E’tobor bering. Metodologiya qanaqa fan ekanligini bilasiz. Shuning uchun kreativ yondashib kazuslarni ishlang. Ishlangan kazuslarda 1 talabaning fikri berilgan. Siz shu bilan cheklanib qolmang, fikrlardan foydalaning, ularni kengaytiring


Uchinchi savolga to‘xtalib o‘tsak


Download 131.33 Kb.
bet12/20
Sana07.02.2023
Hajmi131.33 Kb.
#1172581
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Metodologiya Yakuniy 1-kurs

Uchinchi savolga to‘xtalib o‘tsak, har narsada boʻlgani kabi, kreativlik rivojiga ham ta’sir koʻrsatuvchi omillar mavjud.
Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qiladi:
1)oʻzini tavakkaldan olib qochish;
2) fikrlash va xatti-harakatlarda qoʻpollikka yoʻl qoʻyish;
3) shaxs fantaziyasi va tafakkurining yuqori baholanmasligi;
4) boshqalarga tobe boʻlish;
5) har qanday holatda ham faqat yutuqni oʻylash.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, hamma narsa insonning ichki va tashqi holatiga bogʻliqdir. Oʻzini tavakkaldan olib qochish yutuqlardan, zafarlardan oʻzini olib qochishga oʻxshaydi.
Negaki, tavakkalchi yo yutadi, yokida yutqazadi. Ammo, unda yutish imkoni tavakkal qilmaydigan insonga nisbatan ancha yuqori boʻladi.
Inson fikrlar ekan, uni amalda ham bajarmoqni niyat qiladi, albatta. Ammo, ushbu fikr-u hayollarni amalga chiqarganda fikrdagi kabi qolish-qolmasligi insonning oʻziga bogʻliqdir. Hayolidagi narsani harakatiga toʻligʻicha koʻchira olgan inson haqiqiy yutuqqa ega insondir. Fikr va harakatlar chogʻida qoʻpollikka yoʻl qoʻyish umidsizlanishga , bu esa kreativlik ruhininh pasayishiga sabab boʻladi.
Inson jamiyatda boshqalar bilan birgalikda yashar ekan, uning fikrlariga qandayin hurmat koʻrsatilgan boʻlsa, u ham boshqalarning tafakkuriga shunday munosabat koʻrsatishi lozim.
Sizning bildirgan fikringizga birovning ishonchsizlik bildirib, uni yuqori baholamasligi, shubhasiz, koʻnglingizni choʻktiradi. Bunday vaziyatda ham sizda yuqorida aytilgan holat yuzaga keladi.
Fikrimizcha, kreativlikni rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi odatlardan biz ham chekinmogʻimiz lozimdir. Agar bu odatlarni jamiyat va har bir inson ongidan yoʻqotsak, hammaning hayollarida yanada kreativ fikrlar koʻpayadi.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, kreativlik xuddi tashabbuskorlik, ishga ijodiy yondashuv xislatlari singari albatta tugʻma, ilohiy tuhfa boʻlishi aslo shart emas.
Kreativ, intellektual-ijodiy rivojlangan yoshlar davlat tayanchi, jamiyatning muvaffaqiyatli rivojlanishi, mamlakatning uning rivojlanishining barcha sohalaridagi muvaffaqiyatlarga erishish poydevori, deb e’lon qilinadi.



Download 131.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling