Falsafa (Etika,Estetika, Mantiq) fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Reja


Mavzuni takrorlash uchuvn savollar


Download 0.75 Mb.
bet99/140
Sana07.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1247819
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140
Bog'liq
Фалсафа маъруза матнлари 2019 2020 ТПИ охирги лот

Mavzuni takrorlash uchuvn savollar:

    1. Mantiq fani qanday fan va uning asosiy vazifasini aytib bering?

    2. Bilishning asosiy bosqichlarni aytib bering?

    3. Tafakkur nima?

    4. Tafakkurning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?

    5. Tafakkur shakli va qonuning farqini bilasizmi?

    6. Formal mantiq nimani o‘rganadi?

    7. Tafakkur qonunlari nimalarni aks ettirishini bilasizmi?

8) Tushuncha nima?
9) Tushunchaning asosiy turlari va munosabatlarini ajratib bering?
10) Tushunchalarni bulish kanday buladi.?
11) Tuushunchalar xajmi va mazmuni ayting?

Adabiyotlar:
A-1,2, 6. Q-1,3,5,28. E-1-2.

11-mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish (2 soat)
Reja:
1.Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida.
2.Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari.
3.Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.
4.Fikrning xarakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish: deduksiya, induksiya va analogiya.


Xukm – tafakkurning mantiqiy shakli. Hukm – predmetga ma’lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida hukmlar hosil qilamiz. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.
Oddiy hukmlar. Hukmlar tuzilishiga ko‘ra oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy hukm, deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo‘lmaydigan mulohazaga aytiladi. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo‘lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. Masalan, «Mantiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi», degan mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganadi», degan mulohaza murakkab hukmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi tafakkur shakllarini o‘rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o‘rganadi», degan ikki oddiy hukmdan iborat.
Mulohaza (hukm) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega – sub’ekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim – predikat (P) predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning sub’ekt va predikati uning terminlari deb ataladi.
Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U sub’ekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada hukm hosil bo‘ladi. Oddiy qat’iy hukmning formulasi quyidagicha yoziladi: S-P.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling