E’tobor bering. Metodologiya qanaqa fan ekanligini bilasiz. Shuning uchun kreativ yondashib kazuslarni ishlang. Ishlangan kazuslarda 1 talabaning fikri berilgan. Siz shu bilan cheklanib qolmang, fikrlardan foydalaning, ularni kengaytiring


Download 131.33 Kb.
bet3/20
Sana07.02.2023
Hajmi131.33 Kb.
#1172581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Metodologiya Yakuniy 1-kurs

Kuchli tomon : Bu yerda sizning vazifangiz – sizni boshqalardan ajratib turadigan sifatlaringizni aniqlashdan iborat. Sizda boshqalar orzu qiladigan qanday xususiyatlar mavjud
Zaif tomon : Bu yerda siz rivojlantirishingiz zarur bo‘lgan jihatlaringiz to‘g‘risida o‘ylaysiz. O‘z zaif jihatlaringizni bilish va tafakkur qilish orqali siz ularning miqdorini kamaytirishingiz yoki ularni boshqarishingiz mumkin, toki ular maqsadlaringizni ro‘yobga chiqarishda sizga to‘siq bo‘lmasin.
Imkoniyatlar : Endi, o‘z kuchli va zaif tomonlaringiz to‘g‘risida fikr yuritganingizdan so‘ng, siz uchun mavjud bo‘lgan yoki bo‘ladigan imkoniyatlarga urg‘u berishingiz zarur
Xatarlar : Va nihoyat, muvaffaqiyatlaringizni yakson qiadigan narsalar haqida ham fikrlashingiz zarur. Garchi xatarlarni boshqarish mumkin bo‘masa-da, ularni rejalashtirish mumkin. Shuning uchun xatalarni iloji boricha ko‘proq aniqlash lozim. Siz xatarar to‘g‘risida qancha ko‘p bilsangiz, ulardan keladigan zararlarni shuncha kamaytirish imkoni tug‘uladi.


Metodologiya -10
Sening kim bo`lib tug`ilganing emas, kim bo`la olishing muhimroq.
Shaxmatda bir qoida bor! Agar piyoda raqib kataklarining birinchi qatoriga yetib borsa, Shohdan tashqari xohlagan figurasiga aylanishi mumkin.Lekin ot bilan fil bunday bo`la olmaydi. Shuning uchun piyoda bo`lib tug`ilganingizga xafa bio`lmang. Maqsadni to`g`ri qo`ying, rejalashtiring,mehnatingiz bilan marraga yetib boring va xohlagan figurangizga aylaning.
Savollar:

  1. Yuqoridagi fikrni izohlang.

  2. Hayotingizdagi eng muhim maqsadni aninqlab oling. Eng muhim maqsad tomon olib boradigan kichik maqsadlarni yozib chiqing. Mazkur kichik maqsadingizdan ikktasini tanlab olib, “ SMARTER” texnologiyasida yoritib bering.

  3. Orzu bilan maqsadni farqlarini yoritib bering.

Javoblar:


Dunyodagi eng aqlli va ongli mavjudod bu – inson. Uning qo`lidan shu qadar ko`p ishlar keladiki, bunga ko`hna tarix guvoh. Ammo inson o`z kuch-qudrati va kuchli xohishi bilan ham amalga oshirolmaydigan shunday istaklar borki, ulardan biri- qanday oilada,kim bo`lib dunyoga kelishni tanlash.


Tasviriy so`zlar bilan aytganda, dunyoga kelishimiz bilan hayot kitobimiz ochiladi hamda bizga uni to`ldirish va bezash vazifasi yuklatiladi. Har kim o`ziga berilgan umrni yashab o`tadi, kimdur umri davomida muvaffaqiyatlarga erishib, baxtli hayot kechirsa, yana kimdur vaqtni behuda sarflab, isrof qilib o`z hayotini barbod qiladi. Yuqorida berilgan fikrni har tomonlama tahlil qilar ekanmiz, shaxmat piyodasiga qaysidur ma`noda imkoniyat va o`sha berilgan imkoniyatdan to`laqonli foydalansa qanday natijalarga erishishi bayon etilgan bo`lib, uni inson hayotiga bo`lab ta`svirlagan. Ya`ni odamzod kim bo`lib,qayerda tu`g`ilishni o`zgartirolmasada, lekin berilgan hayot yo`lini chiroyli qilib yashash o`tishi mumkin. Kambag`al, nochor oilada oddiy inson bo`lib tug`ildi degani bu uning hayoti davomida shu ahvolda qolishini anglatmaydi. Aksincha, boy -badavlat xonadonda tug`ilgan bola kelajakda ham shunday bekamu-kost sharoitda yashaydi degan qarash ham to`g`ri emas. Shaxs o`z salohiyati va tirishqoqligini ishga solib, o`qib , bilimli bo`lsa , ishning ko`zini bilsa, albatta natijaga erishadi. Xalqimiz orasida “Harakatda – barakat” ,degan naql bor.
Fikrimizcha, ushbu naql yuqorida keltirilgan fikrning ayni tub ma`nosi bo`la oladi.

2. Shu yoshimgacha turli yillarda o`z imkoniyatimdan kelib chiqib turli xil maqsadlarni o`z oldimga qo`yganman. Bor kuch g`ayratim bilan ularga erishishga intilganman va erishganman. Biroq vaqt o`tib ko`p narsalar o`zgardi va bu mening hayoitimdagi asosiy burilishlarga bog`liq edi. Avvalgi yillardagi asosiy maqsadim TDYU ga qabul qilinish bo`lgan bo`lsa, ayni paytdagi bosh maqsadim bu – Oliy Sud Sudyasi bo`lish. Ushbiu maqsadimga erishish uchun men avvalo, TDYU ni a`lo darajali baholarga , ijtimoiy-ma`rifiy ishlarda faol bo`lib tamomlashim , turli stipendiyalar savindori bo`lishim, kamida 3 ta tilini bilishim, magisturatura bosqichini chet elda o`qishim hamda sudyalar oliy maktabini tamomlab, yuridik stajga ega bo`lishim zarur. Yuqorida sanab o`tganlarim men uchun hard skills bo`lsa, soft skills tarafdan bilimli, salohiyatli, o`z ishining mutaxassisi va albatta xushmuomala – insonlar bilan kirishimli bo`lishim zarur. Bular mening oliy maqsadimga olib boruvchi kichik maqsadlarim.


Berilgan topshiriqqa muvofiq, Til bilish sertifikatiga erishish va stipendiya (Prezident stipendiyasi) sovindori bo`lish maqsadlarimni SMARTER texnologiyasi asosida tahlil qilar ekanman, qisqacha ushbu maqsadga erishish texnologiyasi haqida ma`lumot berib o`tsam.
SMARTER texnologiyasi SMART texnologiyasining ER bilan to`ldirilgan shakli bo`lib, bular bir-birini uzviy ravishda to`ldiradi va har bir harf alohida ma`no kasb etadi. Xususan:

S – (specific-aniq) oldinga qo`yilgan maqsadning aniq bo`lishi


M – (measurable – o`lchovga egalik) maqsadning ma`lum o`lchoga ega bo`lishi, uning o`lchov-mezoni aniq bo`lishi lozim.

  1. ( attainable- erishsa bo`ladigan) maqsad imkoniyatdan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo`lishi lozim.

R – (relevant- hayotiy) maqsadning hayotga yaqin bo`lishi
T – ( timely- vaqt bilan o`lchanadigan) maqsadning aniq vaqt birligi bilan o`lchanganishi hamda ma`lum vaqt ichida tegishli natijalarga erishish yo`li bilan asosi maqsad yo`lidan borish
E – (ethical- axloqiy) maqsadning odob axloq ,diniy hamda boshqa bunyodkorlik g`oyalariga muvofiqligi
R- (reasonable- oqilona) maqsadning oqilona bo`lishi, boshqa shaxslarga ham foydasi tegishi.



Download 131.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling