O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
__________________________________ FAKULTETI
___________________________________TAL`IM YO`NALISHI __-KURS ___-GURUH TALABASI
_____________________________________NING
______________________________________ FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Mavzu: Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari
Topshirdi:
Qabul qildi: ___________________
Termiz – 2023
OKSIDLANISH QAYTARILISH REAKSIYALARI
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3
ASOSIY QISM
I BOB. KIMYOVIY REAKSIYA TURLARI………………………………..…6
Oksidlanish qaytarilish reaksiyasi…………………………………………..6
Oksidlanish qaytarilish reaksiyasi turlari…………………………………..10
II BOB. OKSIDLANISH QAYTARILISH REAKSIYALARI TURLARI ICHKI MALEKULALAR ARO VA MALEKULALAR ARO……………...17
2.1. Disproporsiya……………………………………………………………...…17
2.2. Polimerning polidispersli………………………………………………...…..20
2.3. Na`munaviy masalalar yechish…………………………………………..…..22
XULOSA……………………………………………………………………..…..27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI………………………….29
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Har bir jamiyatni, fanni o’rganish bilan birga uning paydo bo’lish, rivojlanish, yuksalish va bugungi kundagi mavqega erishgunga qadar bosib o’tgan yo’li, bu yo’lning ayrim bosqich va davrlari, ularda yashab ijod etgan izlanuvchi, tadqiqotchi olimlar yoki turli kasb egalarining shu fanning yaratilishiga qo’shgan hissalari, hodisa va atrof-muhitdagi materiyani o’rganishda ularga yondashish usullari bilan tanishish katta ahamiyatga egadir. Bunday ma’lumotlar yig’indisi mazkur fanning tarixini tashkil etadi. Shunday qilib, fanni o’rganish bilan bir vaqtda, uning tarixini bilish, uni etarlicha o’rganish har bir bo’lajak mutaxassis uchun juda kerakdir.
Yuqorida aytilgan fikrlarimizdan kimyo fani ham aslo mustasno emas. Uning ham o’z tarixi bor. Bu tarix bilan tanishish kimyo fani qachon paydo bo’la boshladi, u yoki bu kimyoviy hodisalar qanday qilib kashf qilindi va ular kishilar xayotida qanday o’rin egalladi, kimyo fani qachon va qanday sabablar tufayli ratsional fanga aylandi. Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari elektronlarning atom, molekula yoki iondan ikkinchisiga o’tishi bilan xarakterlanadi. Bunda reaktsiyaga kirishayotgan komponentlarning birida elektronlar kamaysa, ikkinchisida elektronlar soni oshadi.
Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari muhim ahamiyatga ega.
Texnikada va laboratoriyada juda ko’pchilik oddiy moddalarni olish oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari asoslangan: Masalan, temir, xrom, marganets, rux, xlor, yod va boshqalar. Ammiyak, ishqorlar, kislotalar va boshqa shunga o’xshash murakkab moddalrning olinishining asosida ham oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari yotibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |