Falsafiy ta


Download 38.36 Kb.
bet6/11
Sana06.05.2023
Hajmi38.36 Kb.
#1435430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3. Falsafiy tafakkur bosqichlari, G\'arb falsafasi

Sxolastika. “Sxolastika” so‘zi yunoncha “shkola” (shola) so‘zidan olingan bo‘lib, “O‘qish joyi”, “maktab” ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‘qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy maktabidagi o‘qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek dinni o‘rganishda falsafani tatbiq qilgan o‘rta asr ilohiyotchi olimlarni ham sxolastlar deb ataganlar. Ular qandaydir yangi bir haqiqatni topishga intilmaganlar, balki mavjud bo‘lgan haqiqatlarni mantiqiy yo‘llar bilan isbotlashga intilganlar. Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo‘lgan intilish deb ham baholash mumkin. O‘sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtai-nazardan tadqiq qilinishi taqozo qilinardi.
Realizm. Platon ta’kidlaydiki, universaliylar yoki g‘oyalar yakka narsalardan alohida mavjuddir. Masalan, uningcha haqiqat, go‘zallik, oliyjanoblik kabi universaliylar ayrim yakka insonlar faoliyati bilan bog‘liq emas Bunday qarash “universaliy yaratilgan narsalardan oldin” mavjuddir degan lotincha iborada ifodalangan. Masalan, oliyjanob tushunchasi xuddi o‘u faoliyatni anglatuvchi haorakatdan oldin, aks-imlo sifatida ob’ektiv mavjuddir.
Uning yirik vakillaridan biri Angelm Kenterberinskiy (1038-1109) dir. Angelmning aql va e’tiqod munosabatlariga qarashi uning “bilim uchun e’tiqod qilaman” degan iborasida ifodalangan.
U “Monolegion” asarida xudo borlig‘ining isbotini, sabab-oqibat munosabatlari tizimida isbot qiladi. Bu isbot – kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: Inson hayotda ko‘p ne’matlardan foydalanadi. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular hamma narsalar mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo‘lmagani sababli, hamma narsaning bir sababchisi bo‘lishi kerakki, biz uni hudo deb ataymiz.
Angelm “Prolegion” asari hudo borlig‘ining deduktiv isbotidir. Uning ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy va komil mohiyat haqida g‘oya mavjuddir. Bu g‘oya esa ob’ektiv mavjudlikka ega bo‘lgan reallikka mos keladi. Chunki agar bunday borliq mavjud bo‘lmaganda edi, narsa komil bo‘lmas edi. Agar hudodan yuqoriroq oliy narsani tasavvur qilish mumkin emas ekan, demak, hudo reallikda mavjuddir. Garchi bu va boshqa mantiqiy isbotlar to‘la holda hudo mavjudligini isbot qila olmasa ham, ular qo‘shimcha qiymatga egadirlar. Chunki ular ongga ega bo‘lgan har qanday odamga shuni anglatadilarki, agar hudoning borligi inkor qilinsa, hech narsani haqiqiy ravishda isbot qilish mumkin emas.

Download 38.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling