F. Zamyatkin matrix metod sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi! Toshkent "Universitet" 2009
Download 83.68 Kb.
|
Sizga ingliz tilini o\'rgatib bo\'lmaydi
- Lekin harqalay boshka to‘gri yo‘l ham bo‘lshii kerak-ku... -Yo‘q!
Ammo men kitob do‘konida chet tilini chamasi ikki oylarda tezkor usullar bilan o‘rgatishga asoslangan kimmatbaho qo‘llanmani ko‘rdim. Shunday usullar bor ekan, yillab mashaqqat chekishga na hojat? Siz mustaqil odamsiz va hech narsaga majbur emassiz. Mustaqil qaror qabul qila oladigan yoshdasiz. Albatta, sizni hech qayoqqa olib bormaydigan yo‘llardan yurishga ham to‘la haqqingiz bor. Tilshunoslik qoidalarini yod olishga majburmanmi? Yo‘q. Buning o‘rniga asar o‘qish singari foydali mashg‘ulot bilan band bo‘lganingiz ma'qul. Chet tilini qancha muddatda o‘rganshi mumkin? Til o‘rganish uchun ma'lum muddatni hech kim belgilab berolmaydi. Ammo to‘g‘ri yo‘ldan borsangiz, bilimlaringiz bir yilda chet tillar fakulьtetining 3-kursida tahsil oladigan a'lochi talabaning bilimlaridan ortiq bo‘lsa bo‘ladiki, aslo kam bo‘lmaydi. Ishonchli va tayyor holdagi matritsani qayerdan topish mumkin ? Bunaqasini hozirgi kunda ushbu risola muallifidan olishingiz mumkin xolos. Bir-ikkita matnni tinglash, talaffuz va tahlil kilishdan so‘ng kishi ayni til borasida nimadir o‘rgangan hisoblanadimi ? Yo‘q. O‘n besh-yigirmata dialog ustida uzoq va qunt bilan ishlagan odam haqidagina shunday deyish mumkin. Aslida bu ham nisbiy gap. Bu jarayonda aniq chegarani belgilash mumkinmas. Men matritsani o‘ttizta dialog va matnlardan tuzishni taklif kilaman. Uzoq vaqt qunt bilan ishlash o‘zini oqlagan usuldir. Matritsani tugatganimdan so‘ng «marafoncha o‘kish»ga kirishaman. Yuzlab, minglab sahifalarni ham baland ovozda, chiroyli ohang bilan o‘kishim kerakmi? Yo‘q, baland ovozda, ohangdor o‘qish faqat matritsa bosqichiga tegishli. Katta asarlarni bu taxlit o‘qish jismoniy jihatdan ham ilojsiz. Matritsa bosqichidan o‘qish bosqichiga o‘tganimdan so‘ng, o‘zimga tushunarsiz bo‘lgan so‘zlarni qanday talaffuz kilaman? Tushunarsiz so‘zning aynan tarjimasini bilmasam, uning mazmunini matn orqali anglashim kerakligini tushundim. Ammo uning talaffuzini qanday o‘rganaman? Har qanday tilda so‘zlarni talaffuz qilishning o‘ziga xos mantig‘i bo‘ladi. Tildagi so‘zlar talaffuzi oz mikdordagi artikulyatsiya namunalariga asoslanadi. Matritsa bosqichidan so‘ng bu namunalar sizning miyangizga mustahkam o‘rnashib qoladi. Bundan tashqari xozir internetda so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgatuvchi ovozli lug‘atlar mavjud. Bu taxlit muammolar sizni faqat ishning boshidagina qiynaydi xolos. Vaqt o‘tgach, shu kabi arzimas muammolar bilan o‘zingizni qiynaganingiz g‘alati tuyula boshlaydi, negaki bu vaqtda sizda til o‘rganishning hozir tasavvuringizga ham sig‘dira olmaydigan boshqa qiyinchilik va muam-molari paydo bo‘ladi. Hammaga o‘zi qiziqkan adabiyotni o‘qishini maslahat berdingiz. Men adabiy asarlarni emas, ilmiy uslubdagi kitoblarni o‘qishni xush ko‘raman. Aytaylik, loyiha menejmenti haqidagi kitobni o‘qimoqchiman. Ammo bunday kitoblarning tili ancha ilmiy. Bu narsa til o‘rganishimga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydimi? Yoki ilmiy uslubdagi kitoblarni o‘qimay turgan ma'qulmi? Javobim juda oddiy va o‘sha-o‘sha. Qanday uslubda bitilganidan qatьi nazar faqat o‘zingizga qiziq bo‘lgan, e'tiboringizni torta oladigan kitobni o‘qing. Boshqalar bilan ishingiz bo‘lmasin. Oxiri baxayr bo‘ladi. Ieroglif yozuvli tillarni o‘rganishda matritsadan foydalansa bo‘ladimi? Matritsadan barcha tillarni o‘rganishda foydalansa bo‘ladi. Ierog-lif yozuvli tillarni o‘rganish hech qachon oson bo‘lmagan va ularni o‘rganish jarayoni biroz ko‘proqqa cho‘zilishi mumkin. Siz aytgan usullardan foydalanishim mening til kurslariga qatnashim yoki o‘qituvchidan yakka tartibda tahsil olishimga monelik qilmaydimi? Sirayam monelik qilmaydi. Til kurslarining ayrim masalalarda siz uchun foydali bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Ammo siz fikr qiling. O‘zingiz uchun foydali bo‘ladigan xulosaga kelishingiz lozim. Sizda tanlash imkoniyati bor. Hatto siz til o‘rganish jarayonini o‘zingiz uchun ruhiy taskinga, psixoterapiyaga aylantirishingiz ham mumkin. Men kim bo‘libmanki, sizga buni ta'qiqlasam! Ruhiy xotirjamlik va sog‘lom fikr o‘nta xorijiy tilni o‘rganishdan ko‘ra muhimroqdir. Men buni juda jiddiy aytyapman. Til o‘rganishning dunyo bo‘ylab keng tarqalgan, muvaffaqiyatli reklama qilinayotgan va fan doktorlari, professorlar tomonidan tavsiya qilinayotgan usullari haqida nima deysiz? Bunday «ajoyib» usullarni sanab sanog‘iga yetib bo‘lmasa kerak, deyman. Ularni qo‘llash mobaynida albatta qandaydir yo‘nalish, masalan, grammatikami, o‘qishmi, tarjimami yoki lug‘at yodlashmi, birinchi darajali bo‘lib koladi va boshqa yo‘nalishlarga deyarli ahamiyat berilmaydi. Aslida bularni har birining o‘z o‘rni mavjud. Til o‘rganishda asosiysi mutanosiblikdir. Axir siz uy qurishda tomning mustahkamligi muhimmi yoki poydevorningmi deya tortishib o‘tirmaysizku, shunday emasmi? Ularning qay biridandir voz kechgudek bo‘lsangiz uy bitmaydi. Ammo, uy qurish uchun eng avvalo tamal toshini qo‘yish kerakligini unutmang. Umuman, sizdan bir o‘tinchim, o‘zga uslublar haqida mendan boshqa so‘ra-masangiz. Ehtimol ularning qay biridadir sog‘lom fikrning uchqunlari uchrab qolar. Ammo mening risolamni o‘qigach, miyangizda ming vattli lampochka nur taratayotganday bo‘lishiga imonim komil. Download 83.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling