Maqsadlarni shakllantirishda “SMART” va “SMARTER” texnologiyalaridan foydalanish ularni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish
imkonini yaratib beradi.
Bundan tashqari, inson o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib olgach,
o‘zi intilayotgan narsaga boshqa shaxslar qanday erishgan yoki
erishayotgani yuzasidan bilim, ko‘nikma va hatto maslahat olishga
harakat qilish zarur.
Yuqoridagi ikki maqsadni SMARTER ga solib qoying.
3. Orzu, maqsad va niyat … Bir qarashda bu so`zlar sinonimdek tuyilsada, aslida ular o`rtasida ma`lum farqlar mavjud. Maqsad va orzuning farqli jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Aniqlilik darajasi.
2. Rejaga asoslanganligi.
3. Shaxsning qobiliyati va imkoniyatlari darajasiga muvofiq
kelishi.
4. Aniq sa’y-harakatlar va chora-tadbirlarning amalga oshirilishi.
5. Erishish imkoniyatining mavjudligi.
6. O‘lchovga yoki miqdorga egaligi.
7. Vaqt birligi asosida jadvallashtirilgani.
8. Oqilonalik darajasi.
Inson oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun, avvalo,quyidagilarga e’tibor qaratishi zarur. Shunday orzu-umidlar bo‘ladiki, ularga erishish imkoni mavjud emas. Rok-yulduzga aylanish, bir oyda dunyoning barcha mamlakatlarini kezib chiqish yoki boshqa shunga o‘xshash orzular. Bularning barini haqiqiy hayotda boshdan kechirishdan ko‘ra tasavvur etish ancha yoqimli. Bundan tashqari, bir necha oyda dunyoning eng boy insoniga aylanish, eng mukammal, komil shaxs sifatida bir necha daqiqada tan olinish kabilarni maqsad deb nomlash noto‘g‘ri hisoblanadi.
11-kazus
G‘ildirakning kashf etilishidan boshlangan yaratuvchanlik namunalari bugun koinotda kezib yuribdi. Innovatsiyalar kundalik turmushimizda qulayliklar yaratadi, og‘irimizni yengil, uzog‘imizni yaqin qiladi. Shu tarzda kreativlik taraqqiyotning ajralmas boʻlagiga aylangan. Barcha sohada ijodiy fikrlovchi mutaxassislarga talab katta. Dunyoga mashhur dasturiy mahsulotlar, mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mutaxassislaridan har kuni yangi g‘oya soʻraladi.
Mehnat bozorida kreativ fikrlovchi mutaxassislarga talab oshib borayotgan ekan, ta’lim jarayonida oʻquvchi-talabalarning noodatiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, rivojlantirish dolzarb vazifadir. Haligacha ta’lim tizimida koʻplab yondashuv va metodlar ijodiy fikrlash emas, talqin va tahlilga, ya’ni berilgan ma’lumotni tushunib, toʻg‘ri yetkazishga, nari borsa, bir necha axborotni umumiylashtirib, xulosa chiqara olishga yoʻnaltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |