Birinchi savolga kelaydigan bo`lsak, shu kungacha men 10dan ortiq detektiv kitoblarni o`qib, 30 dan ortiq shu sohalarga oid filimlarni ko`rganman. Ularning ichida eng qiziqarli va ta`sirli film bu “Advokat” filmi. Ushbu film Amerika Qo`shma Shtatlarida olingan bo`lib, olingan yilning o`zida millionlab muxlislarning qiziqishiga sabab bo`lgan. Ushbu filmda bitta qahramon, ya`ni advokat bo`ladi. Ushbu advokat film davomida 10ta begunoh insonlarni qamoq va o`lim jazosidan qutqaradi. Birinchi mijozini qabul qilganidan 2 kun o`tib, u sud zalida 1 soat mazmunli va o`rinli nutq so`zlagan va o`sha sudda g`olib bo`lgan. Chunki u AQSHning eng kuchli advokatlaridan biri va o`z nutqi va bilimi ustida juda kuchli tayyorlangan bo`ladi. Va qahramon ushbu o`nlik mijozlarining ortidan muvofaqqiyatga erishadi. Chunki o`sha 10 ta begunoh inson o`limdan qolgan. U o`ziga juda kuchli ishongan va qatiiyatli advokat bo`lgan.
Men bu kinoni tomosha qilganimdan so`ng, o`zimda turli xil xissiyotlar bo`lgan. Bunga mazmunli nutqqa bo`lgan ishtiyoq sabab bo`ldi. Men nafaqat advokat, balki barcha huquqshunoslarning asosiy sifatlaridan biri ularning nutq madaniyati ekanligiga ishonch hosil qildim.
Ikkinchi savolga e`tibor bersak, advokat huquqshunoslar va yuristlar orasida kuchli nutq ega bo`lgan shaxslardir. Chunki ularda bilim bilan birgalikda nutq madaniyati alohida o`rin tutadi. Ular o`z mijozlarining e`tiborini o`zlarining so`zlashuv madaniyatli bilan tortadi. Shuning uchun ham har qanday inson advokatning nutqidan uning qattiiiyatligini bilib olsa bo`ladi. Biz advokat nutqini – himoya nutqi desak bo`ladi.
Himoyachi uchun vaziyatning murakkabligi va noqulayligi shundaki, u sud jarayonida biron bir jinoyatni sodir etgan yoki aybdor deb topilgan kishining manfaatini himoya qiladi. Mutlaqo gunohsiz odamni himoya qilish holatlari sud tajribasida kam-kam uchrashi mumkin bo`lgan hodisadir. Shuning uchun ham uning nutq ohangidatalabdan ko`ra iltimos ohangi ustunroq bo`ladi. Aybdor deb topilgan kishining ayblari qanchalik kam va tergov jaroyonida prosessual qonunlar qanchalik ko`p buzilgan bo`lsa, iltimos ohangi talab ohangiga qarab o`sib boraveradi. Binobarin, bu holat advokat nutqining shakllanishiga, ayni paytda masalaning sudlanuvchi va advokat foydasiga hal bo`lishiga ijobiy ta`sir ko`rsatishi mumkin13.
Advokat nutq so`zlayotgan paytda o`zini tog`ri tuta bilishi, oddiylik va tabiiylikka harakat qilishi, doimo o`zini kuzatib borishi, ortiqcha harakatlarga yo`l qo`ymasligi, hatto kiyinishda ham kamtarlik ustuvor bo`lishi kabi jihatlar ham muhimdir. Tinglovchilardan tushgan savollarga ham mumkin qadar qisqa va aniq javob berishga harakat qilishi lozim. Bundan tashqari, advokat sudlanuvchini himoya qilish jarayonida mana shu tarzda nutqning mazmunini va mohiyatini bayon etadi. Huquqbuzarlik yoki jinoyatni yuzaga keltirgan holatlarning mohiyatini ochib berishga harakat qilinadi, sudda keltirilayotgan har bir ayblov va dalilga munosabat bildiriladi14.
Do'stlaringiz bilan baham: |