Fanining maqsad va vazifalari haqida ma’lumot bering. Fanning maqsad va vazifalari


Download 87.06 Kb.
bet10/10
Sana19.06.2023
Hajmi87.06 Kb.
#1626222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Terminologiya

noma affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing.Forscha-tojikcha so‘z-affiksli ushbu model asosan hujjat, yozuv, xat,
hujjat nomi namunasi m a’nosini anglatadigan terminlami yasaydi(URSl1988;723): bayonnoma, vasiyatnoma, guvohnoma, ahdnoma, shartnoma,ma'lumotnoma, axborotnoma, shahodatnoma, sulhnoma, pandnoma, aybiioma, dalolatnoma va sh.k.
44.“O‘zbek leksikografiyasi va terminologiyasi” fanining maqsad va vazifalari haqida ma’lumot bering.Fanning maqsad va vazifalari. “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonda ta’kidlanganidek: “Eng avvalo, ona tilimizning qo‘llanish doirasini kengaytirish, uning tarixiy ildizlarini chuqur o‘rganish va ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish bugungi kunda o‘ta dolzarb masalaga aylanmoqda. Bu haqda gapirganda, birinchi navbatda, fundamental fanlar, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish va shu kabi o‘ta muhim tarmoqlarda o‘zbek tili o‘zining haqiqiy o‘rnini egallashiga erishish, shu maqsadda zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy lug‘atlar yaratish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish oldimizda muhim vazifa bo‘lib turganini qayd etish lozim”. Mazkur vazifalardan kelib chiqqan holda fanni o‘qitishning maqsadi terminologiya sohasining predmeti, obyekti va vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, o‘zbek terminologiyasining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari, qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek adabiy tili, hozirgi o‘zbek adabiy tili va mustaqillik davri o‘zbek tili terminologiyasining shakllanish va rivojlanishiga to‘rtki bo‘lgan ijtimoiy shart-sharoit va omillar, terminlar sistemasining taraqqiy etishida o‘zbek tili qatori boshqa tillarning salmoqli o‘rni, terminlarning yasalish qoliplari, terminologik izlanishlar, istiqlol yillari o‘zbek terminologiyasida yuz bergan jarayonlar haqida ma’lumot berishdan iborat.
45.O‘zbek elektron,internet,vikipediya lug‘atlarini yaratish masalalari..Istiqlol davri o‘zbek leksikografiyasi nafaqat an’anaviy, balki zamonaviy lug‘at tuzish prinsiplarini ham o‘zlashtirdi. Globallashuv hamda internet davrida har qanday axborotni sanoqli soniya yoki daqiqalarda qo‘lga kiritish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki,o‘zbek lug‘atshunosligi o‘tgan vaqtlar davomida kitobxonlar ommasi , mutaxassislar uchun mo‘ljallangan turfa tipdagi lug‘atlarni nashr qilish borasida sezilarli yutuqlarga erishdi. Ayni paytda lug‘atlar yaratish borasidagi ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, rivojlangan davlatlarda har qanday asarni hox u ommaviy hox ilmiy bo‘lishidan qat’iy nazar ularga oid elektron lug‘atlar tuzish, internet lug‘atlari yaratish jadallik bilan taraqqiy etmoqda. Ko‘plab kutubxona fondlarida saqlanayotgan turli asarlar qatori ilgari nashr qilingan lug‘atlarning ham elektron nus’halarini yaratish bugungi kun tartibidan o‘rin olgan. Shunga o‘xshash ishlar o‘zbek lug‘atshunosligida ham asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da kutubxonalardan o‘rin olmoqda. Chunonchi, “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”, “Bolalar ensiklopediyasi”, “Toshkent ensiklopediyasi” , “Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining imlo lug‘ati” va qator tarjima lug‘atlar, terminologik lug‘atlar va h.k.larning elektron shakllari nafaqat mutaxassislar, balki keng kitobxonlar ommasi hukmiga havola qilingan. Ayni paytda jahon leksikografiyasi tajribasidan o‘rin olgan vikipediya lug‘atlarini yaratish bo‘yicha respublikada dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda. Mazkur lug‘atlar, o‘zining tezkorligi, universalligi va ommabopligi nuqtai nazaridan boshqa lug‘atlardan farqlanib, kitobxonning vaqtini tejashi, so‘ralgan ma’lumotni qisqa va lo‘nda ifodalashi bilan ahamiyatga molikdir.

46.O‘zbek leksikografiyasida izohli lug‘atlar tuzish tajribasi.Tilshunoslikning lugar uzish masalalarni ilmiy tadqiq qiluvchi va lug'at tuzish bilan shug'ullanuvchi sohasi leksikografiya (gr.lexikos-co'z, so'zga oid va grapho-yozaman) yoki lug'atchilik deyiladi. Maqsad va vazifalariga ko'ra leksikografiya ikkiga bo'linadi: a)ilmly leksikografiya lug'atchilikning nazariy masalalari bilan b) amally leksikografiya bevosita lug'at tuzish ishlari bilan mashg'ul bo'ladi. Leksikografiya muhim ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Bular quyidagilarda ko'zga tashlanadi:


shug'ullansa; ona tilini va boshqa tillami o'rgatishga xizmat qiladi 2) ona tilini tasvirlash va me'yorlashtirish vazifasini o'taydi; 3) tillararo munosabatlami ta'minlaydi; til leksikasini ilmiy tekshiradi va falqin qiladi: Lug'atlar, avvalo, maqsadi va mo'ljaliga ko'ra ikkiga boʻlinadi:
umumiy lug'atlar; maxsus lug'atlar. Umumly lug'atlar keng o'quvchilar ommasiga, maxsus lug'atlar esa tor doiradagi kishilar-alohida soha mutaxassislariga mo'ljallangan bo'ladi. Har ikkala tur lug'atlar ham o'z o'mida yana ikkiga bo'linadi: entsiklopedik lug'atlar filologik lug'atlar. Demak, lug'atlarni umumly entsiklopedik lug'atlar va maxsus entseklopedik lug'atlar, umumiy filologik lug'alar va maxsus filologik lug'atlarga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiq va o'ng'aydir.Umumiy entsiklopedik lug'atlar (UEL), Ma'lumki, UEL alfavit tartibida bo'lib, ularda so'alar balki sho so'zlardan anglashilgan tushunchalar uchun asos bo'lgan narsalar, tarixiy voqealar, tabiiy va ijtimoiy hodisalar, shaxslar, geografik nomlar haqida ma'lumot beriladi va lug'at maqolalari lug'atdagi tavsif Ing'at maqolasi deyiladi lug'at yozilgan tilni nishanuvchi keng o'quvchilar omnasiga mo'tailangpanl'Motalt \O'zh O'zbekiston milliy ent seklopediyasi ana shunday lug'atlardan biridir. Unda shunday deyiladi: O'zME (O'zbekiston Milliy entseklopediyasi) universal ontseklopediya bo'lganligi uchun fan-texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid ma'lumotlar muxtasar tarzda ifodalanib, u Insoniyat sivilizatsiyasining muhim yutuqlari haqidagi bilimlar majmuidan iboratdir. Prezident L.Karimov O'zME ga yozgan so'zboshisida u haqda <shuningdek, tilshunoslik bilan yaqin bo'lgan sohalar-psixologlar. mantiqshunoslar, filosoflar, etnograf va adabiyotshunoslarga mo'ljallangan Quyida «Lingvisticheskiy entsiklopedichesky slovar-dan namuna keltiramiz (Bunday lug'at o'zbek tilida yaratilmagani uchun olingan maqolaning tarjimasini berania).

47.O‘zbek terminologiyasi va leksikografiyasi shakllanishining uch bosqichi.O‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan terminologik leksika tarixini qadimgi turkiy til (IV-X) terminologiyasi, eski turkiy til (X1-X1V) terminologiyasi, eski o‘zbek adabiy tili (XV-XX asr boshi) terminlogiyasi, sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi va istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi tarzida davrlashtirish salkam o‘n to‘rt asrlik vaqt mobaynida terminlogik leksika tizimida ekstralingvistik va intralingvistik omillar negizida sodir bo‘lgan jarayonlarni anglab yetish imkonini beradi. Hozirgi qardosh turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili leksik xazinasida muayyan darajada qo‘llanishda davom etayotgan yoki bugun iste’moldan butunlay chiqib ketgan qadimgi turkiy tilga taalluqli leksik birliklar tarkibida terminologik leksika ham sezilarli o‘rinni egallaganligi bilan xarakterlidir. Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha terminologiyasi asosan sof turkiycha tub hamda yasamalardan hamda buddizm va moniyzm ta’sirida so‘g‘d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalardan tashkil topgan edi

48.Istiqlol davri o‘zbek lug‘atshunosligi erishgan Bir qancha davrlarni bosib o'tgan o'zbek lug'atchiligi mustaqillik davriga kelib, o'zining yuksak cho'qqisiga erishdi, desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Lug at tuzuvchi mutaxassislar - leksikograflar tomonidan qator lug atlar ishlab chiqildi, bundan tashqari, lug'at tuzish tamoyillari, lug'at tuzish metodikasi, leksikografik ishlarning ham ma'lum tartibga solinishi ham lug'atshunosligimizning ulkan yutuqlaridan hisoblanadi. Xususan, lug'atshunoslik nazariyasiga ko`ra, lug'atlarning ikki yirik guruhlarga bo'linishi - ensiklopedik(qomusiy) va filologik - barchamizga birdek ma'lum. Ushbu ikki lug'at bir-biridan maʼlum jihatlariga ko'ra farqlanadi, qomusiy lug atda so'zga ta'rif berilsa, filologik lug'atda so'zning ma'nosiga urg'u beriladi. Mustaqillik yillarida yaratilgan qomusiy lug'atlarga "O'zbekiston qomusi". "Adabiyot qomusi", "Pedagogik qomus", "Texnik qomus" va shu kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Endi filologik lug'atlar tasnifiga to'xtalsak. Filologik lug'atlar bugungi kun tilshunos va adabiyotshunoslari uchun suv va havodek zarur o'quv kulliyasidir, sababi, har bir filolog o'qish jarayonida lug'atdan foydalanishga muhtoj. Mustaqillik davrida yaratilgan filologik lug'atlar doirasiga to'xtaladigan bo'lsak, ular o'zining ma'lum mavzuni qamrab olishi hamda yildan yilga yangilanib borishi bilan ham ahamiyatlidir. Filologik lug'atlar alifbo asosida tartiblanadi hamda izoh talab qilayotgan so'z sarlavha kabi keltiriladi. Filologik lug'atlar mavzuiy ko'lamiga ko'ra, asosan, ikki turga bo'linadi, ya'ni umumiy va maxsus filologik lug'atlar. Umumiy filologik lug atlar so zlovchilar tomonidan qo'llaniladigan hamma so'zlarning izohini keltirishi bilan maxsus filologik lug atlardan tubdan farq qiladi. Umumiy filologik lug'atlar necha tilni yoritish ko lamiga ko ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:yozishimizga, savodimizning yanada yuksalishiga yordam beruvchi lug'at turi hisoblanadi. Bu lug'atda so'zlar alifbo tartibida berilgan bo'lib, bundan tashqari, qabul qilingan "O'zbek tilining imlo qoidalari" ham qo'shimcha sifatida ilova qilingan. Ushbu lug'atning kitob holidagi hamda elektron ko'rinishlari mavjud bo`lib, fikrimizcha, elektron, ya'ni dastur ko`rinishida yaratilgani birmuncha xatolarga bor, ayrim so'zlar imlosida xatoliklar yuzaga kelgan, shu sababli ham bunday lug'atlardan foydalaganda kitob shaklidagisiga murojaat qilgan ma'qulroq sanaladi.Istiqlol yillarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida lug'atshunoslik sohasida ham sezilarli o`zgarishlar yuzaga keldi, xususan, ushbu davrda asosiy e'tibor nutq samaradorligiga qaratildi, desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi hamda buning oqibati o laroq, tilshunoslikda yangi sohalar - til va jamiyat uyg'unligiga asoslanuvchi sotsiolingvistika, tilshunoslikka psixologik nuqtayi nazardan yondashadigan psixolingvistika, turfa xalqlar lingvomadaniy konseptiga asoslanuvchi lingvokulturologiya va shu kabi so`z mohiyatiga aloqador hodisalar bilan shug'ullanuvchi tilshunoslik fanlari yuzaga keldi.

49.Terminlar hosil qilishda -chil affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing..-chil affiksli so‘z yasovchi model-chan qo‘shimchasining fonetik turi bo‘lmish kammahsul -chil affiksli so‘z yasovchi model biron narsaga bo‘lgan “moyillik, berilganlik” ma’nosini anglatuvchi chegaralangan miqdordagi terminlami yasashda qatnashadi: dardchil, izchil, xalqchil, epchil va sh.k.

50.Soha terminologiyasining o‘zbek tili lug‘at fondidagi o‘rni haqida ma’lumot bering.Har qanday tilning so‘z boyligi u tarixiy yoki zamonaviy tusda bo‘lmasin, insonlar tomonidan tuziladigan rang-barang lug‘atlarda ma’lum darajada aksini topadi. Lug‘at til so‘z boyligini o‘zida saqlovchi akkumulator vazifasini bajaradi. Bugun muayyan tilshunoslikning qay darajada rivojlangani, takomil topgani ayni tilda yaratilgan lug‘atlarning turi, miqdori va sifati bilan o‘lchanmoqda. O‘zbek lug‘atchiligi tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Hozirga qadar yetib kelgan lug‘atlar ichida 1074-1075 yili atoqli lug‘atnavis Mahmud Koshg‘ariy tomonidan tuzilgan “Turkiy so‘zlar devoni”, ya’ni “Devonu lug‘otit turk” ulkan ahamiyatga egaligi bilan xarakterlanadi. Zotan, arab millati vakillari uchun juda katta hududda istiqomat qiluvchi turkiy xalqlar til xususiyatlari, chunonchi, alifbosi, tovush qurilishi, lug‘at boyligi, so‘z turkumlari va gap qurilishi haqida ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan mazkur asarning ilmiy ahamiyati shu kunga qadar dunyo olimlari qalamiga mansub 1800 atrofidagi ilmiy izlanishlarda e’tirof etilgan. Arab lug‘atchiligi an’analari va qoidalari asosida tuzilgan bu lug‘atdan taxminan sakkiz minga yaqin so‘zlar, birikmalar, iboralar, maqol va matallar, xalq og‘zagi ijodi namunalari joy olgan. “Devonu lug‘otit turk”, garchi, lug‘at deb nomlansa-da, biroq unda qoraxoniylar davri eski turkiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari yaxshi tahlil qilingan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Devon”dan o‘rin olgan leksik birliklar qatori, qoraxoniylar saltanatining ijtimoiy-siyosiy, sotsial- iqtisodiy, harbiy, maishiy turmush tarzida mavjud tushunchalarni ifodalovchi istilohlar son jihatdan salmoqli hisoblanadi.

51.Antonim so‘zlar lug‘ati va sinonim so‘zlar lug‘ati.Antonimlar (anti ... va yun. onoma – ism, nom) – zid ma’noli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik antonimlar (baland – past, uzun – qisqa); 2) affiks antonimlar(suvli – suvsiz); 3) sintaktik antonimlar ( yuz – bashara).

Antonimlar (zid ma’noli soʻzlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani boʻlib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan soʻzlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli soʻzlar antonim deyiladi. Antonimik juft hosil boʻlishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan oʻzaro qarama qarshi boʻlishi kerak. Fe’llardagi boʻlishli-boʻlishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qoʻllanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tun-u kun (har doim). Koʻp ma’noli soʻz oʻzining har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim soʻzlarga sinonim boʻlishi mumkin: xafa soʻzi bir oʻrinda xursand soʻziga antonim boʻladi. Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam.

“O’zbek tili antonimlarining izohli lug’ati” hozirgi oʻzbek tilidagi antonimlarning dastlabki lug'ati bo‘lib, unda 495 antonimik gruppaga birlashuvchi 1800 ga yaqin antonimik juftlik tasvirlangan. Antonimik munosabat leksik maʼnolar ora belgilanib, antonimlarning maʼnosi taʼriflangan va misollar keltirilgan. Ayni vaqtda har bir antonim ostida, agar mavjud boʻlsa, sinonimi ham keltirilgan. Lugʻatning kirish qismida antonimlarning tabiati, turlari va oʻxshash til hodisalaridan farqlari haqida qisqacha maʼlumot berilgan. Antonimlarni belgilashdagi asosiy oʻlchov - leksik maʼno, yaʼni soʻzlarning zid maʼnolarni bildirishi. Shu bilan birga, soʻzlarning antonim ekanini belgilashda mantiqiy markaz prinsipidan ham oʻrinli foydalanish lozim. Antonimik qutblarning oʻrtasi deb faraz qilingan nuqta yoki ikki antonim so‘z bildirgan tushunchalar oʻrtasidagi oraliq tushuncha mantiqiy markaz deyiladi (Mantiqiy markazni shartli ravishda M harfi bilan belgilash mumkin). Masalan, bahoni anglatuvchi yaxshi (4) va yomon (2) soʻzlariga nisbatan qoniqarli (3) soʻzi, kecha va kunduz soʻzlariga nisbatan tong va shom soʻzlari, balandlik va pastlik soʻzlariga nisbatan tekislik soʻzi mantiqiy markaz hisoblanadi.

Sinonimlar (qadimgi yunoncha — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv,) uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror kabi soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi. “O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati” ugʻat hozirgi oʻzbek adabiy tili uchun xarakterli boʻlgan sinonimik qatorlarni oʻz ichiga olgan. Unga faqat leksik sinonimlargina kiritilgan. Faqat mustaqil soʻzlar emas, balki yordamchi soʻzlar ham sinonim boʻla oladi. Lugʻatga bunday sinonimik qatorlardan ham kiritilgan. Bir oʻzakdan sinonim affikslar yordamida yasalgan qandaydir. allaqanday; rahmsiz, berahm kabi soʻzlar oʻzaro, shuningdek, bir so‘zning turli fonetik variantlari (goho, goyida, goda kabi) lug'atda mustaqil sinonimik qator sifatida keltirilmadi. Lekin bunday soʻzlar boshqa soʻzlar bilan sinonim boʻlgan taqdirda, shu sinonimik qatorda ularning fonetik variantlari va sinonim affikslar yordamida yasalgan soʻzlar ham keltirildi. Masalan, goho so‘zi baʼzan, unda-bunda, ora-sira kabi soʻzlar bilan sinonim boʻlgani uchun shu sinonimik qatorda uning gohida, goyida, goda variantlari ham keltiriladi.

Lugʻat sinonimik qatordagi bosh soʻzning alifbosiga koʻra alifbo tartibida tuzilgan. Bir suz birdan ortiq sinonimik qatorda bosh soʻz boʻladigan boʻlsa, bu holat rim raqamlari bilan koʻrsatildi. Masalan: AYTMOQ І, BAYON QILMOQ, IZHOR QILMOQ, BILDIRMOQ. “Fikr, maqsadni (biror gap-soʻzni) og‘zaki ifoda etmoq". AYTMOQ II, TAKLIF QILMOQ, CHAQIRMOQ, CHORLAMOQ. “Kelish, ishtirok etish, tashrif buyurishni iltimos qilib murojaat etmoq”. AYTMOQ III, OLMOQ. “Ijro etmoq” (ashula, qoʻshiq haqida).

52.Terminlar hosil qilishda –la affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing.hsuldor model quyidagi ma’no-mazmunli fe’l - terminlami yasashda xizmat qiladi:a) jarayon, ish-harakat, natijani ifodalaydi: hisob-la-, yiring-la-,shamol -la-, sud-la-, em-la-, o'g'ir-la - (o‘g‘ri),payvand-la-, dalil-la-, litsenziya-la- va sh.k.;b) boshlang‘ich asosdan anglashilgan narsa-predmet, buyum bilan birga qilinadigan harakatni bildiradi: beton-la-, asfalt-la-, tormoz-la-,shtamp-la-, egov-la-, shifr-la-, press-la-, kumush-la-, bomba-la-, urug'-la-, kavshar-la-, parma-la- va sh.k.;v) kimnidir yoxud nimanidir boshlang‘ich asosdan anglashilgan narsa-predmet, buyum, modda ta’siriga yo‘liqtirish, duchor qilishni bildiradi: о ‘q-la-, moy-la-, lok-la-, sement-la-, sirka-la-, tuz-la-,yod-la-, sir-la-у a sh.k.;g) dastlabki asosga xos belgi-xususiyat, sifat, fazilat, xossa, shakl, tuzilishga ega bo‘lmoq ma’nosini anglatadi: yax-la-, qurt-la-, muz-la-,

sho'ra-la-, gul-la- va sh.k.;d) boshlang‘ich asosga oid bo‘lgan xususiyat, xossa, fazilat, ko‘rinish, tuzilish, shakl haqida kimgadir yoxud nimagadir xabar berish ma’nosini ifodalaydi: ayb-la-, saf-la-, dud-la-, chegara-la-, jazo-la-, ко ‘l-la-, kurtak-la- va sh.

53.O'zbek lug'atchiligining shakllanish bosqichlari haqida ma’lumot bering.Lug'atchilik tarixi ya'ni, dunyo lug'atchiligi tarixi qadim mingyilliklarga borib taqaladi. Jumladan, o'zbek lug'atchiligi tarixi ham bir necha ming yillar avval shakllana boshlagan. O'zbek lug'atchiligi shakllanishining ilk bosqichlari XI asrda buyuk bobokalonimiz Mahmud Koshg'ariyning “Devonu lug'ati-t-turk” asari bilan boshlanadi.Mahmud Koshg'ariy “Devonu lug'ati-t-turk” asarini yaratib o'zbek lug'atchiligining shakllanishiga ilk tamal toshini qo'ygan desak mubolag'a bo'lmaydi. “Devonu lug'ati-t-turk” asari turkiy tilshunoslikning bizga ma'lum bo'lgan ilk yirik, shuning bilan birga, tengi yo'q ulug' yodgorligidir. O'z zamonida asar arablarga, qolaversa, arab tili orqali Sharq-u G'arb xalqlariga qadimgi turklarning tili, madaniyati, urf-odatlari va tarixi to'g'risida to'liq ma'lumot beruvchi qomusiy kitob sifatida yaratilgan. Asar arabchada “Divanu lug'ati-t-turki” deb atalgan. Ushbu atamada: divan-“devon” bu o'rinda so'zlarning muayyan izchillikdagi to'plami; lug'at- “so'zlar” degani; uning izohlovchisi bo'lmish turki -”turk ma'nosida bo'lib, o'sha zamondagi turkiy tilni bildiradi. “Divanu lug'ati-t-turki”ning so'zma-so'z tarjimasi “Turk so'zlari devoni” bo'ladi. “Devonu lug'ati-t-turk” asari ikki qismdan iborat bo'lib, u muqaddima va lug'at qismlaridan tuzilgan. Muqaddimada asarning yaratilish sababi, o'sha davrda turklar ishlatgan yozuv ,ot yasalishi, otlar va fe'llardagi orttirmalar, lug'atning tuzilish usullari, turkiy xalqlarning bayoni, joylashuv o'rni, turkiy tilning xususiyatlari, laxchalardagi farqlar to'g'risida so'z yuritilgan.

54Sangloh” lug‘ati. Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha yozilgan lug‘atlarning eng kattasi «Sangloh»dir. Muallifi turkiy xalqlarning afshar urug‘idan chiqqan astrobodlik Mirza Mahdixon. U Eron shohi Nodirshohning kotibi edi. Lug‘at tuzishdan maqsadi shoir asarlarida uchraydigan qiyin so‘zlar ma’nosini forsiyzabon xalqlarga ochib berish edi. Shuning uchun u lug‘atni «Sangloh», ya’ni toshli yer, toshloq deb atadi. Lug‘at 1759 - 60 yillarda yozib tugallangan. Hozircha lug‘atning uch nusxasi aniqlangan, ular Angliya qo‘lyozma xazinalarida saqlanadi. 1960 yili mashhur ingliz olimi Djerard Kloson ushbu lug‘atni turli ko‘rsatkich, sharh va izohlar bilan Londonda nashr qildi. Lug‘atshunos so‘z ma’nolarini ochish uchun asosan Alisher Navoiyning poetik asarlariga murojaat qiladi. Ayrim paytlarda qo‘shimcha ravishda Bobur, Husayn Boyqaro, Lutfiy kabi shoirlar ijodidan ham misollar keltiriladi. Ushbu lug‘atning boshqa mumtoz lug‘atlardan farqi shuki, «Sangloh»da birinchi marta nasriy asarlardan ham misollar keltirildi.

Lug‘atda Alisher Navoiy asarlarida uchrovchi juda ko‘p nodir so‘zlar ma’nosi ochib berilgan. Bunday so‘zlar boshqa lug‘atlarda uchramaydi. Shulardan biri qadam tashlash, yurish ma’nosidagi mangish so‘zidir. Bu so‘z ma’nosi Mahdixon tarafidan quyidagicha izohlanadi: mangish – nun ustida sukun, forsiy «k» (ya’ni «g») kasrali, ma’nosi xirom va raftor qadam tashlamoq, chunonchi, «Layli va Majnun»da uchraydi: Bir - bir mangishda yuz latofat,

Yo‘q yo‘qki sochib jahonga ofat. Mahdixon lug‘atning fonetik tuzilishini bayon qilish chog‘ida XVIII asr Astrobod o‘zbeklarining tili haqida noyob ma’lumotlar qoldirgan. Lug‘at ma’lumotlari bu davr tilida 9 ta unli (ulardan 6 tasi fonologik ahamiyatga ega), 28 ta undosh tovush bo‘lganligi haqida gapiradi. Muallif so‘z ma’nolarini izohlar ekan, ularning ko‘chma ma’nolarini alohida qayd qilib o‘tadi. Chunonchi, etak so‘zini izohlar ekan, uning asosiy ma’nosi forscha doman ekanligini ko‘rsatadi, shu bilan uning majozan tog‘ etagi ma’nosini anglatishini quyidagicha yozadi: etak - (forscha) ma’nosi doman, arabcha zayl, majozan tog‘ning etagi. "Sangloh" lug‘atida mo‘g‘ul, fors, arab va boshqa tillardan o‘zlashgan 970 ga yaqin leksik birliklar mavjud. "Sangloh" lug‘atida muallifning o‘zi tomonidan mo‘g‘ulcha deb belgilangan so‘zlar yuztadan oshadi. Lug‘atda fe’llar boshqa so‘z turkumlariga nisbatan ko‘prok sarlavg‘a so‘zga chiqarilgan. Navoiy asarlariga tuzilgan lug‘atlar ichida "Badoiy al-lug‘at" va "Sangloh" lug‘at tuzish tamoyilining ancha mukammalligi bilan ajralib turadi. Rus tilshunosligida XX asrning ikkinchi yarmida A.Tixonov tomonidan ishlab chikilgan so‘zlarni uyalarga birlashtirish asosida lug‘at tuzish tamoyillari o‘zbek leksikograflari tomonidan XV asrdayoq ishlangan va bu tamoyillar asosida lug‘atlar tuzilgan. Yuqoridagilardan tashqari Navoiy asarlariga tuzilgan o‘nlab lug‘atlar bor. Ular jumlasiga «Kitobi lug‘ati atrokiya», «Farhangi Hazrati Alisher mullaqab ba al Navoiy» kabi lug‘atlar ham kiradi (Umarov E.A. Eski o‘zbek lug‘atlari. Toshkent, 1992). Alisher Navoiy va boshqa mumtoz shoirlarning asarlarini o‘qish uchun maxsus lug‘at zarur, chunki eski o‘zbek tili hozirgi o‘zbek adabiy tilidan lug‘at tarkibi jihatidan ham, grammatik qurilishi jihatidan ham sezilarli farq qiladi. Bunday lug‘atlar tuzilgan va nashr etilgan ham. Masalan, P. Shamsiyev va S. Ibrohimovlarning "Navoiy asarlari lug‘ati" (Toshkent, 1972). Bu lug‘at birinchi marta 1953 yilda "O‘zbek klassik adabiyoti asarlarini o‘qish uchun qisqacha lug‘at" nomi bilan nashr etilgan edi. 1983-85 yillarda esa prof. E.I.Fozilov rahbarligida 4 jildli Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati nashr etilgan.

55.Terminlar hosil qilishda –simon affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing.Mazkur model hozirgi o ‘zbek tili zoologiya hamda biologiya terminlari tizimida o‘xshashlik, bir xillik m a’nosini ifodalovchi nisbatan salmoqli miqdordagi leksemalami hosil qilishda o ‘z ifodasini topgan. -simon affiksli sifat-terminlar ma’no jihatidan rus tilidagi ikkinchi komponenti “..podobniy”, “ ...obrazniy”, “vidniy” elementlaridan tashkil topgan qo‘shma sifatlarga muvofiq kelib, boshqa terminologik tizmlarda ham faol ishlatilishi bilan ajralib turadi: ivasasimon (kit), tumshuqsimon, zanjirsimon (biol.), odamsimon, qisqichbaqasimon, kitsimon, krotsimon (ko‘rsichqonlar), о 'rgimchaksimon, maymunsimon, tatinsimon (masalan, burunduqlar, olasichqonlar), mushuksimon, itsimon, bug'usimon. Ba’zan tibbiyot, kimyo va anatomiyaga doir tushunchalami ifodalashda qatnashadi: bargsimon (tib. barg), gazsimon, qalqonsimon ( anat. bez), ipsimon, kipriksimon vBiologiyada nashtarsimon (barg, yaproq), ко ‘zachasimon (g u l\ singari sifat-terminlar qo‘llanadi.

56.Lug’at tuzish tamoyillari haqida yozing. Har bir lug‘at amaliy xarakterga ega. Bu leksikografiyaning nazariy asosini belgilashda muhim. Zero, leksikografiyaning nazariy asosini, ehtiyojini qondirish maqsadida tuziladigan lug‘atlarning yarartilish qonun-qoidalari, ularni tuzish tartiblari, lug‘atlar turlarini belgilash tashkil etadi. Ya’ni maqsadning to‘g‘ri belgilanishi, maqsaddan kelib chiqqan holda ularning turlarini belgilash, turlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, lug‘atlarning shaklini belgilash, u yoki bu shakldagi lug‘atni tuzishning tamoyillarini belgilash lozim bo‘ladi. Leksikografiya (lug‘at tuzish nazariyasi va amaliyoti) eramizdan oldingi davrlarda paydo bo‘lgan va boshlanishidanoq, ta’lim-tarbiya sohasi uchun xizmat qilgan ekan, yaratiladigan har bir lug‘atning asosini: 1) didaktik tamoyil belgilaydi. Lug‘at tuzishda didaktik tamoyilni chetlab o‘tish mumkin emas. Lug‘atlar tildagi so‘zlarni o‘qitish-o‘rgatish, boshqa tillarga oid so‘zlar haqida, birliklar haqida ma’lumotlar berar ekan, demak, 2) lingvodidaktik tamoyil muhim. Lug‘at tuzishning asosiy tamoyillaridan biri maqsaddan kelib chiqqan holda lug‘at birliklarini 3) tanlash-saralab olish tamoyili. M.Koshg‘ariy o‘z lug‘ati (“Devon”) uchun “umumiste’molda bo‘lgan so‘zlarni tanladim” deydi. Shu tamoyilga aloqador bo‘lgan yana bir tamoyil, bu maqsadga muvofiq tuziladigan, lug‘atdan kelib chiqadigan 4) ehtiyojni qondirishga muvofiqlikni ta’minlash tamoyili. “X va H harflari tarkibida bo‘lgan so‘zlar lug‘ati”, “Paronimlar lug‘ati” kabilar. Leksikografiyadagi eng muhim va universal tamoyillardan biri – 5) lug‘atdan foydalanishning osonligi-qulayligini ta’minlash. Hamma lug‘atlar tuzilishi, mundarijasi kabilardan qat’i nazar, ana shu tamoyilga amal qilingan holda tuziladi: alifbo asosida tuzilganlik, mavzuiy guruhlarga ajratish, ters, morfem, terminologik va boshqa lug‘atlar shu tamoyil asosida yaratiladi. 6) Berilgan materialning aniqligi, to‘g‘riligi va to‘liqligini ta’minlash tamoyili (imlo, orfoepik, sinonim, omonim, antonim, frazema, paremalar lug‘atlari shu tamoyilni ham nazarda tutib tuziladi. Masalan, imlo lug‘ati so‘zni to‘g‘ri yozishni ta’minlashni nazarda tutib tuzilgan. 7) til va nutq me’yorlariga amal qilish tamoyili. Umumiy va xususiy me’yorlarni nazarda tutuvchi lug‘atlar: dialektal, eskirgan so‘zlar, okkazional birliklar lug‘atlari kabilar. 8) o‘quv lug‘atlarida alohida ahamiyat kasb etuvchi ta’limiy tamoyil. Bu tamoyil o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, til bo‘yicha ko‘nikmalarini hosil qilishda ahamiyatli. 9) o‘quv lug‘atida, alohida ahamiyat beriladigan tarbiyaviy tamoyil muhim. Bunday lug‘atda ma’naviy-

axloqiy, estetik tarbiya kabilar ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Leksikografiya tamoyillari lug‘atlarning turlariga mos ravishda o‘zgarishi mumkin. Qaysi tamoyilning tayanch vazifasini bajarishi lug‘atning maqsad va ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi.



Download 87.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling