Fanining maqsad va vazifalari haqida ma’lumot bering. Fanning maqsad va vazifalari
- qism . " Faqat ismlar haqida " deb nomlangan bo'lib , u 26 fasldan iborat
Download 87.06 Kb.
|
Terminologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32.Termin yasashda faol model haqida yozing.larning o‘rni.
1 - qism . " Faqat ismlar haqida " deb nomlangan bo'lib , u 26 fasldan iborat.2 - qism . " Fe'l masdari va buyruq mayli " haqida.3 - qism . " So'zlarning turlanishi va fe'llarning tuslanishi " haqida.4 - qism . "So'zlarning ishlatilishi va boshqa muhim narsalar " haqida .Asarning har bir sahifasida qora va qizil siyoh bilan bitilgan satrlar mavjud. " Tarjumon " lug'atining to'liq nomi " Tarjumoni turki va ajami va mo'g'ali " deb nomlangan. " Tarjumoni turki va ajami va mo'g'ali " lug'ati ilk bor onomastika haqida fikr bildirgan asardir . Asarda 1500 ga yaqin turkiycha so'z izohlangan bo'lib , ulardan 90 tasi turkman tili orqali o'zlao'zlashgan deb sharhlanadi.31.Terminlar hosil qilishda -soz affiksli so‘z yasovchi model haqida yozing..Forscha-tojikcha -soz suffiksli mazkur so‘z yasovchi model shaxs nomini ifodalovchi ot-terminlar yasashda nisbatan faolligi bilan ajralib turadi. -soz suffiksi qatnashuvi bilan hosil qilingan qator derivatlaming o'zbektili texnika terminlari tizimida nisbatan faol qo‘llanishi kuzatiladi:: samolyotsoz, kemasoz, ko'piriksoz, soatsoz, traktorsoz, raketasoz, vertolyotsoz, metallsoz, asbobsoz, vagonsoz, stanoksoz, qurolsoz, robotsoz va sh.k.32.Termin yasashda faol model haqida yozing.larning o‘rni.33.“Muqadimatul adab” asarida arab, fors, mo‘g‘ul tillariga oid so‘zlarning qo‘llanilishi.Muqaddimatul adab» (1137- y.)-Mahmud az-ZamaXshariyning Xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag‘ishlab yozgan asari. Bu asar besh qismdan iborat bo‘lib, ularda otlar, fe’llar, bog‘lovchilar, ot o‘zgartishlari va fe’l o‘zgartishlari haqida bahs yuritiladi. Arabcha so'zlarning ostida forscha, ba’zilarida turkiy, hatto mo‘g‘ulcha tarjimalari berilgan. Asar 1706-yilda Xo'ja Is’hoq Afandi tomonidan usmonli turk tiliga, keyinchalik fransuz va nemis tillariga ham tarjima qilinib, Parij, Leypsig, Vena, Leyden, Qozon shaharlarida, Norvegiya, Misr va Hindistonda bir necha marta nashr etilgan100. Manbalarda ta’kidlanishicha, «Muqaddimatul adab»ning chig‘atoy tilidagi tarjimasi az-Zamaxshariyning o‘zi tomonidan amalga oshirilgan. Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari xorazmshohlardan bo`lgan Alouddin Abdulmuzaffar Otsizga bag`ishlab, “Muqaddamat ul-adab” asarini yozadi. Xorazmshohlar davrida mintaqada ilm-fan, madaniyat ancha taraqqiyotga erishgan edi. Hukmdorlar, ayniqsa Otsiz olim, shoiru adiblarga ancha hurmat bilan qarar, o`zi ham iste’dodli, ma’rifatparvar, adabiyotning chin ixlosmandlaridan edi. U yashagan davrda ilm-fan yuqori darajaga yetganidan bo`lsa kerak, Zamaxshariy hazratlari “Muqaddamat ul-adab” asarini unga bag`ishlab yozdi.“Muqaddamat ul-adab” kitobi besh katta qismga bo`lingan bo`lib, o`z ichiga otlar, fe’llar, bog`lovchilar, ot o`zgarishlari va fe’l o`zgarishlari haqidagi ma’lumotlarni oladi. Asar 1137- yilda yozib tugallangan.Mahmud Az-Zamaxshariy hazratlari o`z asarlarida o`sha davrdagi arab tilida iste’molda bo`lgan barcha so`zlar, iboralarni keng ochib berishga harakat qilgan. So`zlarning etimologiyasiga katta e’tibor qaratadi. Shu boisdan, Zamaxshariyning ushbu asarini, mazkur yo`nalishdagi dastlabki asarlardan deyishga to`la haqlimiz. “Muqaddamat ul-adab”ning arab, fors, turkiy, mo`g`uliy lug`atlar kiritilgan nusxalari ham mavjud.Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab” (adabiyotga kirish) asari tilshunoslik uchum ham katta ahamiyatga ega. Bu asar Xorazmshoh Alovuddavla Otsizga bag’ishlab yozilgan bo’lib, 5 qismdan iborat:1.Ot2. Fe’l3.Bog’lovchilar4.Ot o’zgarishlari5.Fe’l o’zgarishlariMazkur lug’at kitob o’sha davrda arab tilining iste’molda bo’lgan barcha so’zlari iboralarini qamrab oladi. Bu so’zlarning ma’nolari, etimologiyasi yetarli darajada keng sharhlangan. “Muqaddimat ul-adab” fors tilidan tashqari chig’atoy (o’zbek), mo’g’ul, turk tillariga ham tarjima qilingan. Bu asarning bir necha qo’lyozmalari O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.“Muqaddimat ul-adab” asarning bizgacha yetib kelishi tilshunoslikning katta baxti hisoblanadi. Chunki u o’zbek tili tarixini o’rganishda qimmatli va ishonchli material bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham bu haqida Sadriddin Ayniy : “Muqaddimat ul-adab “ asari o’zbek tili uchun butun dunyoning xazinasi bilan barobardir”, - deb yozgan edi. Bu asar asrimizga kelib ko’pchilik tilshunos olimlarning diqqatini tortdi. Ayniqsa N.N Poppe va A.K. Borokovlar uning mo’g’ul va o’zbek tiliga doir qismini tadqiq qilishda va butum asarning matnini nashr qilishda katta xizmat qildilar.Asarda ismlar tematik tamoyil asosida guruhlarga bo’linadi: vaqt nomlari, osmon jismlari nomlari, tabiat hodisalari nomlari, metall va minerallar nomlari, aloqa yo’llari nomlari, suv bilan bog’liq nomlar, o’simlik nomlari va boshqalar.Asarda fe’llar arab grammatikasi an’anasiga muvofiq o’zak tarkibiga ko’ra sinflarga ajratilgan. “ Muqaddimat ul-adab“ asarning chig’atoy va mo’g’ul tillaridagi tajima matni 1938-yil N.N.Poppe tomonida alohida kitob holida nashr etilgani turkiyshunoslik va mo’g’ulshunoslikda katta voqea bo’ldi.Download 87.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling