E’tobor bering. Metodologiya qanaqa fan ekanligini bilasiz. Shuning uchun kreativ yondashib kazuslarni ishlang. Ishlangan kazuslarda 1 talabaning fikri berilgan. Siz shu bilan cheklanib qolmang, fikrlardan foydalaning, ularni kengaytiring


Download 131.33 Kb.
bet2/20
Sana07.02.2023
Hajmi131.33 Kb.
#1172581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Metodologiya Yakuniy 1-kurs

Javoblar:
1. Ma’ruzachi Usmonovaga ishonch bildirib Ipoteka bankining ma’muriyati uni “Globallashuv va jinoyatchilik” mavzusida maruza qilishgachaqirdi. Lekin Usmonova bank ma’muriyatining ishonchini to‘la qolay olmadi. Sababi Usmonova ma’ruza boshladigan vaqtga yetib keldi. Aslida u ma’ruza boshlanadigan vaqtdan kamida 1 soat yoki 30 daqiqa oldin kelishi kerak edi va ma’ruza qilishga tayyorlanishi kerak edi. Tadbir boshlangandan keyin 10 daqiqa taqdimotni texnik jihatdan tomoshabinlarga taqdim qilishga urinishdi leikn buning uddasidan chiqolmadi. Bu esa Usmonovaga nisbatan salbiy fikrlarni uyg‘onishiga sabab bo‘ladi. Bu ham yetmaganday Usmonova ma’ruzni qog‘ozga yozilganlarni bir xil meyorda o‘qib beridi va bu tadbir tomoshabinlarining zerikishiga olib keldi. Maruzachida samimiylik, kreativlik, diqqatni jalb qilish kabi ko‘nikmalarga ega emas degan xulosaga keldik.
Soft skills – (yumshoq ko‘nikmalar) shaxslararo munosabatlarni to‘g‘ri, maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish va olib boorishda zarur bo’ladigan malaka hamda ko‘nikmalar tizimidir. Bunday malaka va ko‘nikmalar ba’zan “hayotiy ko‘nikmalar” ham den yuritiladi. Shaxs ushbu ko‘nikma va malakalarni o‘zida rivjlantirgani sayin uning shaxsiy rivojlanishi ham ortib boradi. Unga moslashuvchanlik, yetakchilik, sabr, muammolarni yechish qobilyati, vaqtni boshqarish, ish axloqi, jamoviy ish kabilar misol bo’lishi mumkin.

2. Notiq nutq so’zlashda quyidagilarga amal qilishi zarur:



  1. Beriladigan vaqtni hisobga olish

  2. Ma’ruzaning maqsadi va asosiy g’oyasini belgilab olish

  3. Auditoriyani e’tiborga olish

  4. Nutq so’zlashni mashq qilish

  5. Nima kiyishini oldindan rejalashtirish.

Bundan tashqari shaxs so‘zlayotgan vaqtida fikrini aniq va lo‘nda ifodalashi kerak. Notanish auditoriyada notiq va tinglovchi o‘rtasida tinglovchiga ta’sir qilishga halaqit beradigan “rasmiylik”, ishinchsizlik devori bo‘ladi. Bu devorni yo‘q qilish uchun notiq quyidagi vositalarga ega bo‘lishi lozim:

  • Samimiylik (bu notiqnnig tabbasumida ifodalanishi mumkin)

  • Ishinchi ohang

  • Tabiiylik

  • Erkin harakat

Notiq nutqida diqqatni tortish uchun uning nutqi

  • Mazmunli bo‘lishi

  • Pauzaga ega bo‘lishi

  • Emotsional bo‘lishi

  • Qiziqarli fakt, ma’lumotlar bo‘lishi

  • Tinglovhiga savollar berish

  • So‘z boyligi katta bo‘lishi. So‘z boyligi qancha katta bo‘lsa, nutq shunchalik ifodali bo‘ladi.

3. Usmonova tadbirni boshlashga kech qolib va uni taqdimotsiz o‘kazib jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ydi. Qilgan xatolariga qaramasdan Usmonova tadbirda qolgan vaqtni tadbir tomoshabinlari uchun qiziqarli o‘tkazishi mumkin edi. Buning uchun kreativ yondashuv zarur edi. Ma’ruzani boshlashda tinglovchilarni butun e’tiborini o‘ziga jalb qilishi lozim edi. Bunga mavzuga yoki bank xodimlarining kasbiga doir kulguli lekin bachkana bo‘lmagan latifa bilan maruzasini boshlash orqali erishish mumkin edi. Usmonova qolgan vaqtni qog‘ozga yozilganlarni o‘qib berish bilan o‘kazmasligi kerak edi. Shuning o‘rniga ozroq o‘qishi va o‘qiganini tinglovchilarga tushuntishi ham mumkin edi. Uning eng katta xatolaridan biri gapirish ohangining bir meyorda borishi bo‘lgan. Shu sababli tinglovchilarni uyqu bosishi ham boshlagan. Ma’ruzachi tinglovchilarning diqqatini tortish uchun gapirish ohangini o‘zgartirib turishi kerak. Bu orqali tinglovchi ongini psixologik jihatdan o’ziga jalb qilish mumkin.


3-kazus

Deyl Karnegi N’yu-York banklari rahbarlari guruhi bilan notiqlik san’ati boʻyicha mashgʻulotlar olib borardi. Tabiiyki, ish bilan band boʻlgan bankirlarning mashgʻulotlarga yaxshi tayyorlanishga koʻpincha vaqtlari yetmasdi.


Guruh bilan mashgʻulotlar juma kunlari kechqurun soat 17.00 dan 19.00 gacha oʻtkazilar edi. Bir kuni janob Jekson 16.30larda mashgʻulotda soʻzlab berishi uchun oʻzida aniq mavzu yoʻqligini eslab qoldi. U shahar atrofidagi bankda ishlardi. Yoʻl-yoʻlakay gazeta doʻkonidan “Forbs” jurnalini sotib oldi. Mashgʻulotlar oʻtadigan Federal zahira bankiga ketar ekan, jurnaldagi “Sizda ulgurishingiz uchun faqat oʻn yil bor” nomli maqolani oʻqib bordi. Qiziqish uygʻotgani uchun emas, balki mashgʻulotda nutq soʻzlashi uchun manba kerakligi bois oʻqidi.
Bir soatdan soʻng u tinglovchilar huzurida mazkur maqolada koʻrib chiqilayotgan masala yuzasidan qiziqarli nutq soʻzlashga urinib koʻrdi. Janob Jekson muallif nimani aytayotganini izohlash uchun nuqul maqolani eslatardi.
Savollar:

  1. Janob Jeksonning nutqi muvaffaqiyatli chiqdi, deb oʻylaysizmi? Javobingizni izohlang. (30)

  2. Jekson omma oldidagi nutq muvaffaqiyatining muhim omillariga qay darajada amal qildi? Tahlil qiling. (30)

  3. Janob Jeksonni kreativ fikrlash koʻnikmasiga ega inson, deya olasizmi? Kreativlikni rivojlantirish usullari mavjudmi? Aniq misollar bilan yoritib bering. (40)

Javob




        1. Kazusni o‘qib chiqib bizning shaxsiy fikrimiz shu bo‘ldiki, janob Jeksonning nutqi xavas qilarli darajada muvaffaqiyatli chiqmagan. Chunki, janob Jekson nutqi davomida ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘ygan. Misol uchun, sotib olgan “Forbs” jurnalidagi maqolani ko‘p marotaba tinglovchilarga eslatib o‘kan. Bu esa uning nutqining mazmunli bo‘lishiga salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Yoki janob Jeksonning nutq so‘zlash jarayoniga atigi 1 soat qolganida tayyorgarlik ko‘ra boshlaganiga e’tibor berasangiz, bu ishi ham katta xato ekanligini tushunasiz. Chunki ommo oldida nutq so‘zlashi kerak bo‘lgan janob Jekson 1 soat tayyorgarlik ko‘rgan. Bu vaqt ichida u deyarli hech narsaga ulgurmasligi aniq. Bu esa uning taym menejmentiga amal qilmaganligini ham oshkor qiladi. Balki, 1 soat ichida siz-u biz tayyorgarlik ko‘rishga ulgurishimiz mumkindir, lekin, janob Jekson bu ishni uddalay olmas ekan. Sababi shundaki, janob Jekson o‘ziga qiziq va u tushunadigan mavzuda nutq qilmaganligini yuqoridagi kazusni o‘qib bildik. Xatto siz-u biz ham o‘zimiz uchun tushunarsiz mavzuda mazmunli va muvaffaqiyatli nuqt so’zlashga anchagina qiynalamiz. Aynan manashu sabablar janob Jeksonning nutqini muvaffaqiyatli bo‘lishiga qarshilik qilgan.

        2. Omma oldida nutq so‘zlash oson ish emas. Har qanday insonda omma oldida nutq so‘zlaganda qo‘rquv va hayajon bo‘lishi tabiiy hol. Bu narsalar esa nutqning sifatiga jiddiy tasir qiladi. Aynan shuning uchun ham inson omma oldida nutq so’zlaganda qo’rquv va hayajonni yenga olishi kerak. Buning uchun esa ko’p mashq qilish zarur. Notiq o’z nutqini takrorlab mashq qilishi uning muvaffaqiyatli bo‘lishini taminlaydi. Ayniqsa inson oyna oldida o‘z-o‘ziga qarab mashq qilishi eng samarali usullardan hisoblanadi.

Notiq nutq so’zlashda quyidagilarga amal qilishi zarur:

  1. Beriladigan vaqtni hisobga olish

  2. Ma’ruzaning maqsadi va asosiy g’oyasini belgilab olish

  3. Auditoriyani e’tiborga olish

  4. Nutq so’zlashni mashq qilish

  5. Nima kiyishini oldindan rejalashtirish.

Kazusdagi Jekson esa yuqoridagi meyorlarga amal qilgan holda nutq so‘lagan taqdirda edi, uning nutqi tushunarli, mazmunli, qiziqqarli va ta’sirchan bo’lar edi.
3. Kreativ fikrlash deganda ma’lum bir muammoni hal etishda noodatiy yechimlar topish qobilyatini tushunishimiz mumkin. Qaysidir ma’noda janob Jeksonda kreativ fikrlash qobilyati bor deyishimiz mumkin. Chunki, janob Jeksonnning muammosi bor edi. Janob Jekson mashg‘ulotda so‘zlab berishi uchun aniq bir mavzusi yo‘q edi. U esa yo‘l-yo‘lakay “Forbs” jurnalini sotib oldi va jurnaldagi “Sizda ulgurishingiz uchun faqat oʻn yil bor” nomli maqolani o‘qib so‘zlab berish uchun o‘ziga mavzu topa oldi. Bu holat Jeksonda kreativ fikrlash qobilyati borligining isboti ekanlini ko‘rsatadi.
Kreativlikni rivojlantirishnng usullari mavjud va unga misol tariqasida “O‘rindosh” usulini keltirishimiz mumkin. Bu usulda tasavvurni ishga solish zarur. Biror predmetni tasavvur qilamiz va o’sha predmetning asosiy vazifasidan tashqari boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkinligini topishimiz kerak bunda predmetga qo‘shimcha kiritishimiz yoki boshqa predmet bilan birlashtirishimiz ham mumkin. Misol uchun oddiy qo’lqopdan oshxona qo‘lqopi sifatida foydalanish mumkin. Bu uslub kreativlikni rivojlantirishga yordam beradigan samarali usullardan hisoblanadi.
4- Kazus
Misol:

  • Braziliya – respublika, Argentina – respublika, Ekvador – respublika.

  • Braziliya – Lotin Amerikasi davlati, Argentina – Lotin Amerikasi davlati, Ekvador – Lotin Amerikasi davlati.

Lotin Amerikasidagi davlatlar respublika.
Savollar:
1. Keltirilgan misol xulosa chiqarishning qaysi turiga tegishli? (30)
2. Induktiv hulosa chiqarishning turlarini aniq misollar bilan izohlab bering. (30)
3. Mantiqiy va kreativ tafakkurni taqqoslang. Farqli jihatlarini misollar bilan yoritib bering.(40)
Javoblar
1. Keltirilgan misol xulosa chiqarishning induktiv turiga mansubdir. Chunki induktiv xulosa xususiydan umumiyga qarab o’sib boradigan xulosadir. Masalan: plasmassadan yasalgan pepsi bakalashkasini olovda yoqishdi va u erib ketdi. Huddi shunigdek plassadan yasalgan Fanta bakalashkasini ham olovda yoqishni va u ham erib ketdi. Bundan induktiv xulosa shuki plasmassadan yasalgan barcha plasmassa buyumlar olovda erib, yonib ketadi.
Induksiya metodi- bilishning shunday yo’liki, bunda shaxsning fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosadan umumiy xulosaga o’sib boradi.
Yana bir misol keltiradigan bo’lsak: bir inson haftaning dastlabki kunlarida yo’tala boshladi va bu yo’talga isitma qo’shildi. Haftaning oxirida esa butun tanasi titray boshladi. Bundan xulosani siz mutaxassis yoki shifokor bo’lmasangiz ham gripp deb ayta olasz. Yoki hozirgi kunda covid 19 ning yangi qaysidir turi deb.
2. Induktiv xulosa haqida suhbatlashar ekanmiz, aytishimiz kerakki induktiv xulosa uch turga bo’linadi. Birinchisi to’liq induktiv xulosa, ikkinchisi to’liqsiz induktiv xulosa va uchinchisi ilmiy xulosa chiqarishga bo’linadi. To’liq induktiv xulosada fikr barcha predmetlari mavjud bo’ladi. To’liq induksiya induktiv xulosa chiqarishning shunday turiki, unda biron-bir belgining ma’lum bir sinfga mansub, har bir predmetga xosligini aniqlash asosida, shu belgining berilgan sinf predmetlari uchun umumiy belgi ekanligi haqida xulosa chiqariladi. Masalan; Komila har safar yeryong’oq yeb, yo’taladi va kasal bo’lib qoladi. Mana bu holatda kasallikning barcha belgilari namoyon bo’ladi va bu to’liq induksiyaga misol bo’la oladi. Yoki “Barcha metallar elektr tokini o’tkazadi” NATO ga a’zo davlatlar shu tashkilotning ustaviga rioya qiladilar. “Toshkent shahridagi barcha korxonalar elektr-energiyasi bilan to’la ta’minlangan” kabi umumiy hukmlar orqali ifoda qilingan xulosaviy bilimlar ham to’liq induksiyani qo’llash asosida shakllanadi. To’liqsiz induksiyada esa fikrimiz xuddi to’liq induksiyadek bo’ladi biroq yakkalikdan umumiylikka, kamroq umumiylashgan bilimdan ko’proq umumiylashgan bilimga qarab harakat qiladi. Lekin unda to’liq induksiyadan farqli o’laroq, xulosa kuzatish, tajriba davomida qayd etilmagan, o’rganilmagan predmetlarga ham tegishli bo’ladi. Masalan; 2 soni 2 ga qoldiqsiz bo’linadi. 4 soni 2 ga qoldiqsiz bo’linadi. P soni 2 ga qoldiqsiz bo’linadi. 2,4,…..p… sonlari juft sonlardir. Ehtimol, juft sonlarning barchasi 2 ga qoldiqsiz bo’linsa kerak.
3.Mantiqiy va kreativ fikrlash yurist karyerasi uchun juda muhim hisoblanadi.
Bunda biz mantiqiy fikrlash o’zi nima ekanligiga to’xtalib o’tsak, mantiqiy fikrlash bu insonning bizni o’rab turgan hamma narsani va harakatlar, narsalar yoki hodisalar o’rtasidagi munosabatlar yoki farqlarni anglash qobiliyatini tahlil qilish, taqqoslash, mavhumlashtirish va tasavvur qilish orqali yuzaga keluvchi aqliy jarayon. Bolalarda bolalikda faqat aniq fikrlar rivojlanadi. Biroq, balog’atga yetishish davrida biz mantiqiy fikrlashni hosil qila olamiz va kundalik hayotda yuzaga keladigan turli xil vaziyatlarni hal qilish uchun uni doimiy ravishda qo’llay olamiz. Mantiqiy fikrlash xulosalardan iborat bo’lib, ular yig’iladi, tartibga solinadi va ularni tahlil qilgandan so’ng xulosa chiqariladi. Masalan; ob-havo yangiliklariga ko’ra, yomg’ir yog’ish ehtimoli 50 %. Uyga ish bilan ketayotganda soyabonni o’zim bilan olib ketaman. Yoki barcha tirik mavjudodlar yashash uchun oziq-ovqatga muhtoj. Men tirik jonzotman va har kuni kuch-quvvatga ega bo’lishim va kundalik ishlarni bajarishim uchun o’zimni boqishim kerak.
Kreativ tafakkur tushunchasiga to’xtaladigan bo’lsak “kreativlik” so’zi inglizcha “create” dan olingan bo’lib, “yaratish” degan ma’noni beradi. Kreativlik deganda insonning yangilik yaratish, muammolarni yechishga qaratilgan ijodiy qobiliyati tushuniladi. Uning tag zamirida originallik, amaliylik, noodatiylik va erkinlik yotadi. Shuningdek, kreativ fikrlash muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash, bir nuqtaga turli rakurslardan qaray olishni anglatadi. Egallangan bilimlarni takrorlash orqali kreativlikka erishib bo’lmaydi, ijodiy fikrlash jarayonida yangi fikr, yangi g’oyaning paydo bo’lishi kreativlikning asosiy shartidir. Masalan; siz ingliz tilida so’zlarni yodlab, grammatik qoidalarni “suv qilib ichib” yuborgan bo’lsangiz ham, insho yarata olmasangiz, barchasi samarasizdir. Shuning uchun kreativ fikrlash jarayonida tasavvur muhim rol o’ynaydi. Albert Eynshteyn “tasavvur bilimdan muhim” deganida aynan mana shuni nazarda tutgan. Ko’pincha noodatiy fikrlar, yechimlar kutilmaganda inson hayoliga keladi. Buning uchun inson avvalo fikrlash jarayonidagi bir xillikka, odatiylikka barham berishi lozim.

5- Kazus


Tasavvur qiling, sizni soat 14:00 ga qandaydir yig‘ilishga aytishdi. Besh daqiqa oldin aytilgan joyga bordingiz. Soat 14:00 dan 15 daqiqa oʻtsa-da, yig‘ilish tashkilotchilari ham, ishtirokchilari ham koʻrinmadi. Siz taajjublangan holda tashkiliy boʻlimga telefon qildingiz. Sizga yig‘ilish 15:00da boshlanadi, deyishdi. Siz esa, “Axir menga 14:00 ga deb aytishdi-ku” desangiz, “Uzr, bizda bir soat oldin aytish odat boʻlib ketgan”, deya kulib qoʻya qolishdi. Qizig‘i shundaki, yig‘ilish 15:30 larda boshlandi.
Savollar:
1. Ushbu vaziyatda oʻzingizni qanday tutasiz? Nima uchun shunga oʻxshash holatlar bugungi kunda tez-tez uchrab turadi? Javobingiz va fikringizni izohlang. (30)
2. Kishiga eng muhim ishlarni saralab, vaqtini, avvalo, shularga sarflashida eng maqbul boʻlgan usul va qoidalar haqida nimalarni bilasiz? Ularni batafsil yoritib bering. (30)
3. Koʻpincha kim yoki nima sizni ishingizdan chalg'itadi va vaqtingizni kemiradi? (20)
4. Nima uchun bugungi kunda zamonaviy mehnat bozori huquqshunosdan vaqtni toʻg‘ri taqsimlay olish koʻnikmasini talab qilmoqda? Sabablarni asoslang. (20)
Javoblar
1.Hayotni sevsang, vaqtni boy berma, chunki vaqtdan hayot yaraladi, degan edi faylasuflardan biri. Darhaqiqat, vaqtning qiymatini hech narsa bilan o’lchab ham, qiyoslab ham bo’lmaydi.
Ushbu vaziyatda men o’zimda bor diqqat e’tiborimni endigi bo’ladigan majlisdagi maruzaga qaratgan bo’lardim. Chunki o’tgan vaqt o’tib ketdi, uni ortga qaytarishni iloji yuq. Ortiqcha asabiylashishni ham hojati yo’q. Boridan unumli foydalanish kerak. Xotirjamlikni saqlagan holatda davom etish kerak. Ming afsuslar bo’lsinkim bugungi kunda mana shunday vaqtni qadriga yetmaydigan ishchilar va ularni nazorat qilmaydigan boshliqlar ham mavjud. Hozirgi 21-asrda vaqtning qadriga yetish, o’z maqsadi yo’lida uni to’g’ri taqsimlash va asosiysi – vaqt bo’yicha belgilangan ishlar rejasini amalga oshirish dolzarb masala bo’lib kelmoqda. Zamonaviy dunyoda rivojlangan davlatlar vaqtdan unumli foydalanganligi sababli ham kuchlidir.
2. Vaqtdan unumli foydalanish va uni boshqarish kishidan aniqlikni va o’zining belgilagan rejasiga nisbatan qat’iylikni talab etadigan ko’nikma hisoblanadi. Vaqtni unumli boshqarish jarayonida aksar hollarda quyidagi qismlardan iborat bo’ladi:
-ishlash qobiliyati va his-tuyg’uni boshqarish;
-maqsadni to’g’ri rejalashtirish;
-vazifalarni belgilash va amalga oshirish;
-oldindan qo’yilgan maqsadga erishish;
-xulosa chiqarish.
Shuningdek, vaqtdan unumli foydalanish uchun biz ko’zlagan maqsadlarimizni muhimlarini oq qog’ozga tushirishiz lozim. Bunda tuzgan rejamizni qo’limizdagi telefon yoki noutbukka emas, qog’ozga tushirishimiz ushbu maqsadga nisbatan o’zimizda yaqinlik paydo qiladi. Yoki rejalarni xotirada saqlash qolishga ham urunish shart emas. Bu sizdan ortiqcha energiya talab qiladi.
Biz insonmiz – uzog’i 90 yil, 100 yil umr ko’ruvchi, ulkan makon ichidagi kichik bir zarrachamiz. Bu umr yo’limizni rejalashtirishmiz uni mazmunli o’tkazish garovidir. Aytaylik mening maqsadim adolatni ta’minlovchi advokat bo’lish. Xo’sh buning uchun nima qilishim lozim va imkoniyatim doirasidan qila olaman. Buning uchun Yurisprudensiya fakultetini tugatishim, undan oldin abiturient vaqtimda maksimal test yechish darajasiga erishishim, undan ham oldin maktabni a’lo bahoga tamomlashim. Men 9-sinfda o’qigan paytim shunday maqsad qo’ygan edim.
Maqsadga erishish va vaqtni taqsimlay olish uchun biz ABCDE metodi va EYZENXAUER matritsasi kabi uslublar mavjud.
3. Har bir insonni tabiati o’ziga ayon. Bir inson bu bir yangi dunyodir. Ko’pincha meni nma ishimdan chalg’itadi va vaqtimni kemiradi degan savolga javob bu meni oynadagi aksim, o’mishimni sog’inshim va kelajak haqida noreal hayollar surishimdir. Men bu odatlardan asta-sekinlik bilan qutulmoqdaman. Diqqatimni muayyan bir narsaga qaratsam unga sho’ng’ib ketaman va boshqa barcha chalg’ituvchi narsalarni unutaman. Mana shu meni metodim.
4. Zamonaviy mehnat bozori huquqshunosdan vaqtni toʻg‘ri taqsimlay olish koʻnikmasini talab qilmoqda. Jamiyatni yuksaltiradigan, xalq tilidan gapiradigan kasb egasi bu huquqshunoslardir. Huquqshunos so’zlaganda barcha atrofdagilar eshitadi chunki u qonun tilida gapiradi. Qonun esa barcha uchun teng, adolatli va majburiydir. Huquqshunos barcha o’ziga murojaat etgan insonning talab yoki iltimosini bajarishi lozim. Hozirgi kunda huquqshunos barchaga kerak, o’z huquqini bilmaydigan va kerakli joyda o’z manfaatlarini himoya qila olmaydigan har bir fuqaroga huquqshunos maslahati zarur.
6-Kazus
Aksariyat aqli raso insonlar qanday faoliyat bilan shug‘ullanmasin, rejasiz bir ish qilishmaydi. Eng muhimi – reja hayotiy va amalga oshadigan boʻlishi kerak. Kuzatgan boʻlsangiz, katta muvaffaqiyatga erishgan, atoqli odamlar hayotdagi bosh maqsadlari aks etgan rejaga ega hamda oʻzlarida shaxsiy, kasbiy va ma’naviy hayotidagi bosh maqsadlarini eslatib turish odatini shakllantirishgan.
Anton Kremer vafot etgan otasiga tegishli doʻkonni boshqarishni davom ettirishi kerak edi. “Men doʻkonni tartibga solishim va uni yangilashim kerak”, deb oʻyladi u. – “Bu yerda hamma narsa eskirib qolgan”.
Biroq, buning uchun katta mablagʻva kuch kerak edi. Tugʻma tadbirkor boʻlmaganligi sababli, janob Kremer juda istamay ishga kirishdi va otaning ishini davom ettirishi kerakmi – yoʻqmi, deb hayron boʻldi. Butun yil shu tarzda oʻtdi. Oxir-oqibat, umidsizlikka uchragan janob Kremer bu biznesni tark etdi.
Savollar:

1. Nima deb oʻylaysiz: Anton Kremer rejasining amalga oshmay qolish sabablari nimada? Fikrlaringizni izohlab bering. (30)
2.Samarador va naf keltiradigan shaxsiy rivojlanish rejasini tuzishda qanday bosqichlar muhim hisoblanadi? Ularni yoritib bering. (30)
3. Rejalaringizni amalga oshirish bosqichida, rejaga kiritilgan har bir band uchun sizga zarur boʻladigan qanday fazilatlarni oʻzlashtirishingiz muhim hisoblanadi? Sabablarini asoslab bering. (20)
4.Tadqiqot, shaxsiy reja va muhokamalarda qoʻllaniladigan SWOT va PEST tahlillar oʻrtasidagi asosiy farqlarni tahling qiling. (20)
Javoblar
1.Inson bir ishni boshlashidan oldin oldiga ishonchga asoslangan aniq madsad qo’yishi kerak. Bir o’zbek maqolida aytilganidek “maqsadsiz ish- qolipsiz g’isht kabidir”. Har qanday katta maqsadni, uni qismlarga ajratish orqali, murakkablik darajasini kamaytirish mumkin. Agar maqsadlar kichik rejalarga bo’linmas ekan, maqsad- tirmashib chiqish imkonsiz bo’lgan tog’dek ko’rinadi. Kishida qilayotgan ishiga nisbatan kuchli xohish va istak bo’lishi lozim. Men buni xohlayman va qila olaman, bunga iymonim komil deb aytadi. Anton Kremer esa marhum otasiga tegishli bu do’konni olganda ikkinlandi va hohlamaygina do’konni yurgiza boshladi. A.Kremer rejasini amalga oshmay qoldi chunki uni bu sohadan habari yuq edi va qat’iyat, ishonch bilan ishni davom ettirmadi.

2. Shaxsiy rivojlanish rejasini tuzishda quyidagilar muhim.


-o’zingizni anglaysiz va mazmunli maqsadlar qo’yasiz.
-ushbu maqsadlardga erishish uchun zarur qadamlar tashlashni rejalashtirish.
-bilim, malaka, ko’nikma va tajribangizdagi kamchiliklarni aniqlaysiz va ularni bartaraf etish uchun harakatlar rejasini tuzasiz.
Shaxsiy rivojlanishni rejalashtirish- karyerangiz uchun uzoq muddatli maqsadlar qo’yish va ularni qanday amalga oshirish haqida mushohada qilishingizdir.
Endi siz tanlagan karyera yo’lidan yurishni boshlashingiz uchun barchasini o’lchovli, aniq bayon etilgan shaklga keltirishingiz lozim. Shu paytgacha siz qayerga borishingiz zarur ekanligini bilmas edingiz. Ammo qilinishi lozim bo’lgan asosiy ishlarni tushundingiz. Endi esa siz joriy holatingizni tanqidiy baholab, bilim va ko’nikmalaringizni to’ldirilishi zarur bo’lgan bo’shliqlarni aniqlashingiz kerak.
Shaxsiy rivojlanish insonni mukammallik sari yetaklaydi. Inson hamisha o’zini rivojlantirishga harakat qilishi lozim. Quyida shaxsiy rivojlanish uchun qilish kerak bo’lgan 10 ta eng muhim ish ro’yhati berilgan.

  1. O’zingiz rivojlantirmoqchi bo’lgan qobiliyatingiz haqida o’qing.

  2. Ustoz toping.

  3. Har kuningizni sarhisob qiling.

  4. Kundalik rejalar daftari tuting.

  5. Oldin siz odatni shakllantiring, keyin odat sizni shakllantiradi.

  6. Rag’bat/jazo tizimiga rioya qiling.

  7. O’zingizga nisbatan qattiqqo’l bo’ling.

  8. O’zingiz havas qiladigan odamlardan o’rnak olishga harakat qiling.

  9. Erishayotgan yutuqlaringizni tahlil qilib turing.

  10. Davomiylikka amal qiling.

3.Odamlarning fazilatlari bizni kim bo’lishiga olib keladi. Ular bizni hayotda o’ylashga va qayta ko’rib chiqishga majbur qiladi. Maslahatlardan foydalangan holda samarali reja tuzish hech narsadan qo’rqmasdan, iroda va qat’iyat kuchi bilan olg’a intilishga yordam beradi. Mazkur jarayon davomida, inson o’z ongining “qo’rqoq” qismi bilan kurashgan holda aniq rejalar orqali maqsadga erishish yo’llarini ishlab chiqishi zarur. Agar dastlabki rejani o’zgartirishga harakat qilsangiz, unda noqulay holatlar umuman bo’lmasligiga urinsangiz sizda qiyinchiliklardan qochish hissi g’olib bo’lishga harakat qiladi. Rejangiz dastlabkisidan uzoqlashgani sayin maqsadga erishish imkoniyati kamayadi.
Ma’lum hayotiy holatlar tufayli rejaga o’zgartirishlar kiritish mumkin. Bu, o’z navbatida, maqsad tomon intilayotgan kishidan psixologik vazminlikni talab qiladi.
Kishida rejaga kiritayotgan har bir band uchun mas’uliyat, intizom, ijodkorlik, ishonch, qat’iyat, iroda, talabchanlik va davomiylik bo’lishi lozim. Masalan intizomni olaylik. Intizom insonga o’z maqsadlariga erishishga imkon beradi.Misol uchun, karyerani yakunlash, loyihani yakunlash, sog’lig’ingizni saqlashga imkon beradigan jismoniy mashqlarni bajarish va h.k. “Ijodkorlik”, ijodkorlik hayotda muhim ahamiyatga ega, bu sizga muammolarga yechim topishda yordam beradi. Ratsional aqlga qo’shimcha ijodkorlik dozasi kerak. “Ishonch”, ishonchsiz munosabatlar nima? O’zingizga, shuningdek boshqalarga bo’lgan ishonchni rivojlantirishingiz kerak, shundagina siz sifatli shaxslararo munosabatlarga erishasiz. Albatta barchaga ishonmang…faqat sizning ishonchingizga haqiqatan ham loyiq bo’lganlarga.
4. Hayotda ko’p uchraydigan tadqiqot, shaxsiy reja va muhokamalarda qo’llaniladigan SWOT va PEST tahlillarga to’xtaladigan bo’lsak, bu ikkisi ham bizga maqsadga erishish uchun yordam beradigan taktik reja.
Biznesda SWOT kompaniyaning kuchli va zaif tomonlarini (Strengths
and Weakness) ochib beradi hamda mavjud imkoniyat va xatarlarni (Opportunities and Threats) aniqlaydi. Bu kompaniya uchun qay darajada zarur bo‘lsa, uni o‘z holatingizga qo‘llaganingizda siz uchun ham shu qadar fo ydali bo‘ladi. O‘zingizning kuchli tomonlaringizni bilib siz qo‘lingizdan nimalar kelishiga, qaysi sohalarda boshqalardan ajralib turishingizga urg’u berishingiz mumkin. Zaif tomonlarni bilish esa qaysi jihatlaringizni rivojlantirish ustida ishlashingiz zarurligi va qay jabhalarda yordamga muhtoj ekanligingizni
anglashingizga ko‘maklashadi. Kuchli tomonlaringiz va imkoniyatlaringiz birgalikda uzoq muddatli istiqbolli karyerangizni aniqlashtirishga yordam beradi. Mavjud zaif tomonlaringiz va sodir bo‘lishi mumkin bo’lgan ehtimolli xatarlar – o‘z maqsadlaringizga erishish yo’lida aynan ular ustida ishlashingiz shart bo‘lgan jihatlarni o‘zida aks ettiradi. SWOT tahlilni amalga oshirish uchun joriy holatingiz va vaziyatingiz to‘g‘risida o‘zingizga qator savollarni berishingiz munkin.
Shaxsiy SWOT tahlilda muvaffaqiyatingizga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan sizga bog‘liq omillar ko‘rib chiqiladi. Bundan farqli ravishda, PEST tahlil karyerangizni qurishingizga yordam beradigan yoki to‘siq bo‘ladigan
tashqi omillarni chuqurroq mushohada etishga yordam beradi. PEST siz faoliyat yuritadigan siyosiy (political), itisodiy (economic), ijtimoiy-madaniy (sociocultural) va texnologik (technological) muhitlarni tahlil qilishni anglatadi. PEST tahlilni amalga oshirish uchun karyerangizga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan tashqi omillarni aniqlashtirib olishingiz lozim. Keyin siz ularning har biridan kelishi mumkin bo’lgan imkoniyat yoki xatarlarni aniqlaysiz.
7 kazus
Kolumbiya universitetlarining bir talabasi aniq fanlar darsiga kech qolib keldi. Auditoriyaning oxiriga borib oʻtirdi-da, bir oz oʻtmay boshini kitob ustiga qoʻyib uxlab qoldi. Dars oxirida talabalarning shovqin ovozidan uyg‘onib ketdi. Qarasa, professor doskaga ikkita masala yozib qoʻygan ekan. Shosha-pisha masalalarni daftariga koʻchirib oldi-da, auditoriyadan chiqib ketdi. Uyga qaytgach shu ikki masala yechimi haqida oʻylay boshladi. Masalalar yechimi esa juda ham qiyin edi.
Kutubxonaga borib kerakli kitob va manbalarni qidira boshladi. Toʻrt kundan keyingina birinchi masala javobini topa oldi. Masalaning javobi ham bir necha varaqlarni band etgandi.
Ikkinchi masala yechimiga ulgurmadi ham, yecha olmaganidan ichida professorni qiyin vazifa berganlikda aybladi.
Keyingi darsda qiziq hodisa roʻy berdi. Ya'ni professor uyga berilgan vazifaning javobini soʻramadi. Dars tugashidan avval boyagi talaba professorning oldiga borib:
– Professor, bergan vazifangizni toʻrt kun ichida oʻrganib chiqib, faqatgina birinchi masalaning javobini topa oldim, – deb vazifa yechilgan qog‘ozni uzatdi. Professor hayratlanib:
– Men hech qanday vazifa bermagan edim-ku?! Doskaga yozilgan u masalalar dunyo ilm-fanida hali yechimini topmagan. Siz oʻzingiz bilmagan holda kashfiyot yaratgansiz, yosh doʻstim! – deya hayqirdi.
Savollar:
1. Isbotlanishicha, ba'zan muvaffaqiyatga erishish uchun bu yoʻldan qaytaradigan soʻzlarni eshitmaslik kerak boʻladi! Bu fikrni qanday izohlaysiz?
2. Mazkur kazusdagi talabaning va professorning xatti-harakatiga, natijaga izoh bering.
3. Muvaffaqiyatga erishishning qanday usullarini bilasiz? ularning samaradorligini tushuntiring?
Inson bor ekanki dunyoada albatta o’z maqsad va rejalar bilan hayot kechiradi. Inson aynan maqsad va vazifalari borligi bilan ham boshqa jonzotlardan ajralib turadi. Shunday ekan har bitta inson o’z oldiga maqsad qo’yishi va ana shu maqsadlariga erishish uchun harakatdan to’xtamasligi lozim.
Ushbu kazusning birinchi savoliga to’xtaladigan bo’lsak, muvaffaqiyatga erishish uchun albatta inson oldiga aniq maqsadlar belgilab olish lozim. Qadimgi yunon olimi Suqrot aytganidek “Maqsadsiz ish qilish bu eshkaksiz kemada sayohatga chiqish bilan teng” .Bundan ko’rinib turibdiki, har bitta muvaffaqiyatning ortida kuchli maqsad va maqsadga bo’lgan harakat yotibdi.
Muvaffaqiyatga erishishda o’ziga bo’lgan ishonch va harakatning o’rni beqiyos hisoblanadi. Ammo ba’zi hollarda muvaffaqiyatga erishish yo’lidan qaytaradigan fikrlar ham bo’lishi mumkin. Bular maktabda,ko’chada, jamoa oldida gohida esa oila davrasida bo’lishi mumkin. Anashunday hollarda insonlar bunaqa so’zlarga e’tibor bermasligi, hattoki eshitmasligi kerak deb hisoblayman. Faqatgina o’zining maqsadi sari olg’a qadam tashlashi va harakatdan to’xtamasligi lozim.
Ushbu kazusning ikkinchi savoliga qaraydigan bo’lsak, ushbu vaziyatda o’quvchining hatti harkatlari taqsinga sazovor deb o’ylayman. Chunki deganda o’quvchi darsga kech kelganligi va uxlab qolganligi uchun o’zida javobgarlik his qilgan holda kelgusi dars uchun uyga vazifani qilishga harakat qiladi. Ushbu masalalar qiyin bo’lishiga qaramasdan bu masalalarni yechish uchun to’rt kun vaqtini sarflaydi. O’quvchi uxlab qolganligini sabab qilmasdan ushbu masalalarni yechishni maqsad qiladi va harakatdan to’tamaydi. Albatta harakatlari samarasiz bo’lmaydi.u o’zining harakatchanligi va uyga vazifasini bajarish maaqsadida qat’iiy turgabligi sababli o’zi bilmagan holda masala yechimini topadi. Bularning hammmasi o’quvchining qatiyti va mehnatkashligi samarasi deb hisoblayman. Shunday ekan inson o’z maqsadlari sari harakat qilishi va unga erishishi lozim.
Ushbu vaziyatda o’qituvchi sinfdagi bolalarga bu vazifani uyga berganda va hali yechimi topilmaganini aytmaganda balki boshqa o’quvchilar ham bu masalalarga yechim topishga harakat qilardi deb hisoblayman. Chunki insonda shunday fikr borki “ buni shunday olimlar qilolmagan men qilolamanmi”. Biz shuni bilishimiz lozimki, inson har qanday ishni qiloladi faqatgina o’ziga ishonch bo’lgan taqdirda. Buni biz yuqoridagi vaziyatdan ham bilishimiz mumkin.
Ushbu kazusning uchinchi savoliga qaraydigan bo’lsak, har bir narsaga erishish uchun albatta qandaydir bosqichlardan o’tishi lozim. Shunday ekan muvaffaqiyatga erishish uchun ham ma’lum usulllar mavjud. Bular quyidagilar
Birinchidan Inson hayotda muvaffaqiyatga erishishi uchun, avvalo, o‘zining hayotiy maqsadini belgilab olishi lozim. Chunki vaqtni boshqarish va undan foydalanishda maqsadga erishish mo‘ljaliga qaratilgan e’tibor barcha harakatlarning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Ikkinchidan esa vaqtni to’gri taqsimlash va uni boshqarishdir. . Chunki vaqtni boshqarish va undan foydalanishda maqsadga erishish mo‘ljaliga qaratilgan e’tibor barcha harakatlarning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Vaqtni boshqarish bo‘yicha yakuniy fikr bildiradigan bo‘lsak, bu ko‘nikma shaxsga o‘z hayotini doimiy muvozanatda saqlash va muvaffaqiyatga erishish uchun katta yordam beradi
Uchinchidan qaraydigan bo’lsak, to’gri qaror qabul qilish ham juda muhim hisoblanadi. To‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari hayotimiz davomida bizga xizmat qilib kelsa, ishda ham, turmushda ham muvaffaqiyatga erishishimiz aniq.
Yuqorida sanab o’tilgan usullar muvaffaqiyatga erishish uchum eng muhim usullardan hisoblanadi. Albatta yuqoridagi fikrlarga hayotimiz davomida ham rioya qilsak va o’zimizda shu ko’nikmalarni shakllantirsak maqsadga muvofiqdir deb o’ylayman.
Samaradorlik tushunchasiga to’xtaladigan bo’lsak, sanab o’tilgan usullarga rioya qilish orqaligina erishib bo’ladi deb hisoblayman. Chunki deganda ushbu qoidalarni bilish bilan unga amal qilinmasa, samaradorlikka erishib bo’lmaydi.shunday ekan inson o’z oldiga maqsad qo’ydimi unga erishish uchun yuqoridagi usullarga amal qilishi va harakatdan to’xtamasligi lozim.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, har bir inson maqsad qilishi va maqsadlari yo’lida muvaffaqiyatlarga erishishi lozim. Yuqoridagi kazusdagi vaziyat buna yaqqol misol bo’la oladi. Inson o’ziga ishonsa va harakatdan to’xtamasa albatta hamma ishni bajara oladi.

8 kazus


Rivoyat qilishlaricha, bir rassom dunyodagi eng goʻzal narsaning suratini yaratmoqchi boʻlibdi. Ammo boshi qotibdi. Dunyodagi eng goʻzal narsa nima boʻlishi mumkin? Bu savolni yoʻlida uchragan bir qariyaga, yosh ayolga, askar yigitga berib koʻribdi. Qariya – mehr, ayol – vafo, askar – tinchlik, deb javob beribdi. “Xoʻsh, – deb oʻylabdi rassom, – dunyodagi eng goʻzal narsa mehr, vafo, tinchlik boʻlsa, nimaning suratini chizishim kerak? Shu xayol bilan uyiga qaytibdi va birdan savoliga javob topibdi va eng goʻzal narsaning suratini chiza boshlabdi.
Savollar:

  1. Mantiqiy mushohada yuriting va rassom nimaning rasmini chizaganini taxmin qiling. Uning oʻrnida Siz boʻlganingizda qanday rasm chizgan boʻlar edingiz? Qaroringizni izohlang. (40)

2. Mantiqiy fikrlashni shakllantiruvchi omillarga nimalar kiradi? Yuqoridagi kazusda ularning qay biri Sizning xulosangizga ta'sir qildi. (30).z
3. Yurist mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirib borishi bilan qanday muhim koʻnikmalarga ega boʻladi? (30)
Inson bu hayotda Yashar ekan har doim fikrlaydi, o’ylaydi va qaror qabul qiladi. Inson aynan fikrlashi va qaror qabul qilishi bilan boshqa jonzotlardan farq qiladi. Shunday ekan har bir inson biror bir ish qilar ekan albatta yaxshulab o’ylashi va mantiqiy fikrlashi lozim deb hisoblayman.
Kazusning birinchi savoliga to’xtalar ekanmiz mantiqiy fikrlash o’zi nima degan savolga javob topishimiz lozim.
Mantiqiy fikrlash bu insonning bizni o’rab turgan hamma narsani va harakatlar, narsalar yoki hodisalar o’rtasidagi munosabatlar yoki farqlarni anglash qobilyati tahlil qilish, taqqoslash, mavhumlashtirish va tassavur orqali kuzatishni tushunishumiz mumkin. Ushbu vaziyatdada mantiqiy mushohada yuritadigan bo’lsak, rassom mehr, vafo, tinchlikni o’zida majassam qilgan go’zallik bu o’zining oilasini tasvirlagan deb hisoblayman.
Chunki men ham rassomning o’rnida bo’lganimda o’z oilamni tasvirlagan bo’lar edim. Buni sababi shuki, har bir inson o’z oilasi davrasida mehr topadi. Dunyoda hech qanday narsa yuqki oila davrasidagidek mehr bera olmadiva oilaning o’rnini bosa olmaydi.Eng buyuk vafo timsoli ham oila hisoblanadi. Sizdan hamma yuz o’girgan taqdirda ham oilangizgina faqat sizga ishonadi va sizga tayanch bo’la oladi. Tinchlik timsoli ham albatta oila hisoblanadi. Chunki deganda inson qayerda bo’lmasin har doim oila davrasini sog’inib yashaydi. O’z oilasi davrasida inson o’zini tinch va xotirjam his qiladi. Oila doim bizning mehr va muruvvatga to’la tinchlik maskani bo’lib qoladi.shunday ekan har bir inson oilasi davrasidagi lahzalarni qadrlashi va hurmat qilishi lozim.
Ushbu kazusning ikkinchi savoliga javob beradigan bo’lsak, mantiqiy fikrlashni shakllantiruvchi omillar bu ko’rish va eshitish orqali shakllanadi va ularning umumiyligidan kelib chiqib mantiqiy fikr yuritiladi. Yuqoridagi vaziyatda Qariya – mehr, ayol – vafo, askar – tinchlik, deb javob berishi meni kazusdagi vaziyatga oila degan fikrlashga olib keldi.
Uchinchi savol javobi Faylasuflar tanqidiy fikrlash deganda, odatda mantiqiy fikrlash va isbotlash ko‘nikmalarini tushunadilar, uning yordamida talabalar diqqat bilan o‘qish, chuqur munozaralar yuritish va yozuvda o‘z fikrlarini aniq va o‘ylab ifoda etish imkoniga ega bo‘ladilar. Adabiyot nazariyotchilari va tarixchilar uchun matnning tarkibiy qismlarini ajratishga va matnning kitobxonga ta’sir qilish usullarini tanqidiy qayta mushohada qilishga hamda muallif asarni yaratishda amal qilgan sababalarni aniqlashda yordam beradigan matnga yondashish “tanqidiy” deb hisoblanadi.
Bilamizki yuristlar omma bilan ko’p muloqatda bo’ladi. Albatta yuristlar uchun tanqidiy fikrlash juda muhim hisoblanadi. Tanqidiy fikrlash faqatgina yurist uchun emas balki, biz talaba yoshlar uchun ham juda muhim. Tanqidiy fikrlashda g‘oyalar va ularning ahamiyati ko‘p fikrlilik nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi hamda ular boshqa g‘oyalar bilan taqqoslanadi. Bu fikrlashning eng yuqori darajasi bo‘lib, unda tahlil, taqqoslash, izohlash, qo‘llash, tortishuv, yangilik, muammolarni hal qilish yoki fikrlash jarayonini baholashga alohida e’tibor beriladi. Tanqidiy fikrlash muloqot va guruh bilan ishlash malakalarini rivojlantiradi. Hozirda talabalarni o‘qishga o‘rgatish va tanqidiy fikrlashni egallashlari muhim vazifa hisoblanadi. Yangi axborotlarga duch kelar ekan, talabalar uni mustaqil ravishda baholashi, unga turli xil nuqtai nazardan qarashi, undan o‘z ehtiyoj va maqsadlari yo‘lida foydalana olish imkoniyati to‘g‘risida xulosa yasay olishlari zarur. Haqiqiy tanqidiy fikrlaydigan odam bo‘lib etishish uchun talabalar ijodiy fikrlab, o‘zini sinab ko‘rishi va bunga oid malakalarni egallashi zarur.

9 kazus


Jurnalist Charlz Duxigning “Odatning qudrati” nomli maqolasida inson taqdirini hal qiluvchi kuchga ega boʻlgan odat va koʻnikmalar, qiziqishlar boʻlishini yozadi. Bu odat nafaqat odamdagi boshqa jihatlarni birlashtiradi, shuningdek, uni yomon illat va harakatlardan ham tiyadi. Kimdir mehribon, kimdir mulohazali, yana kimdir gʻayratli, boshqa kimdir sabr-toqatli.
1. Charlz Duxigning fikrini izohlang. Odatlarning inson hayotidagi ahamiyatini aniq misollar bilan yoritib bering. (30)
2. Oʻqishda va hayotda koʻzlangan maqsadga erishishdagi, hayotingizda tub burilish yasaydigan odat va va koʻnikmalaringiz mavjudmi, ularni rivojlantira olyapsizmi? (30)
3. Shaxsiy SWOT tahlilingizni yoritib bering. “Kuchsiz tomonlar”ga yozilgan odat va koʻnikmalaringizni qanday bartaraf etasiz? (40)
Ushbu kazusning birinchi savoliga javob berar ekanmiz avvalo, inson hayoti davomidagi odat tushunchasiga to’xtalib o’tsak. Odat bu – o’rganib qolgan va muayyan vaziyatda bajarish inson uchun ehtiyojga aylangan xatti harakat. Odatlar faoliyatning turli sohalarida (mehnat, o’quv, sport vaboshqalarda) vujudga kelib , inson xatti-harakatining barcha tomonlari (axloqi, bilish jarayoni, madaniy-maishiy trmushi va boshqalarni qamrab oladi.
Journalist Charlz Duxigning fikrlari ham to’gri deb hisoblayman. Chunki haqiqatdan ham odatlar inson hayotida muhim rol o’ynaydi. Odatlar ham o’z o’rnida ikki turga bo’linadi. Bular ijobiy va salbiy odatlardir. Ijobiy odatlar Charlz Duxig aytganidek yomon illatlarni tiyadi
Foydali odatlar shaxsning ijobiy hislatlarni shakllanishiga yordam beradi. Masalan mehnat odati mehnatsevarlikni rivojlantiradi. Aksincha zararli odatlar esa salbiy xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Masalan vaqtni behuda o’tkazishdan dangasalik, ishni oxirigacha yetkazmaslikdan irodasizlik odatlarini keltirib chiqadi. Odat tusini olgan xatti-harakatlar kishiga mustahkam singib, uning tabiatiga -fazilat va illatlariga aylanadi,
Kazusning ikkinchi savoliga qaraydigan bo’lsak, o’qish va hayotda ko’zlangan maqsadga erishish uchun ko’plab harakatlar qilish lozim. Ba’zi hatti harakatlar turmush hayotidagi odatga aylanib qoladi. Masalan mening hayotim davomida biror maqsadga erishish uchun rejani aniq belgilab olish va uni amalga oshirish uchun harakatdan to’xtamaslik ya’ni qattiyat odat bo’lib qolgan. Albatta bu odat mening hayotimdagi yaxshi odatlardan biri deb hisoblayman. Shuning uchun men bu odatimni rivojlantirishga harakat qilmoqdaman. Davomi uzizdan ……..
Ushbu kazusning uchinchi savoliga javob berar ekanmiz SWOT tahliliga to’xtalib o’tsak. Shaxsiy rivojlanish rejangizni tuzishni maqsad qilgan bo’lsangiz sizga buni amalga oshirish uchun SWOT va PEST tahlili yordam beradi. Ulardan foydalanib siz hozir qayerda va qanday vaziyatda ekanligingiz to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishingiz va qay tomonga harakatlanish to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz mumkin,SWOT tahlili asosan biznesda SWOT kompaniyaning kuchli va zaif tomonlarini (Strengths and Weakness) ochib beradi hamda mavjud imkoniyat va xatarlarni (Opportunities and Threats) aniqlaydi.
SWOT tahlilini siz ham shaxsiy rivojlanish rejangizda qo’llashingiz ham mumkin. Kuchli tomonlaringiz va imkoniyatlaringiz birgalikda uzoq muddatli istiqbolli karyerangizni aniqlashtirishga yordam beradi. Mavjud zaif tomonlaringiz va sodir bo‘lishi mumkin bo’lgan ehtimolli xatarlar – o‘z maqsadlaringizga erishish yo’lida aynan ular ustida ishlashingiz shart bo‘lgan jihatlarni o‘zida aks ettiradi. SWOT tahlilni amalga oshirish uchun joriy holatingiz va vaziyatingiz to‘g‘risida o‘zingizga qator savollarni berishingiz va to‘rt katakdan tashkil topgan jadvalni to‘ldirishingiz kerak.

Download 131.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling