy, Amir Temur maqbaralari).
Ulug’vorlik hissi kasbiy soha xodimlarini yangidan-yangi ishlar, qahramonliklarga chorlaydi, ularga quvonch bag’ishlaydi, olijanob insoniy tuyg’ular shakllanishiga xizmat qiladi.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling