F. Zamyatkin matrix metod sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi! Toshkent "Universitet" 2009


Download 83.68 Kb.
bet13/14
Sana26.02.2023
Hajmi83.68 Kb.
#1232160
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Sizga ingliz tilini o\'rgatib bo\'lmaydi

- Risolangizdagi fikrlar, tavsiyalar juda qiziqarli. Ammo chet tilini o‘qituvchimizning fikricha...
Aqlli odam til o‘rganishning zamonaviy usullarini o‘likxona vrachi (patalog-anatom)ning usullari bilan solishtiradimi? Axir siz bu kasb egasiga raqs yoki boks sirlarini o‘rganish uchun murojaat qilmaysiz-ku. To‘g‘ri, u juda bilimli, ammo uning miyasi odam organizmining eng kichik hujayralaridan tortib, teri va suyaklarning to‘qimalari hakidagi turli-tuman ma'lumotlar bilan to‘la. Qo‘llarida esa tanani ilma-teshik qilib o‘rganishga, tekshirishga mo‘ljallangan yaltiroq asboblar, ilmoqlar va yana allambalolar... .
Oksford tomonidan tavsiya etilgan til o‘rgatish usullarichi? U yerdagi kurslar va usullarda xato bo‘lishi mumkin emas. Axir bu Oksford!!!
Sizning Oksford, Kembridj yoki qandaydir Garvardning soyasiga salom berishingizni bilaman. Sizni tushunishga harakat qilaman. Axir bizda bunday reflekslarni paydo qilish uchun uzok yillar davomida muvaffaqiyat bilan harakat qildilar. Afsuski, men sizning bu otashin istagingizga sherik bo‘lolmayman. Chunki har nimaga sajda qilaverishdek illatdan qutulganimga ancha bo‘lgan. Bu taxlit mashhur nomlanishlar bilan meni hadeganda hayratga sololmaysiz. Mashhur nom ostida ham hech qanday alohida noan'anaviy usullarni taklif qilmaydilar. Ularning usullari ham odatiy kam natijali usullardan deyarli farq kilmaydi. Ha, mashhur dargohlarimiz hech qanday imlo xatolarsiz, ziyoli odamlar tomonidan bitilgan qo‘llanmalarni chop etadilar (tahsinlar bo‘lsin!) va albatta, bu kitoblarning sifati ham chakki emas (agar ulardagi sahifalarning ikki haftadan so‘ng jilddan ajrab ketishini hisobga olmasa). Shuningdek, ular zamonaviy studiyalarda mahoratli aktyorlar tomonidan o‘qilgan matnlarni - sifatli audio va videomahsulotlarni ham taklif qiladilar. Bu ham albatta, tahsinga loyiq. Ammo eng asosiysi, bularning barini ular o‘z mashhur jarangdor nomlari ostida taklif kiladilar va siz endi bu mahsulotlarning ishonchli yoki ishonchli emasligi borasida bosh qotirib ham o‘tirmaysiz. Sizga nomning o‘zi yetarli! Sizning oddiy qalamdan ko‘ra sirtiga mashhur firmaning nomi zarhal harflar bilan yozilgan qalamni sotib olishga ishqibozligingizni tushunsa bo‘ladi. Ammo afsuski, bu qalam qanchalik jimjimador va chiroyli bo‘lmasin, u o‘sha o‘zimiz bilgan oddiy qalamdan o‘zga narsa emas, ya'ni u sizga kompьyuterning yoki hatto oddiy yozuv mashinkasining ham ishini bajarib bermaydi. O‘sha mashhur Armani, Versache, Diora, Kembridj, Garvard yoki o‘zimizning Oksford nomi ostidagi qalamlarning peshtaxtalarda chang bosib yotgan oddiy qalamlardan ortiq joyi yo‘q. Sirtiga yog‘och yoki oltin qoplanganidan va qayerda tayyorlanganidan qat'i nazar dunyodagi hamma qalamlar bir xil vazifani bajaradi. Ishontirib aytamanki, Oksford «qalam»lari ham o‘z g‘oyasi, usuli va hokazolariga ko‘ra sotuvdagi boshqa «qalam»lardan farq qilmaydi.
Yana bir gapni aytmasam bo‘lmaydi. Keyingi yillarda Oksford va boshqa mashhur dargohlarda «baynalminallik» ruhi ustunlik qilmoqda, ya'ni, endi audiomatnlarni hindlar, pokistonliklar, xitoylar va ko‘plab boshqa millat vakillari yevropaliklar qulog‘iga umuman yoqmaydigan aktsent bilan o‘qimokdalar. Harqalay hech kim ingliz tilini hind-pokiston-xitoycha talaffuzda o‘rganishni istamasa kerak, a labbay?
Sharq ertaklarida xalifalar xalqning podsholar, ularning siyosati haqidagi haqqoniy fikrini bilish maqsadida kiyimlarini o‘zgartirib, el orasida bo‘ladilar. Kishi bilmas holda xalqning fikr-mulohazalarini aniqlaydilar va shunga binoan o‘z boshqaruv uslublarini yaratadilar. Ka-minai kamtarin ham shu muddaoda vaqti-vaqti bilan internet «ko‘chalari»ga kirib, til o‘rganish san'ati va mazkur risolam haqidagi kishilarning fikr-mulohazalari bilan tanishib boraman. Agar qarshi bo‘lmasangiz, siz ham choponingiz belini maxkam bog‘langda, men bilan safarga otlaning. Qani quloq solaylikchi...
Men mutaxassisligim bo‘yicha muhandisman. Kasbim taqozosiga ko‘ra chet tilini o‘rganishimga to‘g‘ri keldi. Vaholanki, mening otam butun umr ingliz tili bo‘yicha o‘qituvchilik qilgan. Etikdo‘zning bolasi etikka yolchimabdi, deganlariday men ham til o‘rganishga ancha kech jazm qildim. Ammo aniq fanlar vakili sifatida meni chet tillarini o‘qitish va o‘rganish tizimidagi tartibsizliklar, boshboshdoqliklar juda ranjitdi, hafsalamni pir qildi. Mana ikki yildirki, bu sohadagi tishga bosgudek ma'lumotlarni, tavsiyalarni qidiraman. Men bu soha kishisi emasman, shuning uchun ham mening chetdan turib kuzatishlarim va baholashlarim xolis bo‘lishi tabiiy.
Albatta bizga bu sohada taklif etilayotgan yuzlab usullarni sinchiklab tekshirish mumkindir, ammo nima uchun? Nikolay Fyodorovich Zamyatkin bizga eng to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatyaptiku. U o‘z risolasi orqali tilni aynan o‘sha tilda gapiruvchilar (faqat va faqat o‘sha tilda gapiruvchilar!) tomonidan o‘qilgan matnlarni tinglash va anglash orqali o‘rganishni maslahat bermoqda. 25-30 chog‘li ovozli yozuvdagi matnlar -matritsadagi dialoglarning har birini til o‘rganishning dastlabki chog‘larida kunlar davomida bir necha soat uzluksiz tinglash kerak. Shundan so‘ng yana bir necha kun davomida xuddi shu dialoglarni yozma matnga ko‘z yugurtirgan holda tinglash lozim. Faqat shundan keyingina baland ovozda (faqat baland ovozda) takrorlanadi. Chiroyli, to‘g‘ri talaffuzga erishmaguncha bu jarayon uzluksiz davom ettiriladi.
To‘g‘ri, bu usul biroz qiyin, ammo samarali ekanligi bilan kishini hayratlantiradi. Men buni o‘z tajribamdan kelib chiqib aytyapman. Bu jarayonda kim chidamli bo‘lsa, o‘sha asl mutaxassis bo‘la oladi.
- Qaysidir chet tilida qanday so‘zlashishning qonun-qoidalarini bilish bilan o‘sha tilda aynan shunday so‘zlasha olish o‘rtasida katta farq bor. Har qanday musiqashunos ham o‘zi yaxshi anglaydigan musiqiy asarni qoyillatib ijro etib bera olmasligi mumkin. Til o‘rgatish usullaridagi asosiy muammo (biz bu o‘rinda til o‘rgatishning haqqoniy usullarini nazarda tutyapmiz, aslo cho‘ntaklarimizgagina ko‘z tikadigan g‘irrom usullarni emas) ularda faqat qanday so‘zlash kerakligi borasidagi qoidalardan iborat nazariy bilimlarga zo‘r berilganidadir. Bu qoidalarni amalga tadbiq etish esa oxirgi o‘ringa tushib qolgan. Tilni professional darajada o‘rganish uchun faqat so‘zlash, so‘zlash va yana so‘zlash kerak. So‘zlaganda ham baland ovoz va to‘g‘ri talaffuz bilan so‘zlash lozim. Bizni esa asosan (eng yaxshi o‘qitiladigan hollarda!) fa-qat tushunishga o‘rgatadilar, qanday so‘zlash kerakligini ham aql orqali, nazariy jihatdan anglaymiz xolos. Tasavvur qiling, sizga skripkani ko‘rsatadilar, barmoklarni qayerga ko‘yish va kanday chalishni uzok hamda batafsil tushuntiradilar. Siz ham yetuk aqlingiz bilan barini juda yaxshi tushunganday bo‘lasiz, ammo hammasi yuzaki. Skripkani ko‘lingizga tutqazishganda esa dovdirab qolasiz.
1-3 yoshli xar kanday bolaning til o‘rganish borasidagi tug‘ma malakasi siz bilan bizning yuzaki bilimlarimizdan ko‘ra o‘n chandon a'lo. Ular har qanday tovush va so‘zlarni baralla ovoz bilan talaffuz etadilar. Bu bosqichgacha esa kattalarning so‘zlashlarini uzok vaqt davomida qunt bilan tinglagan edilar. Keyin asta-sekin gap tuza boshlaydilar. Bu jarayon boskichma-boskich muvaffaqiyat bilan davom etadi.
Ta'kidlashdan charchamayman, biz tug‘ilibok ona tilimizni eng to‘g‘ri usulda o‘rgana boshlaymiz, vaholanki, chaqaloqda bu borada hech qanday bilim ham, ko‘nikma ham bo‘lmaydi.
- Boris Sergeyevning «Miyaning imkoniyatlari» kitobidan: «Bolakaylar nutq tovushlarini, so‘zlarni nafaqat talaffuz qilishni, balki ularni qabul qilishni ham yaxshi biladilar. Bu ikki jarayon bir-biri bilan shunday chambarchas bog‘liqki, biri to‘liq bo‘lmagan holda ikkinchisini o‘rganib bo‘lmaydi.
Miyamizda tovush va so‘zlarning «harakatlanuvchi» va «tovushli» nusxa-lari saqlanadi, lekin biz uchun eng muhimi harakatlanuvchi obrazlardir. Ularsiz nutqni qabul qilish jarayoni bir tomonlama bo‘lib qoladi».
Boshqacha aytganda, tildagi (xoh ona tili bo‘lsin, xox chet tili) tovushlarni kabul qilish va farqlash uchun o‘sha tovushlarni baland ovoz bilan to‘g‘ri talaffuz qilish, eshitish va dikqat bilan tinglash shart. Til o‘rganish jarayonida muvaffaqiyatga eltuvchi yo‘l nutq a'zolarimiz orqali o‘tadi.
- Bu suxbatlardan qonun-qoidalarni bilmasa ham bo‘laverar ekan, degan xulosaga kelib ham qolyapman. Ammo «bilmoq» so‘zi lug‘atimizda mavjudligini va kanday narsani anglatishini yoddan chiqarmagan ma'qul.
Masalan, men marafoncha yugurish nimaligini yaxshi bilaman. To‘g‘ri o‘zim yugurib ko‘rmaganman, lekin yugurish oldidan gavdani biroz oldinga (aslo orqaga yoki yonga emas) eggan holda oyoqlarni oldinma-keyin qo‘yib turish lozimligini, yugurishga buyruq berilgach, qattiq nafas olib oldinga o‘kday uchish kerakligini bilaman. Miyamdagi shu nazariy tushunchalarimni qo‘llab, g‘alabaga osongina erishishim mumkin-ku. Nazariy bilim - katta kuch!
To‘g‘ri, men buni hali amalda sinab ko‘rganimcha yo‘q. Agar zarurat bo‘lmasa, o‘tirgan o‘rnimdan turmasam deyman. Yugurishim shart emasligini xam «bilaman».
Velosiped minish uchun bu boradagi qoidalarni bilish shart emas. Axir orangizda kim bolaligida uch g‘ildirakli velosiped minishdan oldin boshlovchilar uchun uch g‘ildirakli velosiped minishning nazariy qoidalarini o‘rgangan?
Chet tilida so‘zlayotganda nutq a'zolarimizning har bir harakati ona tilimizda so‘zlayotganimizdagi harakatlardan keskin farq qiladi. Ammo Nikolay Fyodorovich Zamyatkin tavsiya etayotgan usuldan tashqari hech bir usulda bu masalaga umuman e'tibor berilmaydi. Vaholanki aynan nutq a'zolarining to‘g‘ri harakati tilni professional darajada o‘rganishning poydevoridir.
Til o‘rganishning bu eng muhim jihati odatda o‘rganuvchilarning o‘ziga tashlab qo‘yiladi. Go‘yo u buni o‘zi mustaqil anglashi va o‘rganishi kerakdek. Bu narsa go‘dakni po‘rtanalar quturib yotgan okean sohiliga olib borib, o‘z holiga tashlab qo‘ygancha uning o‘zini himoyalashi va suzishni o‘rganishini kutishday bir gap. Yoki ayrim hollarda bu masalada qandaydir ilmiy qoidalarni o‘ylab topadilarki, bu qoidalar qoida mualliflarining o‘zlariga ham tushunarsiz bo‘ladi.
Nikolay Fyodorovichning mukammal usuli bizga nutq a'zolarimizning o‘zga til talaffuzi jarayonidagi eng sezilarsiz harakatlarini ham dialoglarni baland ovoz bilan qayta-qayta takrorlash natijasida tartibga solib olish mumkinligini isbotlab berdi. Bu usulni inkor etib bo‘lmaydi!
Alohida olingan gapning takror-takror tinglanishida ham katta mantiq bor. Har qaysi tildagi har bir iborada tovushlarning tebranishi, ohangi, aytilishi, tavsifi va hokazo xususiyatlari borasida ko‘p ma'lumotlar bo‘ladi. Bu axborotlarni bolakaylar juda oson o‘zlashtirib oladilar. Afsuski, ilmiy qoidalarga o‘ralashib qolgan kattalarda esa bu masalada «yalang‘och» fikrdan o‘zga narsa yo‘q.
Matritsa juda ko‘p vazifalarni (grammatik, leksik va hokazo) bajaradi, ammo uning eng asosiy vazifasi chet tilidagi tovushlarning «sirini ochish»dir.
Matritsani tinglash jarayonidagi asosiy maqsadimiz so‘zlarni o‘rganish va fikrni anglash emas (albatta, bu ham ta'qiqlanmaydi). Dialoglarni tinglash mobaynida begona tovushlarni taniy boshlaymiz. Ular asta-sekin begona emas, o‘zimizniki bo‘la boshlaydi.
Dastlab shovqindan boshqa narsani anglatmagan tovushlar kundan-kunga biz uchun tushunarli va qadrdon bo‘lib boradi. Ularning bizga hech qaysi darslik va o‘qituvchi o‘rgata olmaydigan ohangini his qilamiz. Ha, buni faqat his qilish mumkin!
Aynan mana shu noan'anaviy va shu bilan bir qatorda samarali usul - Nikolay Fyodorovich Zamyatkin usulini barcha til o‘rganuvchilar uchun tavsiya etgan bo‘lardim.
- «O‘n uchinchi jangchi» filьmini eslaysizmi? O‘sha filьmda bir ko‘rinish bor. Antonio Banderasning qahramoni gulxan yonida isqirt vikinglar davrasida o‘tirgan paytida vikinglar uni o‘z tillarida kamsitib, mazax qiladilar. Hech kutilmaganda u vikinglarga ularning tilida javob qaytaradi. Vikinglar hayrat va qo‘rquvdan qotib qoladilar. Axir u hozirgacha bu tildagi biror jumlani ham bilmas edi-da! Vikinglar undan tilni darrov qanday o‘rganib olganini so‘raydilar. U javob beradi: «Men tingladim!»
«Men tingladim!» - mana o‘zga til xazinasining kaliti!
- Agar chiroyli raqs tushishni o‘rganishni istasang, mahoratli raqqosning harakatlarini diqqat bilan kuzat va ularni takrorla, aslo raqs harakatlarining qoidalari va yana allaqanday nazariyalar bilan o‘ralashma!
Chiroyli va bexato so‘zlashni o‘rganishni istasang, leksikasi, grammatikasi, talaffuzi mukammal bo‘lgan notiqni tingla, unga taklidan takrorla! Takrorlaganda ham baland ovoz bilan, o‘xshatib takrorla! «Unday qilish kerak ekan», «bunday aytish kerak ekan», degan qoidalar bilan kallangni to‘ldirma! Hammasi amalda bo‘lsin!
- Dastlabki kunlarda dialoglarni tinglashga ko‘proq vaqt ajratish lozim. Keyin ko‘p kunlar davomida dialoglarni baland ovoz bilan (
Download 83.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling