Falsafa: uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/37
Sana19.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1361834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
1-ma\'ruza matni

Dunyoqarashning tuzilishi - dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim 
elementlardan iborat
.
Dunyoni sezish 
– bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunda tuyg‘ular, kayfiyat 
dunyoni go
‘yoki ranglarga bo‘yaydi, uning obrazini sub'ektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor 
odamga haddan tashqari yorug
‘ bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan nur, sog‘lom odam uchun normal bo‘ladi; daltonik ranglar 
gammasini, ko
‘rish qobiliyati normal bo‘lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni 
sezishning har xil, xususan optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi.
Dunyoni idrok etish 
bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki 
noto
‘g‘ri bo‘lishi, ya'ni borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto‘g‘ri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, suv 
parilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o
‘xshash fantaziyalar paydo bo‘ladi.
Dunyoni tushunish 
insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda yuz 
beruvchi voqyea va jarayonlarning o
‘zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat insonga, balki hayvonlarga ham xos 
bo
‘lsa, dunyoni tushunish esa faqat odamlarga xos xususiyatdir.
Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Turli davrlar bilishni yanada teranlashtirdi va inson dunyoqarashini 
kengaytirdi. Shunga mos ravishda oddiy (empirik) dunyoqarash ham boyib bordi, uning negizida o
‘zini o‘zi tashkil etish 
qonunlariga muvofiq yanada murakkabroq tuzilmalar asta-sekin shakllandi va bu pirovard natijada dunyoqarashning alohida 
shakllari yoki, tarixiy tiplari farqlanishiga olib keldi.
Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo
‘lib, bu hol insoniyat tadrijiy 
rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir. Ko
‘nikmalar, tajriba va oddiy bilimlar to‘planishiga qarab, nafaqat 
ularni avloddan avlodga o
‘tkazish muammosi yuzaga kelgan, balki ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi ham murakkablashib 
borgan. Bu dunyoqarash rivojlanishining muayyan bosqichida, to
‘plangan bilimlarning «yuqori bosqichiga» yetilgach, 
boshqa har qanday murakkab tizimda bo
‘lganidek, dunyoqarashda ham o‘zini o‘zi tashkil etish qonunlari amal qila 
boshlagan.
Masalan, bu hodisaning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun shaxsiy kutubxonada kitoblar yig
‘ilishi bilan 
bog
‘liq misolga murojaat etish o‘rinli bo‘ladi. Mazkur kutubxonada kitoblar bir nechta bo‘lsa, ularni tizimga solish talab 
etilmaydi, ular qaerda yotgani va ularning o
‘zaro munosabati qandayligi ham ahamiyat kasb etmaydi. Kutubxona hajmi 
o
‘nlab kitoblar bilan o‘lchangan taqdirda esa, ulardan foydalanishga qulaylik yaratish uchun kitoblarni muayyan tarzda 
joylashtirish, tizimga solish talab etiladi. Kitoblar soni qancha ko
‘p bo‘lsa, ular bilan ishlash shuncha oson va qulay 
bo
‘lishi uchun ularni tasniflash, tartibga solish, ruknlarga ajratish tizimi shuncha murakkab bo‘ladi. 
Ibtidoiy odamlarning ancha rivojlangan dunyoqarashida o
‘zini o‘zi tashkil etish qonunlariga muvofiq ayni shunday 
tartiblilik dastavval mif hamda dinning ilk shakllari ko
‘rinishida vujudga keldi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling