Bizningcha, shaxsiy rivojlanish rejasini tuzish uchun maqsadni aniq belgilab olish, unga koʻmaklashuvchi va toʻsqinlik qiluvchi omillarni hisobga olish, imkoniyat va xatarlarni koʻzdan kechirish va shaxsiy qadriyatlardan aslo chekinmaslik lozim.
Ikkinchi savolga to‘xtaladigan bo‘lsak, biz yuqorida qisqacha shaxsiy rivojlanish uchun zarur boʻlgan ayrim jihatlarni aytib oʻtdik. Albatta, bular qatoriga yana bir necha jihatlarni qoʻshishimiz mumkin.
Masalan, inson oʻzining rivojlantirmoqchi boʻlgan qobiliyati haqida oʻqishi. Agar biron bir qobiliyatni rivojlantirishni istasangiz, shu mavzuga doir kitoblar oʻqish lozim. Ular, albatta, toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi.
Har bir kunni sarhisob qilish. Har kuni tunda uxlashdan oldin, oʻtkazilgan kunni analiz qilish va qilingan xatolar va qilishga ulgurilmagan ishlarni yozib borish lozim. Keyingi kuni oʻtgan kungi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilish va qilishga ulgurolmagan ishlarni bajarishga harakat qilish intizomga oʻrgatadi va tez orada oʻz natijasini koʻrsatadi.
Kundalik rejalar daftari tutish. Har kuni qilinadigan ishlar roʻyxatini tuzib borish va ana shu reja asosida ish koʻrish muhimdir. Boshida barcha yozilgan ishlarga ulgurolmaslik mumkin, ammo vaqt oʻtgan sari barcha ishlarni qilishga ulgurish mumkin.
O‘z-o‘ziga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lish. Hech qachon inson oʻzini oʻzi aldamasligi kerak. Biror xato ish qilingan boʻlsa, albatta, jazo tizimi qoʻllanilishi lozim.
Davomiylikka amal qilish. Nima ishni boshlaganda ham, inson bu ishni aslo toʻxtatib qoʻymasligi lozim. Oz-ozdan, ammo har doim bajarish kerak. Misol uchun, har kuni kitob oʻqishga harakat qilinganda bir kun yuz bet oʻqib, keyingi kuni tashlab qoʻymasdan, kuniga yigirma betdan oʻqish, lekin doim oʻqish lozim. Hech qacho toʻxtab qolmaslik lozim.
Fikrimizcha, inson oʻzining qobiliyatini rivojlantirishi, boshlagan ishini toʻxtatib, tashlab qoʻymasligi, qat’iy tizimda ishlashi, oʻziga qattiq turib harakat qilishi, kunini behudaga sarflamay, uni aniq reja bilan oʻtkazishi muvaffaqiyat qozonish uchun eng muhim yoʻllar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |