Falsafiy ta


O‘rta asr G‘arbiy Yevropa falsafasi


Download 38.36 Kb.
bet5/11
Sana06.05.2023
Hajmi38.36 Kb.
#1435430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3. Falsafiy tafakkur bosqichlari, G\'arb falsafasi

O‘rta asr G‘arbiy Yevropa falsafasi. Ilk o‘rta asrlarda xristianlik dini qaror topishi v uning aqidalarining ishlab chiqilishi bilan rasmiy hukmron mafkuraga aylanadi. Natijada ijtimoiy ongning barcha shakllari ustidan o‘z nazoratini o‘rnatadi. Shu bilan birga falsafa ilohiyotning o‘zaro munosabati o‘sha davr ijtimoiy tafakkurining muhim masalalaridan biriga aylanadi. Shu bois e’tiqod va mafkuraning o‘zaro munosabati masalasi bosh mavzuga aylandi.
O‘rta asrlar falsafasi va ilohiyotning uzviy aloqasining eng muhim jihati haqida ta’kidlash lozimki, ilohiyot falsafani o‘ziga singdirib yuborishga, o‘z xizmatkoriga aylantirishga harakat qilgan va ma’lum darajada bunga erishgan ham. Ammo xristian dini mafkurasining falsafa ustidan nazorati uni o‘z xizmatkoriga aylantirishga intilishi xristianlikning shakllanishi va rasmiy mafkuraga aylanishining turli bosqichlarida turlicha darajada bo‘lgan. Bu bosqichlar esa, uch davrga – apologetika, patristika v sxolastika davrlariga bo‘linrgan.
Apologetika. Xristianlik tarixida II va III asrlarda alogetika yoki apologetlar asarlarining vujudga kelishi yuz beradi. Apologetika so‘zining lug‘aviy ma’nosi himoya qilish demakdir. Apologetlar hukumatning xristianlikka bo‘lgan dushmanligini bartaraf qilishga uringanlar. Ular Rim davlatining hukmronlariga xristanlikning ta’qib qilinishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashgna harakat qilganlar. Ular o‘z asarlarida mushriklik (yazo‘chestvo) adabiyotlardan olgan bahslashish (dialog) shaklidan, yoki apologetikaning mumtoz shaklidan foydalanganlar. Apologetlar asarlarida ikki an’ana yaqqol sezilib turadi. Ya’ni – inkor qilish va tasdiqlash. Ular eng avval mushriklar tomonidan xristianlikka qo‘yilgan ayblar – g‘ayriodatiy harakatlar, dabdababozlik, kannibalizm kabilarni inkor qilganlar. Xristianlikning sofligini esa tasdiqlaganlar. Ular yahudiylikni mushriklik dinini, hoklarga sajda qilishni gunohkorlikda ayblaganlar.
Patristika. “Patristik” so‘zi “ota” (“padre”) so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda G‘arbda yepiskoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Nikey shahrida bo‘lib o‘tgan sobor (xristian ruhoniylarining yig‘ilishi)gacha asar yozgan cherkov otalari, Nikeygacha cherkov otalari deb ataladi. Nikey (325) va Xalkidan (451) shaharlarida bo‘lib o‘tgan sobor oralig‘ida yozilgan cherkov otalarining bir necha muhim asarlari bo‘lgan.
G‘arbda eng yirik cherkov otalaridan biri “Pok” degan unvonga sazovor bo‘lgan Avreliy Avgustindir (354-430). U faylasuf va ilohiyotchi bo‘lgan. U 100 ga yaqin kitob, 500 ta da’vat va 200 ga yaqin nomalar yozgan. Uning o‘sha davrdagi eng mashhur asarlaridan biri “Sig‘inish” (“Ispoved”). 401 yilda yozilgan bu asarda u o‘zining xristianlikni qabul qilgungacha bo‘lgan hayotini yozadi. Muqaddas kitob (Bibliya) oyatlari ramziy-timsoliy bayon qilinadi. U ayniqsa o‘zining dastlabki mushriklik falsafasiga bo‘lgan qiziqishini qoralaydi. Uningcha, bu falsafa insonni xristian dinichalik hech mahal haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin bahs shaklida (dialog) falsafiy asarlar yozgan. “Akademiklarga qarshi” degan asarida ta’kidlaydiki, inson falsafiy tadqiqot yordamida faqat ehtimol bo‘lgan haqiqatni anglaydi, karomat orqali esa aniq haqiqatni anglaydi. Avgustinning dinni himoyalovchi ruhdagi eng mashhur asari “Ilohiy mulk-shahar”dir. Avgustin inson irqining birligini targ‘ib qiladi. Bundan tashqari u, “... yuksalish eng avvalo ahloqiy va ma’naviy hayotga xosdtr, u zulmga qarshi kurashning natijasida vujudga keladi. Bu kurashda xudo marhamati odamlar toionida bo‘ladi” deydi. Avgustini fikricha, tarixning maqsadi va yakuni undan tashqaridadir, abadiy xudoning mulkidadir.

Download 38.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling