Falsafa kelib chiqishi va shakillanish asoslari
Falsafaning madaniy funksiyasi
Download 169.5 Kb.
|
falsafa kelib chiqish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafaning aksiologik funksiyasi
- Falsafaning axloqiy funksiyasi
Falsafaning madaniy funksiyasi odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish uygotish, nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali namoyon boladi. U dunyoni ozlashtirish va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi yutuqlarini ozida mujassamlashtiradi va ularni butun insoniyat mulkiga aylantiradi. Turli mamlakatlar va xalqlarning falsafa tarixini organish ularning otmishdagi va hozirgi madaniyatini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, goyalar almashinuvi va madaniy ananalarning ozaro tasiriga komaklashadiki, bu madaniy meros bilan uzviy bogliq bolgan kopgina muammolarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Falsafaning aksiologik funksiyasi (yunon. axia - qadriyat) hayotning manosi, olim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qoyish, u yoki bu harakat, voqea, hodisaga yaxshi, yomon, muhim, foydali, foydasiz kategoriyalari bilan baho berish orqali namoyon boladi U uzoq muddatli tendensiyalarni qisqa muddatli tendensiyalardan farqlash, yuzaki jarayonlarni fundamental jarayonlardan, muhim narsalar va hodisalarni ikkinchi darajali narsalar va hodisalardan ajratish orqali insonning qadriyatlarga munosabati bilan uzviy bogliq bolgan tegishli ehtiyojlarini shakllantiradi. Shu tariqa insonning muayyan qadriyatlari, moljallari va ustuvorliklari belgilanadi, yani tegishli qadriyatlar tizimi tarkib topadi. Bu tizim odamlarning muhim xususiyati hisoblanadi, ularning hayotga munosabatini aks ettiradi va jamiyatdagi xulq-atvorini kop jihatdan belgilaydi. Falsafaning axloqiy funksiyasi odamlarning u yoki bu jamiyatda qaror topgan munosabatlar tasirida shakllanuvchi xulq-atvori. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yol bilan, yani real hayot amaliyotida ornatiladigan meyorlar va qoidalarga sezilarli darajada tasir korsatadi. Bunday meyorlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim dastak hisoblanadi va odamlarning ozaro aloqalari, ularning munosabatlari, ozaro til topish darajasida namoyon boladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa doimo axloqda, jamiyatning barcha azolari xulq-atvorida namoyon boladi va shu tariqa yana bir muhim funksiya axloqiy funksiyani bajaradi. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling