F. Zamyatkin matrix metod sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi! Toshkent "Universitet" 2009


Download 83.68 Kb.
bet11/14
Sana26.02.2023
Hajmi83.68 Kb.
#1232160
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Sizga ingliz tilini o\'rgatib bo\'lmaydi

Til o‘rganish jarayonidagi matritsa nima o‘zi? Matritsa - suxandonlar tomonidan baland ovoz va standart ohangda o‘qilgan 20-30 chog‘li dialog va matnlar demakdir.
Matnlarni qayerdan tanlab olgan ma'qul?
Matnlarni tanqidchilarning o‘tkir nazaridan o‘tgan qo‘llanmalardan olish maqsadga muvofiqdir.
Tilni matritsa yordamisiz ham o‘rgansa bo‘ladimi? Albatta bo‘ladi. Ammo matritsa - til o‘rganishning eng oson va qisqa yo‘lidir.
20-30 chogli dialoglarni deyarli yoddan biladigan odam tilni yaxshi o‘rgangan hisoblanadimi ?
Yo‘q, matritsa - bu til o‘rganishning birinchi bosqichi xolos. Agar dialoglar ularni tinglash mobaynida o‘z-o‘zidan sizga yod bo‘lib qolgan bo‘lsa, bundan faqat quvonish kerak.
25-30 ta dialog va matnni birvarakayiga o‘rganish kerakmi?
Bu bilan siz «men yarim kilo pishgan go‘shtning hammasini lunjimga tiqishim va yamlamay yutishim kerakmi?», - deganday bo‘ldingiz. Yo‘q, azizim, o‘zingizni aslo azoblamang. Siz go‘shtni oz-ozdan kesib olib, og‘zingizga solishingiz va shoshilmay, yaxshi chaynab yeyishingiz kerak.
So‘z va iboralarni to‘gri talaffuz qilishni qanday o‘rgansam bo‘ladi?
Harflarga qarab talaffuzni o‘rganib bo‘lmaydi. Ayniqsa yozilishi bilan aytilishi orasida katta farq bo‘lgan so‘zlarda boy tillarni o‘rganayotganda. Yozuv - portretday bir gap. U tashqi ko‘rinishdan boshqa hech narsani anglatmaydi. To‘g‘ri talaffuzga so‘zlarni baland ovozda va aniq aytishni takror-takror o‘rganish bilan erishasiz.
Ijobiy natijaga eriishsh uchun bitta dialog yoki matnni necha marta ishnglash va takrorlash kerak?
Dastlabki bosqichda bitta dialogni «hazm qilish» uchun haftalar sarf bo‘ladi. Unutmang - haftalar! Bu bosqichda shoshmashosharlik faqat mag‘lubiyat keltiradi.
Bir dialogni eshitayotganimda takror tinglash uchun magnitofondan dialogning bosh qismini qidirish meni juda charchatadi, vaqtimni oladi. Bunday holda nima qilishim kerak?
Bu sof texnik muammo hisoblanadi. Bitta diskka bir dialogni takror-takror yozdirib olsangiz muammo hal bo‘ladi. Faqat dialog orasidagi pauza ikki soniyadan ortib ketmasligi kerak. Dialog ichida esa umuman pauza bo‘lmagani ma'qul.
Dialoglarni matnga ko‘z yugurtirgan holda tinglash shartmi?
Dastlabki kunlarda bunday qilmaganingiz yaxshi. Eshitish a'zolaringiz yot ohanglarga ko‘nikib olgach, albatta shu usulni qo‘llash lozim.
Mashgulot mobaynida uyqu bosishi dangasalikdan darak emasmi?
Yo‘q. Utgan saboklarda sharhlaganimizday, bu tabiiy holat. Uyquchanlikni bartaraf qilish uchun qonda adrenalin miqdorini ko‘paytirish kerak. Matnlarni biror-bir harakat bilan mashg‘ul holda tinglang.
Matnlardagi jumla va iboralarni, gaplarni ayni holicha so‘zlashuv tilida qo‘llab bo‘ladimi?
Bunday o‘ylamaslik kerak. To‘g‘ri, ularni so‘zlashuv tilida qo‘llaysiz, ammo aynan suxandonlar qo‘llagan uslubda emas. Siz magnitofon ham, to‘tiqush ham emassiz. Bir jumlani ona tilingizga o‘girib, suxandon talaffuz qilganday aytib ko‘ring-a, farqni darrov anglaysiz. Nutq - bu san'at. So‘zlashayotganda albatta nimalarnidir yaratasiz.
Matritsani qancha vaqtda to‘liq yakunlash mumkin deb o‘ylaysiz?
Olti-sakkiz oylarda. Ammo aniq muddatni aytish qiyin. Hammasi faqat o‘zingizga bog‘liq. Buning uchun bir yil yoki undan ortiqroq vaqt sarf etishingiz ham mumkin. Muhimi hech narsani e'tibordan qochirmasangiz bo‘lgani.
Bir yoki bir nechta tilni o‘rganish kishidan o‘ta zehnli va aqlli bo‘lshni talab etadimi?
Aslo unday emas. Miyamni shunday xayollar chulg‘ay boshlasa, men o‘z qobiliyatlarim va mehnatsevarligim borasidagi yoqimli fikrlar bilan o‘zimga kuch bag‘ishlayman. Istalgan muvaffaqiyat uchun o‘zingizni taqdir-lashdan charchamang. Bu muvaffaqiyatlar o‘zgalar nazarida arzimasday tuyulishi ham mumkin. Ammo siz o‘z-o‘zingizga juda ham aqlli ekaningizni uqtirishdan tortinmang (atrofdagilarga buni ma'lum qilish sirayam shart emas!).
Matritsadan butunlay voz kechgan holda, boshqa yo‘llar bilan (tinimsiz mehnat hisobiga bo‘lsa ham) tilni mukammal o‘rganish mumkinmi?
Yo‘q.

Download 83.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling