E’tobor bering. Metodologiya qanaqa fan ekanligini bilasiz. Shuning uchun kreativ yondashib kazuslarni ishlang. Ishlangan kazuslarda 1 talabaning fikri berilgan. Siz shu bilan cheklanib qolmang, fikrlardan foydalaning, ularni kengaytiring


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


Download 131.33 Kb.
bet13/20
Sana07.02.2023
Hajmi131.33 Kb.
#1172581
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Metodologiya Yakuniy 1-kurs

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Qarajayeva D.N. Yurist faoliyatida tashabbuskorlik, kreativlik va masalaga ijodiy yondashuv. Maqola.
2. Siddiqov B, Abdullayev E. Talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish. Maqola.
3. Misirova N, Elmuratova D. Pedagogik mahorat va kreativlik asoslari. Darslik. Guliston 2021.


Kazus 15

Shaxsiy Rivojlanish Rejasi (ShRR) sizning yoʻnalishingiz, asosiy maqsadingiz va missiyangizda davom etish uchun shaxsiy yoʻl xaritangizdir. Oʻz vaqtida rejalashtirilgan rivojlanishda uni shaxs tomonidan qurish, jarayonni boshqarish va uning samaradorligini oʻlchash imkoniyatiga ega boʻladi. Rejadan tashqari rivojlanish, aksincha, uzoq vaqt olib, notoʻg'ri yoʻnalishga olib keladi. Shaxsiy rivojlanish rejasini ishlab chiqishda, avvalo, siz kutayotgan natijaning vaqt oralig'ini belgilashingiz lozim.


1. Kelgusi 30 yilga moʻljallangan shaxsiy rivojlanish rejangizni modellashtiring. ShRRni ishlab chiqishni boshlashda quyidagi mezonlarni hisobga oling:
- erishiladigan shaxsiy karyera (lavozim)dagi bosqichlar;
- qadriyatlaringiz (siz uchun nima muhim?);
- hozirgi paytda sizning imkoniyatlaringiz;

- kursdoshlaringizdan (kelajakdagi hamkasblaringizdan) qanday farq qilasiz, ustunlik jihatlaringiz;
- karyerangizda muvaffaqiyatga erishishingizga yordam beradigan shaxsiy fazilatlar; (20 ball)
2. Yuqorida bajargan ShRRga yana qanday mezonlarni qoʻshgan boʻlardingiz? Javobingizni asoslang. (20 ball)
3. Kasbiy rivojlanish uchun qanday koʻnikmalarga ega boʻlishingiz kerak? Javobingizni asoslang. (10 ball)

Yuqoridagi kazusga javob berishan avval, shaxsiy rivojlanish rejasining kelgusi kasbiy faoliyatdagi ahamiyati haqida ma’lumotga ega boʻlishimiz lozim.


“Shaxsiy rivojlanishni rejalashtirish ‒ karyera uchun uzoq muddatli maqsadlar qoʻyish va ularni qanday amalga oshirish haqida mushohada qilishdir. Lekin uzoq muddatli istiqbolda nima qilishni xohlashini bilishda oldin har bir inson hozirgi holati haqida fikrlashi zarur”10.
Har bir shaxs oʻzining shaxsiy rivojlanish rejasini tuzishdan avval, oʻziga “Mening ustunligim nimada?”, “Qaysi jihatlarimni rivojlantirishim zarur?”, “Menda qanday imkoniyatlar bor?”, “Mening maqsadlarimga ta’sir qiluvchi menga bogʻliq boʻlmagan omillar ham bormi?” degan savollarni berib koʻrmogʻi darkor.
ShRRni ishlab chiqishni boshlashda quyidagi mezonlarni hisobga olish lozim:
- erishiladigan shaxsiy karyera (lavozim)dagi bosqichlar;
- qadriyatlar (shaxs uchun nima muhim?);
- hozirgi paytda shaxsiy imkoniyatlar;

- kursdoshlardan (kelajakdagi hamkasblardan) qanday farq qilishlik, ustunlik jihatlari;
- karyerada muvaffaqiyatga erishishga yordam beradigan shaxsiy fazilatlar.
Har bir inson hayotda biron bir kasbni egallaydi va bu kasbda turli xil lavozim boshqichlari mavjud boʻladi. Harbiylar uchun eng oliy martaba generallik boʻlsa, shifokorlar uchun esa bosh vrachlik.
Albatta, inson kasbiy faoliyati davomida bu lavozimlarga birma-bir erishishga harakat qiladi. Samarali faoliyat yuritadigan kompaniyalar oʻz missiyalarini ishlab chiqqanlaridek, har bir inson oʻz oliy maqsadini va karyera yoʻnalishini aniq belgilab olishi zarur.
Karyera missiyasi oʻta shaxsiy boʻlib, umumiy qoida yoki formulaga ega emas.Shuning uchun ham har bir shaxs uni oʻzi belgilaydi. Bundan tashqari, har bir inson uchun kasbiy faoliyati va hayoti davomida ustun hisoblaydigan prinsip (qadriyat) lar mavjud.
Misol uchun, sudyaning ish faoliyati davomida tayanadigan asosiy qadriyati bu odillik, qonuniylik va haqqoniylik, adolat kabi ma’zonlar boʻlishi tabiiy. Bu kabi ma’zonlar har bir kasb egasi uchun turlicha boʻladi.
Har bir insonning biror narsaga boshqalarda yoʻq qobiliyati, kasbiy imkoniyati mavjud boʻladi. Shu imkoniyatlarni rivojlantirgan inson muvaffaqiyatga erisha oladi.
“Koʻl tubidan qabariq keladi, biz uni doim koʻrmaymiz, biz uni faqat sirt ustida yorilib ketgandagina koʻramiz, shunday qilib, biz fikrlarni ular juda koʻp rivojlangandan keyingina yoki ular harakatga aylangandan keyin idrok eta olamiz”11, deya ta’riflagandi shaxsiy imkoniyatlarni Svami Vivekananda.
Ya’ni, olim insonning shaxsiy imkoniyatlarini koʻl ostida suv yuzasiga qalqib chiquvchi qabariqqa qiyoslamoqda. Inson oʻz ichki fazilatlari va imkoniyatlarini namoyob qila olishi, uni kashf etishi lozim. Imkoniyatlaridan foydalanib, oʻzi istagan maqsadga erisha olish mumkin.
Inson har doim jamiyat ichida yashaydi, ishlaydi va rivojlanadi. Oʻzining boshqalardan ustun jihatlarini bilgan va uni rivojlantirgan inson har bir koʻzlagan sohasida muvaffaqiyatga erisha oladi.

Download 131.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling