Falsafiy ta


Download 38.36 Kb.
bet7/11
Sana06.05.2023
Hajmi38.36 Kb.
#1435430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3. Falsafiy tafakkur bosqichlari, G\'arb falsafasi

Mo‘tadil o‘rta realizmi. Ma’lumki realliklar borasida Arastu nisbatan mo‘tadil qarashda bo‘lgan. U universaliylar ob’ektiv mavjuddirlar, lekin yakka narsalardan alohida emas, balki ko‘proq ularning o‘zida, ularning ongida mavjuddirlar deydi. Arastu ta’limotining ko‘p tomonlarini qabul qilgan o‘rta asr sxolastlari mo‘tadil realistlar deb atalganlar. Ularning yirik vakillari Abelyar va Foma Akvinskiylar bo‘lganlar.
Abelyar (1079-1142) mo‘tadil realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab hudo aqlida mavjuddir, undan keyin bevosita narsalarning o‘zida mavjuddir va nihoyat odamlarning ongida mavjuddir. Abelyar Angelmga qarama-qarshi o‘laroq “Men e’tiqod qilish uchun bilaman”, deydi. Abelyar haqiqatni topishda tafakkurning xizmatini ta’kidlab, unga hammavaqt bir nufuz sifatida murojaat qiladi.
O‘zining keng qamrovli bilimi yordamida Foma Akvinskiy (1225-1274) o‘sha davr uchun yangi bo‘lgan Arastu naturfalsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat qilgan. Bunda u mo‘tadil realizm pozitsiyasida turgan va sxolastikaning bu sohadagi eng yirik namoyondasi bo‘lgan. Uning fikricha, natural falsafada tafakkur va Arastu mantiqiy ta’limoti yordamida hudo mavjudligi haqidagi hakikatga erishish mumkin. Karomat va inson mosligining o‘lmasligi haqidagi xaqiqatga erishish mumkin. Tafakkurdan tashqari tushunchalar bo‘lgan-xudoning uchlanganligi (troitsa), dunyoning ma’lum vaqtda yaratilganligi, gunohdan poklanish kabi tushunchalarni odam faqat fanda topishi mumkin . Reallik dastlab narsalarda paydo bo‘lguncha va odamlar ongida mavjud bo‘lgan. «Ilohiy summalar» asarida Foma ikki soha-e’tiqod va aqlni yagona xaqiqatga birlashtirishga harakat qilgan. Uningcha, e’tiqod va aql xudodan kelib chiqar ekan, ular orasida jiddiy ziddiyat mavjud emas. Fomaning mu’tadil realizmi cherkovni bir dunyoviy tashkilot sifatida anglashga olib keldi. Bu narsa individ (yakka shaxs) erkini kamaytiradi. Fomaning bilimning ikki yuli, ya’ni natural falsafa va karomat haqidagi ta’limotmi uni ikki xil xaqiqat haqidagi ta’limotga va bilimni ikki tarmoqqa ajratishga olib keldi.
Akvinskiy ta’limoticha, dunyo ierarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi qismida yer va 4 elementdan iborat bo‘lgan hamma moddiy narsalar mavjuddir. Odam ruhiy va moddiy dunyo o‘rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi. Yerdan uzoqlashgan sari u ilohiylashib boradi. Sayyoramiz dunyosining tepasida farishtalar dunyosi mavjuddir. Ular ham o‘z chinlariga qarab uch qismga ajraladi. Butun koinot tuzilishi uch shaxsni birlashtirgan yagona xudo tomonidan boshkarilib turadi. Akvinskiy ta’limoticha, har bir kategoriya asrlardan beri mavjud bo‘lgan, mustahkam, o‘zgarmas o‘rinni egallaydi. Har bir quyi element o‘zidan yuqori elementga bo‘ysungan va uning maksadidir. Bu dunyodagi hamma narsa ilohiy iroda asosida yaratilgan va xudoga karab yunaltirilgan. Hamma narsa ustidan «ilohiy qoida» xukmronlik kiladi. Borliq narvoni har qanday harakatdan va rivojlanishdan mahrumdir. Demak, Akvinskiy ta’limoti feodal davri cherkov tashkilotini eslatadiki, unda o‘z tartiblarini kat’iy belgilaydi, xar bir insonning tutgan urni va vazifasini belgilab beradi. Akvinskiy fizikasi ieratsionalizm g‘oyalarini sxolastikaga moslashtirishdan iborat. Bu dunyo tarixi to‘rt elementning qarama-qarshi bo‘lgan beshinchi kvintessensiyadan tashkil topgan. Undan keyin sanoqsiz turli-tuman sifatiy formalar mavjud. Narsalarning real mohiyati o‘zgarmas, ajralmas substansional tabiatga aylanadi. Ular mustaqil va narsalardan farq qiladi hamda ulardan ajralgan.
Bilish nazariyasida sxolastika knyazi hisoblangan Foma Akvinskiy to‘satdan shunday prinsipni olg‘a suradi. Bizning hamma intellektual bilimimiz o‘z boshlang‘ichini sezgilardan oladi. Jon-toza taxta bo‘lib, Platon ta’limotidagi tug‘ma ideyalar mavjud emas. Bilimning manbai aksioma bo‘lib, u har qanday qabul qilish qabul qilinuvchining obrazi orqali amalga oshishini isbot qiladi. Tashqi predmet bilinishidan avval ruhlantirilishi kerak. Shunday bir bilish formasi zarurki, u predmetning bilish obrazi bo‘ladi.
Foma Akvinskiyning ijtimoiy qarashlari ham juda xarakterli momenilarga ega. Uning ta’limoticha, odam o‘z tabiati jihatidan ijtimoiy mohiyatdir. Bir odamning mehnati uning hayotini ta’minlab bera olmaydi. Shuning uchun mashg‘ulotli kasblarni birlashtirish kerak. Foma Akvinskiy ta’limoticha, jamiyatning eng yetuk formasi sosloviyalarga bo‘lingan shahardir. Shahardan tashqaridagi hayot – baxtsizlikdir, chunki odam o‘z tabiati jihatidan shaharga mos. Yetuk shahar imkoni boricha o‘z-o‘zini idora qila bilishi kerak, garchi u savdogarlar xizmatidan voz kechmasa ham. Bunday ayirboshlash, boshqa xo‘jalik funksiyalari kabi Foma Akvinskiy tomonidan ahloqiy nuqtai-nazardan oqlanadi. Foma Akvinskiy o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida shahar formasiga ega bo‘lgan feodal munosabarlarni o‘rnatishga harakat qiladi. Bu munosabatlarni ahloqiy tushunchalarda ifodalangan ilohiy qoidalar orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Quldorlik davri mutafakkirlaridan farq qilib, Foma Akvinskiy mehnat ozod grajdanlar uchun haqorat emas deb hisoblaydi. Lekin u jismoniy mehnatni qora mehnat deb, aqliy mehnatni oliyjanob mehnat deb, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi.
Foma Akvinskiy ijtimoiy tenglikni butunlay inkor qiladi. U sosloviyani va ierarxiyani o‘zgarmas, abadiy deb hisoblab, u hukmronlik va bo‘ysunishga asoslangan deydi.
Akvinskiy papaning umumjahon oliy hokimiyatining izchil apologenidir. Uning ta’limoticha, papa Isoning dunyo hokimiyatidagi o‘rinbosaridir. Foma Akvinskiyning papaning umumjahon hokimiyatini himoya qilishi, monarxist sifatida maydonga chiqishi, realizm prinsiplari yakkaning ko‘plikdan ustunligi haqidagi ta’limoti bilan bog‘langan.
Akvinskiy papaning umumjahon oliy hokimiyatining izchil apologenidir. Uning ta’limoticha, papa Isoning dunyo hokimiyatidagi o‘rinbosaridir. Foma Akvinskiyning papaning umumjahon hokimiyatini himoya qilishi. Monarxist sifatida maydonga chiqishi, realizm prinsiplari yakkaning ko‘plikdan ustunligi haqidagi ta’limoti bilan bog‘langan.

Download 38.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling