Falsafa kelib chiqishi va shakillanish asoslari
Falsafaning asosiy masalalari
Download 169.5 Kb.
|
falsafa kelib chiqish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materialistlar va idealistlar.
Falsafaning asosiy masalalari. Falsafani organayotgan har bir odamda falsafada qolgan barcha muammolarga nisbatan ustunroq ahamiyat kasb etadigan, yani muhimroq, asosiyroq hisoblanadigan masalalar, muammolar mavjud yoki mavjud emasligiga qiziqish ertami, kechmi albatta yuzaga keladi. Bu mavzu nafaqat boshlovchi, balki professional faylasuflar uchun ham diqqatga sazovordir. Ularning orasida kimdir bu mavzuga jiddiy etibor beradi, kimdir esa, aksincha, uni muhim deb hisoblamaydi. Falsafaning uzoq tarixiga umumiy nazar tashlasak, olam va insonning kelib chiqishi, rivojlanishi va mohiyatiga, shuningdek, hayotning manosi, inson bilishining tabiatiga tegishli «boqiy» falsafiy muammolar deyarli barcha falsafiy talimotlarda u yoki bu tarzda mavjudligini, turli falsafiy asarlarda, ular aynan kimga qarashliligi va qaysi davrga mansubligidan qatiy nazar, qisman yoki, aksincha, atroflicha muhokama qilinishining guvohi bolishimiz mumkin.
Darhaqiqat, ong, tafakkur, ruh, ideallik va ularning materiya, tabiat, borliq bilan ozaro nisbati masalalariga oz munosabatini bildirmagan yoki, oz mulohazalari va xulosalarida shubha qilmagan faylasufni topish mushkul. Bu hol oz vaqtida olimlar tomonidan «falsafaning asosiy masalasi»ni tariflashiga turtki bergan bolib, unda ikki jihat alohida ajralib turadi. Birinchi jihat moddiylik va ideallikning ozaro nisbatiga tegishli. Savol shunday qoyiladi: «Materiya birlamchimi yoki ruh (ong)mi?» yoki, «Tafakkur va borliqning nisbati masalasi butun, ayniqsa, eng yangi falsafaning buyuk asosiy masalasidir». Ikkinchi jihat birinchi jihat bilan uzviy bogliq bolib, quyidagicha tariflanadi: «Dunyoni bilish mumkinmi?» Boshqacha aytganda: «Biz haqiqiy dunyo haqidagi oz tasavvurlarimiz va tushunchalarimizda borliqni togri aks ettirishga qodirmizmi?»Bu masalada materialistlar va idealistlarning qarashlari ziddiyatli xarakterga egadir. Materialistlar va idealistlar. U yoki bu faylasuflar savolning birinchi qismiga qanday javob berishiga qarab, -dunyo azaldan moddiy, ong esa bu materiyaning mahsulidir, deb hisoblovchilar materialistlar va -dunyo zamirida materiyadan oldin paydo bolgan va uni yaratuvchi ideal narsalar va hodisalar yotadi, degan fikrni himoya qiluvchi idealistlarga ajratiladi. Bunda idealizmning ikki turi obyektiv va subyektiv idealizm farqlanadi. Obyektiv idealistlar - qandaydir nomoddiy va inson ongiga bogliq bolmagan (yani obyektiv mavjud bolgan) narsalar va hodisalarni ( Xudo,dunyoviy aql, goya, ruh va shu kabilar) butun borliqning asosi deb etirof etadilar. Falsafa tarixida Platon, Avliyo Avgustin, Foma Akvinskiy, G.Gegel, , N.Berdyayev kabi mutafakkirlar obyektiv idealizm namoyandalaridir. Subyektiv idealistlar - dunyo faqat individual (subyektiv) ong mahsuidir deb hisoblaydilar. J.Berkli, D.Yum, I.G.Fixte subyektiv idealizmning yorqin namoyandalari hisoblanadi. Falsafa tarixida materialistik yonalishlar va oqimlar ham anchaginadir. Sodda mateializm materiyani yaratish va yoq qilish mumkin emasligi haqidagi talimotdir. Sodda materializm vakillari :qadimgi xitoy faylasuflari Lao szi, Yan Chju; Qadimgi hind faylasuflari lokayata yonalishi namoyandalari; Qadimgi davrning mashhur faylasuflari Geraklit, Empedokl, Demokrit, Epikur va boshqalar. Qadimgi Markaziy Osiyo faylasuflari- Zardosht Sepitoma kabilardir. Klassik mexanika vujudga kelgan va faol rivojlangan Yangi davrda mexanistik materializm (P.Golbax, P.Gassendi, J.Lametri) ayniqsa keng tarqaldi. XVIII-XIX asrlarda falsafiy materializmning yonalishlari: - antropologik materializm (L.Feyerbax); - vulgar materializm (Fogt, Byuxner, Moleshott); - dialektik materializm (K.Marks, F.Engels) shakllandi. Biroq, yana shuni ham takidlab otish lozimki, mazkur tasnifga muvofiq materialistlar yoki idealistlar deb nomlanuvchi u yoki bu faylasuflar bunday farqlashga asossiz sxemalashtirish va soddalashtirish deb qarab, ozini bu yonalishlarning birortasiga ham mansub deb hisoblamasligi mumkin. Bunday qarashlar shu bilan izohlanadiki, togridan-togri va uzil-kesil tarzda, bu muammoni tushunishga nisbatan boshqacha yondashuvlarni etiborga olmasdan tariflangan «falsafaning asosiy masalasi» muqarrar tarzda barcha faylasuflarni ikki katta qarama-qarshi lagerga materialistlar va idealistlarga ajratadi va bu hodisaning ayrim korinishi sifatida faqat moddiy va manaviy substansiyalarni teng huquqli asoslar deb hisoblovchi dualistlarnigina (masalan, R.Dekart) farqlaydi. Ammo falsafiy tafakkur tarixida u yoki bu faylasuflar fikriga kora eng muhim deb qaraladigan boshqa muammolar ham mavjud. Ayni shu sababli aksariyat faylasuflar substansiya (dunyoning birinchi asosi) haqida mulohaza yuritar ekan, mazkur masalaning qoyilishini «falsafaning asosiy masalasi» bilan boglashga moyil emas. Masalan; ilk antik faylasuflar uchun falsafaning asosiy muammosi: «Dunyo nimadan yaratilgan?», degan savol bilan boglangan. Osha davrda bu savol eng muhim, asosiy, birinchi darajali hisoblangan. Orta asrlar sxolastikasi nuqtai nazaridan «falsafaning asosiy masalasi» quyidagicha tariflanishi mumkin: «Xudoning borligini qanday qilib oqilona asoslash mumkin?» Hozirgi diniy falsafiy konsepsiyalar, xususan neotomizm uchun u hozir ham bosh masala bolib qolmoqda. Ibn Sino fikricha, falsafaning asosiy masalasi mavjudotni barcha mavjud narsalarni kelib chiqishi, targiboti ozaro munosabati, biridan-ikkinchisiga otishni har tomonlama tekshirish uchun zaruriy imkoniyat, voqelik sabab tamoyillarini asos qilib olishdan iborat4. Yangi davrda I.Kant yondashuvi diqqatga sazovor bolib, u «Inson nima?» degan savolni mohiyat etibori bilan falsafaning asosiy masalasi deb hisoblaydi. Uning fikricha, inson ikki dunyo tabiiy zarurat va manaviy erkinlikka mansub bolib, ularga muvofiq odamzot, bir tomondan, tabiat mahsuli hisoblanadi, boshqa tomondan esa, u «erkin harakat qiluvchi mavjudotning oz-ozidan yaratish» natijasidir5. Ekzistensializm falsafasida esa har bir individ ozi uchun ozi hal qilishi lozim bolgan «Hayot yashashga arziydimi?», degan muammo asosiy masala sifatida etirof etiladi, zero, mazkur yonalish namoyandalarining fikriga kora, bu savolga javobsiz qolgan hamma narsa oz manosini yoqotadi. Fransuz ekzistensialist faylasufi A.Kamyu tabiri bilan aytganda: Hayot yashashga arzishi yoki arzimasligi masalasini hal qilish, falsafaning asosiy masalasiga javob topish demakdir6. Masalan, pragmatizm asosiy etiborni haqiqat tushunchasiga va uni aniqlash muammosiga qaratadi. Bu yonalish vakillarining fikriga kora, falsafa avvalo ayni shu muammo bilan shugullanishi va insonga amalda foyda keltirishi lozim. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling