E’tobor bering. Metodologiya qanaqa fan ekanligini bilasiz. Shuning uchun kreativ yondashib kazuslarni ishlang. Ishlangan kazuslarda 1 talabaning fikri berilgan. Siz shu bilan cheklanib qolmang, fikrlardan foydalaning, ularni kengaytiring


Download 131.33 Kb.
bet11/20
Sana07.02.2023
Hajmi131.33 Kb.
#1172581
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Metodologiya Yakuniy 1-kurs

Oʻz-oʻzini cheklash. Har bir inson oʻzining ish faoliyati doirasini cheklab, kreativ fikrlash imkoniyatini oshirishi mumkin. Ya’ni, ish maydonini qisqartirish kreativlikka qarab tashlangan birinchi qadam boʻladi.
Misol uchun, ishingiz davomida siz nimadan bemalol foydalansangiz, ana shu narsani kamaytirgan holda, tigʻizroq holda undan foydalanib koʻring. Bu holat sizda yangi gʻoyalar, fikrlar usullar paydo boʻlishiga olib keladi.
Koʻproq yozish. Yozish insonga doimo yangi gʻoyalar olib keladi. Muharrirlik qoidalariga asosan, bir gapda ayni bir soʻzning takror qoʻllanilishi mumkin emas. Bir soʻzni tajror ishlatmaslik uchun siz yangi soʻzlarni hayolingizga keltirasiz hamda ishingizga yanada kreativroq yondashishni boshlaysiz.
Tabiat qoʻynida sayr qilish. Ilmiy tadqiqotchilarning oʻtkazgan sinoviga koʻra, sayohatdan keyin insonlarning kreativligi 50% ga oshgan. Tabiatdan turli ilhomlar, gʻoyalar olgan inson, albatta, yanada kreativ fikrlay boshlaydi. Shunday ekan, tabiay bilan doʻstlashish, quyoshli kunlarda koʻproq tashqarida vaqt oʻtkazish kreativ fikrlashingizni rivojlantirishga yordam beradi.
Fikrimizcha, koʻp narsani kamroq qilish, oʻz ustida koʻproq ishlash, yetarlicha dam olish hamda tabiat qoʻynida tez-tez sayr qilib turish kreativ fikrlash imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Ikkinchi savolga to‘xtaladigan bo‘lsak, yuqorida kreativlikni rivojlantirishning bir necha usullari sanab o‘tildi. Bu usullardan eng ma’quli sifatida oʻz-oʻzini cheklash usulini tanlashimiz mumkin.
Negaki, bu usul orqali biz e’tiborsiz holda ortiqcha foydalanayotgan narsalarimizni cheklab, cheklangan miqdordagi foydalanish imkoniyatimiz bilan ham buni uddalashimiz mumkin yoki mumkin emasligini sinab koʻramiz. Bu esa bizga yangi va kutilmagan vaziyatlarda yanada yaratuvchan boʻlishni oʻrgatishi shubhasiz.
“Talabalarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi ish shakllaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega:
• ma’lumotlarni tahlil etish, tezkor qarorlar qabul qilish, ijodiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi treninglar tashkil etish;
• tasavvurlarni va obrazli qarashlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan ijodiy mashqlar, topshiriqlarni bajarish;
• keyslar bilan ishlash;
• guruhiy ish shakllari va debatlarni tashkil etish;
• oʻquv loyihalarini tayyorlash”8.
“Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
1)ular tomonidan koʻp savollar berilishini ragʻbatlantirish va bu odatni qoʻllab-quvvatlash;
2) bolalarning mustaqilligini ragʻbatlantirish hamda ularda javobgarlikni kuchaytirish;
3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
4) bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish”9.
Koʻrinib turibdiki, kreativlikni rivojlantirish uchun necha turli xil usullar kerak va uning ijrosi boʻlgandagina samarali natijaga erishish mumkin.
Bizningcha, inson oʻz ustida ishlamasdan, muammolarini topib, bartaraf etmasdan, qiyin ahvolda ishlashga majbur boʻlmasdan kreativlikni rivojlantira olmaydi. Yoʻq joydan faraz qila olish, yuzaga chiqara olish, yaratuvchanlik qobiliyati shundagina bir qadam oldinga siljiydi.

Download 131.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling