Fakulteti tal`im yo`nalishi kurs guruh talabasi


Download 335.08 Kb.
bet3/11
Sana19.06.2023
Hajmi335.08 Kb.
#1622400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari KURS ISHI

Kurs ishining obekti. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari eng ko'p tarqalgan reaksiyalar bo`lib , tabiatda va texnikada katta ahamiyatga ega. Ular hayot faoliyatining asosi hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti. Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari elektronlarning atom, molekula yoki iondan ikkinchisiga o’tishi bilan xarakterlanadi. Bunda reaktsiyaga kirishayotgan komponentlarning birida elektronlar kamaysa, ikkinchisida elektronlar soni oshadi. Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari mavzusini turli manbalardan o’qib, o’rganib shu mavzuni yoritib berish.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, asosiy qism, 2 ta bob, 5 ta reja,xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


I BOB. KIMYOVIY REAKSIYA TURLARI

    1. Oksidlanish qaytarilish reaksiyasi

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Oksidlanish-qay­tarilish reaktsiyalarining turlari. Koeffitsientlar tanlashning ikki usuli: elektron balans usuli, ion elektron usuli. Oksidlanish-qaytarilish (redoks) sistemalarni yarim reaktsiya (xususiy reaktsiya) usulida ifodalash. Oksidlanish-qaytarilish potentsiali. Nerst tenglamasi. Metallarning elektro-kimyoviy kuchlanishlar qatori. Elektr toki ishtirokida hosil bo’ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari.
Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari elektronlarning atom, molekula yoki iondan ikkinchisiga o’tishi bilan xarakterlanadi. Bunda reaktsiyaga kirishayotgan komponentlarning birida elektronlar kamaysa, ikkinchisida elektronlar soni oshadi.
Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari muhim ahamiyatga ega.
Texnikada va laboratoriyada juda ko’pchilik oddiy moddalarni olish oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari asoslangan: Masalan, temir, xrom, marganets, rux, xlor, yod va boshqalar. Ammiyak, ishqorlar, kislotalar va boshqa shunga o’xshash murakkab moddalrning olinishining asosida ham oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari yotibdi.1
Insoniyat Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalaridan qadimdan foydalanib kelgan, lekin uning qanday o’tishi to’g’risida ma‘lumotga ega bo’lmagan. Bu to’g’risida birinchi nazariya-flogiston nazariyasi bo’lib, u 1723 yilda nemis ximigi Shtal tomonidan yaratilgan edi. Bu nazariyaga asosan barcha yonish xususiyatiga ega bo’lgan moddalar tarkibida qandaydir boshqacharoq xususiyatga ega bo’lgan flogiston degan modda bo’lib, moddalar yonganda chiqadi: Masalan, temir kuyundisi floj.
XVIII asrning oxirida flogiston nazariyasi o’rnini kislorod nazariyasi xukm sura boshladi. Ammo 6u nazariya xam ba‘zi kislorodsiz utadigan reaktsiyalarning qanday utishiga javob bera olmadi..
Mg+CuCl2 = Cu+MgCl2 va boshqalarida kislorod nazariyasi o’rniga elektron naeariyasi vujudga keldi. Bu nazariya quyidagilarga asoslanadi:
1) Atom, molekula va ionlarning elektronlarining berib yubo-
rishiga oksidlanish protsessi deyiladi.
Ca - 2e- - - > Ca2+
Sn2+ - 2e- - - > Sn4+
2) Atom, molekula va ionlarning elektronlarning qabul qil-
gan qaytarilishi protsessi deyiladi.
S2+ + 2e - - > S2- ; Ca 2+ + 2e - - > Ca
3) Elektronlarning qabul qilib oladigan atom, molekula va
ionlarga qaytaruvchilar deyiladi.
4) Elektronlarni berib yuboradigan atom, molekula va ionlarga qaytaruvchilar deyiladi.2
Oksidlovchi reaktsiya vaqtida qaytariladi, qaytaruvchi esa oksidlanadi. Shuning uchun bu har ikkala protsesni qisqa qilib oksidlanish qaytarilish reaktsiyalari (protsesslari) deb ataladi.
Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari uch gruppachaga bo’linadi:
1) Atomlararo, molekulalararo, ionlararo oksidlanish-qaytari-
lish reaktsiyalari
2Sa + O2 = 2SaO
N2 + S12 = 2NS1
Fe + CuSO4 = Cu + FeSO4
2) Disproportsional reaktsiyalar
HNO2 + 2 HNO2 = HNO3 + 2NO + H2O
2K2MnO4 + K2MnO4 + 2H2O = 2KMnO4 + MnO2 + 4KOH
3) Molekulyar ichida utadigan oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari
2KClO3 = 3O2 + 2KCl
2Ag2O = O2 + 4Ag
Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini tenglamalrini tuzishda ikkita metoddan foydalaniladi. Elektron balans usuli, ion elektron usulidir.
Ikkala metodda ham elektronlarni bergani soni bilan qabul qilgan elektronlarini umumiy yig’indisi teng bo’lishi kerak.
Elektron balans usuli. Bu usulda elektronlarni, ya‘ni uzgaruvchan valentga ega bo’lgan elementlarni oksidlovchi va qaytaruvchilarni ko’rib chiqamiz:
Masalan: KMnO4 + FeSO4 + H2SO4 - - > MnSO4 + K2SO4 + Fe2 (SO4)3 + H2O
Mn+7 + 5e = Mn2+ | K2=2
Fe2+ - 1e = Fe3+ | F 2=10
Bu yerda KMnO4 oksidlovchi , FesO4 esa qaytaruvchidir.
2KMnO4 + 10FeSO4 + 8H2SO4 = 2MnSO + K2SO + 5Fe2 (SO4)3 + 8H2O
Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Ionno-elektronny metod.
Bu metodga yarim reaktsiyalar yordamida oksidlovchi va qaytaruvchilar olinib tenglashtiriladi.
Yuqoridagi misolda, ya‘ni:
Fe2+ - 1e- = Fe3+ |
MnO-4 + 8H+ +5e | Mn2+ + 4H2O
Oksidlanish - qaytarilish jarayonlarida oksidlanish - qaytarilish potentsiallaridan foydalaniladi.
Nerst tenglamasi
R -8,31 dj (mol. gramm)
F -96500 k/g - ekv
Yeo -standart elektr. pot
R -gaz doimiyligi
n - elektron soni
[OKIS] - oksidlanish
[Red] - qaytarilish
Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida Beketovning aktivlik qatoridan foydalaniladi. Ular tablitsalarda keltirilgan metalar ion holda oksidlovchi, oddiy moddalar holida qaytaruvchi xossalarini uzida namoyon qiladi. Oksidlanish-qaytarilish potentsial manfiy bo’lganda. Masalan: 0,41 bunday hollarda suvdan vodorodan siqib chiqaradi.
Metallarni aktivlik qatorini quyidagi umumiy formula bi-
lan ifodalash mumkin. .
M2+ +2ye- = M
hamda metalarning elektro-kimyoviy kuchlanishlar qatorini hosil qilish mumkin.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini qaytarilish va oksidlanish yarim reaksiyalariga ajratilishi mumkin. Kimyogarlar elektronni koʻchib oʻtishini koʻrsatishni osonlashtirish uchun yarim reaksiyalardan foydalanishadi, shuningdek, bu usul oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini tenglashtirishda yordam beradi.
Elektronlar chiqarilishi oksidlanish, elektronlar biriktirib olinishi qaytarilish deyiladi. O.-q.r. atamalari dastlab metall oksidlarining hosil boʻlish va parchalanish reaksiyalarida qoʻllaniladi. Cu+’/2O2=CuO metallarning oksidlanishiga, CuO+H2=Cu+H2O metall oksidlaridan metall hosil boʻlishi (qaytarilishi)ga misol boʻladi.
Atom yoki ionlari reaksiya jarayonida elektron biriktirib oladigan moddalar oksidlovchilar,elektron beradigan moddalar esa qaytaruvchilar deb ataladi.Oksidlovchi reaksiya vaqtida oksidlanadigan moddadan elektronni tortib olib,oʻzi qaytariladi,qaytaruvchi esa elektronlar yoʻqotib, oʻzi oksidlanadi. Har qanday oksidlanish qaytarilishsiz boʻla olmaydi, chunki kimyoviy reaksiyada atomlar oksidlanish dara-jasi (p)ning yigʻindisi doimiydir. N2+S12=2NS1 reaksiyasida p (N) 0 dan + 1 gacha oʻzgaradi, binobarin, vodorod (N) oksidlanadi; p(S1) 0 dan — 1 gacha oʻzgaradi, binobarin, xlor S1 qaytariladi.


    1. Download 335.08 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling