Falsafa kelib chiqishi va shakillanish asoslari
Falsafaning gnoseologik funksiyasi
Download 169.5 Kb.
|
falsafa kelib chiqish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodologik funksiyasi
- Falsafaning integrativ funksiyasi
Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin bolmagan, yani fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bolmagan narsalar va hodisalarni oqilona yol bilan tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam organilgan hodisalarni tushuntirishga nisbatan oz yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga bolgan qondirilmagan qiziqish ornini muayyan darajada toldiradi, shu tariqa mifologik va diniy fantaziyalarga kamroq orin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning mezonlari qanday?», degan masalalar bilan bogliq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda haqiqatning tagiga yetishga qarab moljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.
Metodologik funksiyasi u yoki bu maqsadga erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy ozlashtirishga qaratilgan usullar yoki amallar majmuini anglatadi. (bu tushuncha yunoncha methodos yol, tadqiqot, tekshirish sozidan kelib chiqqan). Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim ozi organayotgan predmetning tadqiqot yolidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida organilgan, biroq ayrim fanlar vujudga kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi. Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol oynaydigan har xil kategoriyalarni ishlab chiqishdan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham takidlab otish lozimki, falsafa ota keng tushunchalar, yani kategoriyalar bilan ish korar, ularni tariflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini ham bajaradi. Falsafaning integrativ funksiyasi real borliqning yangi obyektlari va hodisalari insonning nazariy tadqiqotlari sohasidan orin olishi, shuningdek ilgari malum darajada anglab yetilgan narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq organish uchun birlashishga ehtiyoj. Ilmiy bilimlarning integratsiyalashuvi va u yoki bu muammolarni yechish uchun kuch-gayratni birlashtirish jarayoni yakkalanish xavfining oldini olish imkonini beradi. Zero, ayrim fanlar paydo bolib, ular nafaqat oz tadqiqot obyekti va predmetini ajratdi, balki ozining faqat mazkur fanga xos bolgan tili, kagegoriyalar apparati va hokazolarni yaratdi. Ammo bu yolda jiddiy xavf ham mavjud bolib, u shundan iboratki, fanlarning ajralishi natijasida ular ortasidagi aloqalar susayadi, ular murakkab kompleks vazifalarni yechishda faol ozaro aloqa qilish qobiliyatini yoqotadi. Bu esa ilmiy bilmning osishiga salbiy tasir qiladi. Murakkab kompleks muammolarni tadqiq etuvchi hozirgi zamon fanida bazan ayrim ilmiy fanlarning vakillari boshqa fanlarning vakillarini faqat ular turli tillarda, yani har biri oz fanining tilida gapirgani bois tushunmaydi. Bu jihatdan falsafa ular uchun amalda boglovchi boginga, birlashtiruvchi asosga aylanadi, chunki u oz tahlilida fanlararo muloqotga va mazmuni ayni bir kontekstda turli fanlar tomonidan qabul qilinadigan va qollaniladigan fundamental tushunchalarni yaratishga qarab moljal oladi. Murakkab obyektlarni kompleks tadqiq qilishda har bir muayyan fan oz predmetidan kelib chiqadi. Bu predmet doirasi unga organilayotgan obyektni yaxlit korish, uning aloqalarini aniqlash imkonini bermaydi. Bu vazifani hal qilishga ham faqat falsafa qodir bolib, u butun vaziyatni yaxlit korish imkonini beradi va bu jihatdan nafaqat fanlar ortasida, balki inson faoliyatining ayrim jabhalari, masalan, otkazilayotgan tadqiqotlar bevosita yoki bilvosita bogliq bolishi mumkin bolgan huquqiy, siyosiy, axloqiy faoliyat ortasida ham boglovchi bogin hisoblanadi. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling