Fanining maqsad va vazifalari haqida ma’lumot bering. Fanning maqsad va vazifalari
‘zbek tili grammatikasiga doir asarlarda -cha ot turkumli so‘zlarning
Download 87.06 Kb.
|
Terminologiya
0 ‘zbek tili grammatikasiga doir asarlarda -cha ot turkumli so‘zlarningkichraytirish - erkalash shaklini yasovchi mahsuldor, urg‘uli affiks tarzida baholanadi ( Kononov 1960; 162; Mirzayev, 1978;112).Ba’zi bir ishlarda mazkur affiksning so‘z yasovchi qo‘shimcha ekanligi faktik materiallar ko‘magida isbotlangan. Kuzatilayotgan affiks (o ‘ziyurar) aravacha, shponka ariqchasi, havo yostiqchasi, ко ‘chma vagoncha(Doniyorov, 1977; 96), sichqoncha, (saf) maydoncha(si), zarracha kabi bir qator fan-texnika sohasi terminlarini hosil qilishda qatnashadi.Biologiya terminlari sistemasida -cha ishtirok etgan ayrim terminlar faol qo‘llanadi: miyacha, qalpoqcha, katakcha, tangacha, tayoqcha, pufakcha, teshikcha, qiltiqcha, kokilcha va sh.k.( 01imxo‘jayeva, 1990; Rahimova, 2007).41.Soha terminologiyasida yangi avlod lug‘atlarining yuzaga kelishi.Har qanday tilning so‘z boyligi u tarixiy yoki zamonaviy tusda bo‘lmasin, insonlar tomonidan tuziladigan rang-barang lug‘atlarda ma’lum darajada aksini topadi. Lug‘at til so‘z boyligini o‘zida saqlovchi akkumulator vazifasini bajaradi. Bugun muayyan tilshunoslikning qay darajada rivojlangani, takomil topgani ayni tilda yaratilgan lug‘atlarning turi, miqdori va sifati bilan o‘lchanmoqda. O‘zbek lug‘atchiligi tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Hozirga qadar yetib kelgan lug‘atlar ichida 1074-1075 yili atoqli lug‘atnavis Mahmud Koshg‘ariy tomonidan tuzilgan “Turkiy so‘zlar devoni”, ya’ni “Devonu lug‘otit turk” ulkan ahamiyatga egaligi bilan xarakterlanadi. Zotan, arab millati vakillari uchun juda katta hududda istiqomat qiluvchi turkiy xalqlar til xususiyatlari, chunonchi, alifbosi, tovush qurilishi, lug‘at boyligi, so‘z turkumlari va gap qurilishi haqida ma’lumot berish uchun mo‘ljallangan mazkur asarning ilmiy ahamiyati shu kunga qadar dunyo olimlari qalamiga mansub 1800 atrofidagi ilmiy izlanishlarda e’tirof etilgan. Arab lug‘atchiligi an’analari va qoidalari asosida tuzilgan bu lug‘atdan taxminan sakkiz minga yaqin so‘zlar, birikmalar, iboralar, maqol va matallar, xalq og‘zagi ijodi namunalari joy olgan. “Devonu lug‘otit turk”, garchi, lug‘at deb nomlansa-da, biroq unda qoraxoniylar davri eski turkiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari yaxshi tahlil qilingan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, “Devon”dan o‘rin olgan leksik birliklar qatori, qoraxoniylar saltanatining ijtimoiy-siyosiy, sotsial- iqtisodiy, harbiy, maishiy turmush tarzida mavjud tushunchalarni ifodalovchi istilohlar son jihatdan salmoqli hisoblanadi. 42.“Devonu lug‘otit turk”ning tuzilishi.Devonu lug'ati-t-turk” asari ikki qismdan iborat bo'lib, u muqaddima va lug'at qismlaridan tuzilgan. Muqaddimada asarning yaratilish sababi, o'sha davrda turklar ishlatgan yozuv , ot yasalishi, otlar va fe'llardagi orttirmalar, lug'atning tuzilish usullari, turkiy xalqlarning bayoni, joylashuv o'rni, turkiy tilning xususiyatlari, laxchalardagi farqlar to'g'risida so'z yuritilgan. Asarda har bir so'zning ma'nolari ( polisemiya, omonim, antonim, arxaik so'zlar) chuqur tahlil qilinadi, ayrim so'zlarning etimologiyasi beriladi. Tovushlar tahlili ancha mukammal. Unli va undosh fonemalar, cho'ziq va qisqa unlilar farqlanadi, tildagi fonetik hodisa va qonuniyatlar ochib beriladi. Asarning muqaddima qismida shunday fikrni keltiradi. Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so'zlar, sajlar,maqollar , qo'shiqlar rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim. Qattiq joylarini yumshatdim , qiyin va qorong'u joylarini yoritdim. Bu ish ustida so'zlarni o'z joyiga qo'yish, kerakli so'zlarni osonlik bilan topish uchun bir necha yil mashaqqat tortdim. Nihoyat, kerakli so'zlarni joyida ko'zlaydigan, qiyinchiliksiz topa oladigan bir holga keltirdim. Asarning lug'at qismi sakkiz bo'limdan iborat bo'lib, bo'limlarning har biri kitab deb atalgan. Morfologiya qismida so'zlar arab tilshunosligi an'analariga ko'ra uchga ajratiladi: fe'l, ism va bog'lovchi. So'zlarning yasalish va bog'lanish xususiyatlari haqida ham aytib o'tiladi. “Devonu lug'ati-t-turk” ning lug'at qismida 7500 so'z sakkiz bo'limda izohlanadi. Mahmud Koshg'ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy usuldan foydalanib, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo'lib qoldi. 43.Terminlar hosil qilishda Download 87.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling