Falsafiy ta


Download 38.36 Kb.
bet2/11
Sana06.05.2023
Hajmi38.36 Kb.
#1435430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3. Falsafiy tafakkur bosqichlari, G\'arb falsafasi

Demokrit jahon falsafiy tafakkur taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan faylasuflardan biri (er. oldingi 460 yillarda tyg‘ilgan, o‘lgan vaqti ma’lum emas. Lekin u yuz yoshdan oshiq umr ko‘rgan degan ma’lumotlar ham bor). Demokrit o‘zining ustozi Levkipp bilan birgalikda dunyo bo‘linmas bo‘lakchalar (atomlar)dan tashkil topgan, degan g‘oyaga tayanib atoimistik ta’limotga asos solgan. Bu ta’limot keyinchalik tabiatshunoslik fanlarining g‘oyaviy asosi bo‘lib xizmat qildi. Demokrit tomonidan ilgari surilgan atomlar nazariyasi to XX asrning boshlarigacha fan va falsafada isbot talab qilinmaydigan haqiqat (aksioma) sifatida e’tirof etib kelingan. Garchi, har qanday moddiy narsa va hodisalar atomlardan tashkil topishi inkor etib bo‘lmas haqiqat bo‘lsa-da, atom (inkor, tomas – bo‘linish, ya’ni bo‘linishni inkor etish ma’nosini beradi)ning murakkab tarkibga ega ekanligi, ularning ham bo‘linuvchan xossaga egaligi XX asr boshlarida kashf etildi.
Demokrit ta’limoti qadimgi Yunoniston va Rimda o‘zining izchil davomchilarini topdi. Epikur, Lukresiy Tit Kar va boshqalarning asarlari orqali bu ta’limot rivojlantirildi.
Suqrot (eramizdan oldingi 469-399 yillarda yashagan) buyuk yunon faylasufi, insoniyat tarixida o‘z falsafiy g‘oyasi uchun o‘limga tik bora olgan donishmand sifatida nom qoldirgan mashhur tarixiy shaxs. Qadimgi Yunonistonda falsafani sof mantiqiy kombinatsiyalar orqali inkor etib bo‘lmaydigan haqiqat (xulosa)larni keltirib chiqarish san’ati deb hisoblaydigan sofistlarning qarashlari keng tarqala boshlagan edi. Sofistlar uchun falsafa maqsad emas, balki bahs jarayonida ilgari surilgan tezisni asoslash uchun zarur bo‘lgan vositadir. Lekin ular ham mantiqiy yo‘llar bilan muhim falsafiy haqiqatlarni kashf eta olgan edi. Masalan, sofist faylasuf Protagorning yaxshilik va yomonlikning nisbiy ekanligi, haqiqatni bilish mumkin emasligi to‘g‘pisidagi yoki Kallikl Frazimoxga mansub deb hisoblangan "adolat - bu qudratli shaxs uchun foydali bo‘lgan narsalar" va boshqa shu kabi fikrlar falsafaning jamiyat va inson hayotidagi amaliy o‘rni masalasini qo‘yishga olib kelar edi.
Suqrot bunday qarashlarga qarama-qarshi o‘laroq falsafaning markaziga muayyan manfaatga ega bo‘lgan, axloqiy normalarning sub’ektiga aylangan insonni qo‘yadi. Falsafada insonning o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishi ham shundan boshlangan. Uning "O‘z-o‘zingni angla" shiori, insonni axloqiy mezonlar va ijtimoiy munosabatlarning mahsuli sifatida bilib olishga bo‘lgan intilishi faylasuf faoliyatining asosiy yo‘nalishini belgilaydi. Bilish - insonning bosh maqsadi qobiliyat darajasini belgilab beruvchi mezon bo‘lib, bu yo‘l muqarrar tarzda umum ahamiyatga molik bo‘lgan ob’ektiv haqiqat deb hisoblangan bilimlarni egallashga olib keladi. Bunday bilimlar sirasiga ezgylik, go‘zallik, insoniy baxt va boshqa shu kabi umuminsoniy ahamiyat kasb etuvchi tyshynchalar, tasavvurlar kiradi. Suqrot falsafaning bosh maqsadi va jamiyatdagi bajaradigan vazifasi deb shuni tushundi. U falsafaning jamiyat va inson hayotidagi amaliy ahamiyati ko‘rsatdi.

Download 38.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling