Falsafiy ta


Download 38.36 Kb.
bet3/11
Sana06.05.2023
Hajmi38.36 Kb.
#1435430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3. Falsafiy tafakkur bosqichlari, G\'arb falsafasi

Aflotun (Platon)ning falsafiy tafakkur taraqqiyotidagi xizmatlari to‘g‘pisida gap ketganda uni, avvalambor, hissiy a’zolarimiz qabul qilayotgan borliqdan tashqari "g‘oyalar dunyosi" yoki "dunyoviy aql" mavjudligini ilgari surgan va uning birlamchiligi, obektivligi (inson sezgi a’zolari va xohish-irodasidan tashqari, unga bog‘liq bo‘lmagan mavjudlik)ni etirof etgan dastlabki ob’ektiv idealizmning asoschisi yoki uning yirik vakili deb tushunishimiz kerak. U birinchi bo‘lib hissiy a’zolarimizga ta’sir qilayotgan narsa va hodisalardan tashqari u va unga nisbatan birlamchi bo‘lgan "g‘oyalar dunyosi" konsepsiyasini yaratish orqali falsafadagi ontologik, gnoseologik, ijtimoiy masalalarning o‘ziga xos yechimini topgan.
Aflotun falsafasini o‘zagini g‘oyalar to‘g‘pisidagi ta’limot tashkil etadi. Aflotungacha ham narsa va hodisalardan tashkil topgan mavjudlikning nisbiy xarakterga ega ekanligi, axloq normalarining o‘zgaruvchan tabiatga egaligi to‘g‘pisida Protagor, Zenon, Geraklit kabi faylasuflar ham aytib o‘tishgan. Aflotungacha bo‘lgan mutafakkirlarda kishining hissiy a’zolari orqali olgan ma’lumotlari aldamchi tasavvurlar uyg‘otishi mumkinligi to‘g‘pisidagi xulosalar bor edi. Aql esa bevosita hissiy a’zolar bilan bog‘langan. Demak, hissiy a’zolar orqali olingan ma’lumotlarga asoslangan aqlning u yoki bu narsa va hodisalar to‘g‘pisidagi chiqargan hukmlari ham har doim to‘g‘pi emas. Dunyodagi hamma narsa va hodisalar o‘sishda, o‘zgarishda. Inson borlig‘iga mansub bo‘lgan qadriyatlar ham nisbiydir.
Hamma narsa o‘tkinchi bo‘lsa, nisbiy dunyoda o‘zgarmas biron bir narsa yoki hodisa bo‘lishi mumkinmi?, degan savol tyg‘iladi. Basharti, bo‘lgan taqdirda ham hissiyotimizning to‘g‘pi ma’lumotlar berishga ojizligi tufayli, uni bila olmaymiz, degan xulosaga kelingan.
Aflotun esa hissiy a’zolarimizda, kishilarning xohish-irodasi va manfaatlariga bog‘liq bo‘lmagan ana shunday o‘zgarmas borliqning abadiy holati mavjud deb chiqdi. Uning fikricha, siz va biz yashab turgan dunyo mavjud bo‘lib, u o‘z navbatida doim o‘sib, o‘zgarib turadi. Ana shu dunyo narsa va hodisalarini bilishda hissiyotlarimiz orqali olgan taassurotlarimiz, tasavvurlarimiz bizni chalg‘itadi. Ular orqali olingan ma’lumot (tasavvur)larga asoslangan aql ham haqiqatni anglashdan ojizBu Lekin narsalar dunyosidan tashqari boshqa dunyo ham bor. Bu dunyo hech kim tomonidan yaratilgan ham emas, uni yo‘q qilib ham bo‘lmaydi. U abadiy bo‘lib, biz yashayotgan dunyodagi narsa va hodisalarning shakllari, surati, tushunchalaridan iborat. O‘sha dunyoni Aflotun g‘oyalar dunyosi deb ataydi. “G‘oyalar dunyosini” hissiy idrok qilib bo‘lmaydi. Uni anglay olish mumkin, xolos.
Aflotun kishining aqli aldamchi hissiyotlarga emas, balki mantiq sinovidan o‘tgan tushuncha va tushunchalar sistemasiga asoslanishi kerak, ya’ni bir tushunchadan mantiq qoidalari bo‘yicha ikkinchisi keltirib chiqarishi kerak. Shu yo‘sinda haqiqatga yetishish mumkin. Haqiqat esa hissiyotsiz, tushunchalarning mazmunini tahlil qilish orqali aql erishgan g‘oyalar dunyosi (yoki mohiyatlar dunyosi) biz yashab turgan dunyoning taqdirini hal qiladi, deb ta’kidlaydi.

Download 38.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling