19-kazus
Prokurorning asosiy quroli – qonun va uni ta`sirchan ifodalovchi so`z ekanligi haqida modul materiallarini o`zlashtirish davomida bilib oldingiz. Prokuror nutqining salmog`ini oshiruvchi, uning ta`sirchanligini ta`minlovchi bir qator talab va omillar mavjudligidan ham xabardorsiz.
Advokatning himoya nutqi ham talab darajasida shakllanishi, bu nutq yordamida advokat o`ziga ishonch bildirgan mijozining umidlarini oqlashi talab etilishi ham ravshan haqiqat. Shulardan kelib chiqib, prokuror va advokatning shaxsiy kar`yerasi, jamoatchilik oldidagi obro`-e`tibori yo sezilarli yukasaladi yoxud aksincha – barbod bo`ladi.
Savollar:
Mana shu azaliy haqiqatlarni shaxsan siz qanday izohlaysiz, qanday tarixiy yoxud adabiy-badiiy (o`qigan kitoblaringiz, ko`rgan filimlaringiz) bilan dalillay olasizmi?
Advokat nutqining barcha talablarga javob bera oladigan darajada bo`lishi uchun u, ya`ni advokat nutqi qanday sifatlarga ega bo`lishi kerak?
Hozirdan boshlab o`z nutqingizni rivojlantirish ustida bosh qpotiryapsizmi, bu yo`lda nimalar qilmoqdasiz?
Javob
Haqiqatdan ham prokuror va advokat o`zining shaxsiy va o`ziga xos nutqiga ega bo`lishi lozim. Bunga sabab tarzida hozirgi globallashuv ortidan jamoatning bu kasb egalariga tushgan murojatlarini nazarda tutsak mubolag`a bo`lmaydi. Shuning uchun deyarli barcha insonlar advokatning nutqiga qaragan holda, o`z maqsadiga erishishiga yoki aksincha erisha olmasligiga amin bo`la oladi.
Prokurorlar va advokatlar notiqlik turkumining ijtimoiy-siyosiy turiga mansub nutqlarni qamrab oladi.
Asosan quyidagi turlardan ko`proq foydalanishadi;
Ijtimoiy-siyosiy;
Hisobot nutqi;
Siyosiy nutq;
Miting nutqi;
Tashviqot nutqi;
Har bir shaxsga to`g`ri keladigan quyidagi jumla ushbu haqiqatni isbotlay oladi.
Notiq har qancha tajriba va mahoratga ega bo`lmasin, avvalo, o`rganilayotgan mavzuni chuqur o`zlashtirgan bo`lishi hamda targ`ib qilinayotgan g`oyaga avvalo o`zi ishonishi kerak, aks holda, u auditoriya obro`yini yo`qotadi12.
Do'stlaringiz bilan baham: |