Falsafiy ta


Download 38.36 Kb.
bet8/11
Sana06.05.2023
Hajmi38.36 Kb.
#1435430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3. Falsafiy tafakkur bosqichlari, G\'arb falsafasi

Nominalizm. O‘rta asr nominalistlari o‘rta realistlardan ham, mo‘tadil realistlardan ham farq qiladilar. Nominalizmning yirik vakillari Rosselin keyinchalik Vilyam Okkamlar bo‘lganlar. Ularning qarashlari ularning “universaliylar narsalar yaratilgandan keyin mavjuddirlar” degan iboralarida bayon etilgan. Ularning fikricha, umumiy haqiqatlar yoki g‘oyalar ongdan tashqarida ob’ektiv holda mavjud emaslar. Ular umumiy sifatlarning oddiy sub’ektiv g‘oyalaridir. Bu g‘oyalar xususiy narsalarni kuzatish natijasida vujudga kelgandirlar. Universaliylar faqat ismlardir (nomino). Masalan, adolat – bu odamlarning haqiqiy borliqdagi faoliyat bo‘lgan adolatning kuzatshlari natijasida umumlashtirilgan g‘oyadir. Realistlar va mo‘tadil realistlar asosiy e’tiborini guruhga va tashkiliy narsalarga qaratganlarida holda, nominalistlar o‘z e’tiborlarini yakka narsalarga qaratganlar.
Tom ma’nodagi nominalizmni rivojlantirgan Vilyam Okkamdir (1380-1349). Uning fikricha, ilohiyot aqidalari ratsional (aql) yo‘l bilan isbotlanishi mumkin emas. Ular faqat Muqaddas kitob nufuzi tufayligina qabul qilinishi mumkin. Bu qarash e’tiqod va tafakkurni bir-biridan ajratardi, ulurni omuxta qilishni qoralardi. Okkam, shuningdek, universaliylarning ob’ektiv mavjudligini inkor qilgan. Uningcha, universaliylar tafakkur tushunchalari uchun faqat ismdirlar. Bu tushunchalarni odam o‘z ongida yaratgan. Uningcha, alohida odam insonga nisbatan realroq va muhimroqdir. Bu bilan Okkam cherkov obro‘siga putur yetkazgandi.
Rodjer Bekon (1214-1292) ham Okkam mansub bo‘lgan oqim vakillaridandir. U o‘z hayotini ilmiy tajribalarga bag‘ishlagan. Ular yordamida u tajribaviy fanga asos soldi. Bunday metodni esa XVII asrda Frensis Bekon ishlab chiqdi. Haqiqatni topishda tabiatni tajribaviy o‘rganish metodini ko‘llash nominalistlar qarashlariga to‘liq mos kelardi. Nominalistlar va realistlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘rta asr sxolastikasining muhim muammolaridan biri edi. Butun o‘rta asrlarda sxolastikaning bu ikki oqimi o‘rtasida kurash ketgan. Sxolastikaning avjga chiqqan davri – 1150 va 1300 yillarda – Foma Akvinskiyning mo‘tadil realizmi nominalizm ustidan g‘alaba qozondi. Lekin 1300 yildan keyin cherkov ilohiyotchilari tafakkurida nominalizm yuqori mavqeni egallay boshladi. Alohida odam umuman insonga nisbatan realroq deb ta’kidlab, insonga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirdi. Bu e’tibor ko‘p jihatdan Uyg‘onish davri falsafasining vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, haqiqatga erishishning tajribaviy metodining vujudga kelishiga katta xizmat qildi.

Download 38.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling