Rus notig‘i A.F.Koninning fikriga ko‘ra, so‘zamollik va notiqlik bir xil tushuncha emas. So‘zamollik insonga tabiatan berilgan bo‘lib, so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib chiroyli gapirish, odamlarga ta’sir qila olish, ularni bir g‘oyaga ergashtira olish kabi qobiliyatlarda namoyon bo‘ladi.
Notiqlik esa savodli, ishonarli, mantiqan fikrlashda namoyon bo‘lib, bu darajaga inson ko‘p izlanishlar, bilim va tajribalar asosida erishadi.
“Omma oldida nutq so‘zlash doimo mas’uliyatli ish hisoblangan, ishga doir yig‘ilish bo‘lsa ham, unda o‘ntagina erkak va ayol ishtirok etganida ham, qandaydir keskinlik, qandaydir ruhiy zarba, qandaydir hayajon bilan bog‘liq holda kechgan. Notiq doimo tizgini tortilgan nasldor arg‘umoq kabi doimo shay turmog‘i kerak”5.
Notiq har qancha katta tajriba va mahoratga ega bo‘lmasin, avvalo, o‘rganilayotgan mavzuni chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda targ‘ib qilinayotgan g‘oyaga avvalo o‘zi ishonishi kerak. Aks holda u auditoriya oldida o‘z obro‘yini yo‘qotadi.
Omma oldidagi nutqning ta’sirini pasaytiradigan ba’zi qusurlar mavjud. Xususan, notiqning o‘zini istiholasiz reklama qilishga urinishi tinglovchilarning unga bo‘lgan e’tiborini va natijada nutq ta’sirini kamaytiradi. Bundan tashqari, nutq qismlarining o‘zaro bog‘lanmasligi auditoriyaning qiziqishini pasaytiradi. Agarda nutq davomida ketma-ketlikka rioya etilmasa, uni hech kim tinglashni xohlamaydi.
Zero, “Kishining go‘zalligi libosida emas, balki tilida, Nutqning asosiy bahosi uning aniqligida”, deya ta’kidlab o‘tgan edi Aristotel.
Fikrimizcha, auditoriyada, omma oldida nutq so‘zlashdan avval unga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak. Chunki, tayyorgarlik ko‘rilmagan ishlar kutilgan natijani bermaydi. So‘zlovchining noo‘rin harakatlar qilishi tinglovchilar oldida uning obro‘ziga ziyon yetkazadi.
Uchinchi savolga to‘xtalib o‘tsak, bu masala rahbar hamda xodimlar o‘rtasidagi muloqot masalasi hisoblanadi.
Deyarli har qanday ish faoliyati kompaniyaning barcha xodimlaridan hamkorlikda mehnat qilishni yoki juda bo‘lmaganda muntazam natija beruvchi faoliyat yuritish maqsadida qo‘shni xizmatlar o‘rtasida samarali o‘zaro aloqadorlikni talab qiladi. Shu tufayli ham ish beruvchilar uchun boshqa insonlar bilan ishlash layoqati yuqori qadrlanadi.
Rahbar va xodimlar o‘rtasida ham yaxshi munosabat yo‘lga qovyilishi lozim. Aks holda, yuqorida ta’kidlanganidek, rahbar xodimning obro‘yiga putur yetishiga, bu esa kompaniya xodimlari va rahbar orasida nizolarga sabab bo‘lishi mumkin.
Rahbar va xodimlar o‘rtasida yaxshi munosabat o‘rnatsih uchun bir necha yo‘llar mavjud. Masalan, o‘zaro muloqotda tomonlar o‘zlarini to‘g‘ri tuta bilishlari muhim sanaladi. Bir-biriga hurmatni saqlagan holda ishlash har bir kompaniya ishchilari va rahbar xodimlari o‘rtasida bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |