E’tobor bering. Metodologiya qanaqa fan ekanligini bilasiz. Shuning uchun kreativ yondashib kazuslarni ishlang. Ishlangan kazuslarda 1 talabaning fikri berilgan. Siz shu bilan cheklanib qolmang, fikrlardan foydalaning, ularni kengaytiring


Download 131.33 Kb.
bet10/20
Sana07.02.2023
Hajmi131.33 Kb.
#1172581
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Metodologiya Yakuniy 1-kurs

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, o‘z-o‘zini taqdim qilish (taqdimot) da prezentatsiyaning o‘rni kattadir. Shuning uchun ham prezentatsiyani to‘g‘ri tayyorlay olish muvaffaqiyatli taqdimot uchun muhimdir. Shuningdek, taqdimotchining so‘zi dadil, nutqi ravon bo‘lishi ham yaxshi natija keltiradi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Shaxsiy rivojlanish. Darslik. Toshkent. 2019.
2. Алексей Каптерев. “Мастерство презентации. Как создаватъ презентации, которые могут изменит мир”.‒ М.: Издательство “Манн, Иванов и Фербер”. 2012.
3. Deyl Karnegi. O‘z o‘ziga ishonch hosil qilish va notiqlik san’ati.


Kazus 14



Amerikalik psixolog Abraxam Maslou fikriga koʻra, kreativlik – bu aslida barcha insonlarga tugʻma xos boʻlgan, lekin keyinchalik koʻpchilik tomonidan tarbiya, ta’lim, ijtimoiy muhitning mavjud tizimi ta’sirida yoʻqotilgan ijodiy yoʻnaltirilganlikdir.
Boshqa bir mutaxassis esa: “Bolalaringiz hayotini yengillataman, deb ularga xalaqit bermang” degan tavsiyani beradi.
Savollar:

  1. Kreativlikni rivojlantirish usullari mavjudmi? Oʻzingizning kreativlik darajangizni qanday baholaysiz? (40)

  2. Shaxsiy kreativligingizni qanday qilib oshirgan boʻlardingiz? Bu borada “Huquqiy koʻnikmalar va metodologiya” modulidan oʻzlashtirayotgan saboqlaringiz yordam beradi, deb oʻylaysizmi? (30)
3. Bizning xalqimiz mentalitetida kreativlik, ijodiy fikrlashga toʻsqinlik qiladigan qanday illatlar bor, deb oʻylaysiz? (30)

Yuqoridagi kazusga javob berishan avval, kreativlik oʻzi nima, u bizga qachon kerak boʻladi, qanday vaziyatlarda biz uni qoʻllay olamiz degan savollarga javob topamiz.


“Kreativlik ‒ bu qaysidir ma’noda yangi va foydali biron bir narsaning yaratilishiga hissa qoʻshadigan fenomen. Boshqacha qilib aytganda, yangi mavhum biron narsa yoki jismoniy biron kashfiyot kabilar yaralishi uchun eng kerakli vosita bu kreativlikdir”6.
Dunyoda trendlar doim va tez-tez oʻzgarib turadi. Bu trendlar ta’limga, oʻqishga va ishga kirish jarayoniga va albatta hayotimizga ham ta’sir etmay qolmaydi. XXI asrda oʻta yuqori darajada rivojlangan va juda koʻplab an’analarni oʻzgartirib yuborayotgan trend ‒ bu kreativlik.
“Kreativlik tushunchasi oʻz mazmunidan ijtimoiy-statusli hodisa sifatida ifodalanadi. Kreativlik ‒ shaxsning rivojlanishi, uning har tomonlama takomillashishi va mahsuldor-foydali ijtimoiy shakllanishining mustahkam kafolati va ishonchli omilidir”7.
Huquqshunos faoliyatida boshqa xususiyatlar qatori kreativlik muhim oʻringa ega fazilat hisoblanadi. Chunki huquqshunos bevosita fuqarolar, xususan oʻz huquq va manfaatlari buzilgan shaxslar bilan ishlash, ularga huquqiy yordam koʻrsatishda kreativ gʻoyalardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Har qanday soha boʻlishidan qat’i nazar, ayni paytda kreativlik eng kerakli koʻnikma. Kreativ fikrlash, ommaga oʻzgacha gʻoyalar taklif qila olish esa muvaffaqiyatning kalitlaridan biridir.
Kreativ fikrlashni rivojlantirish har bir inson uchun muhimdir. Yanada kreativ gʻoyalar bilan istalgan kishi ishida muvaffaqiyatga erisha oladi. Bizningcha, kreativ fikrlashni rivojlantirishning quyidagi usullari mavjud:

Download 131.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling