Fanining maqsad va vazifalari haqida ma’lumot bering. Fanning maqsad va vazifalari


Download 87.06 Kb.
bet5/10
Sana19.06.2023
Hajmi87.06 Kb.
#1626222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Terminologiya

28.Mustaqillik davrida o‘zbek terminonologiyasi va leksikografiyasining o‘zbek tili tabiatidan kelib chiqqan holda taraqqiy etishi.O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishuvi, yangi tahrirdagi "Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi o'zbek tilshunosligining yanada rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratdi. Bu esa, o'z navbatida, o'zbek leksikografiyasi rivojiga ham ta'sir ko'rsatdi. O'zbek leksikografiyasida mustaqillik davrida ko'plab yangi turdagi lug'atlar paydo bo'ldi. Dastlab, Fanlar akademiyasi tizimida, faqat O'zbek tili, adabiyoti va folklori institutida lug'atshunos olimlar tomonidan yoki ularning bevosita ishtiroki bilan mamlakatimiz mustaqilligi yillarida yaratilgan turli xil lug'atlar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz... Mustaqillikkacha O'zbekistonda turli yillarda har xil hajm va xarakterdagi, turli moʻljaldagi koʻplab ikki tilli lug'atlar nashr etildi. Ular orasida 1983-1984 yillarda nashr etilgan, o'z davrida mukammal deb hisoblangan ikki jildli "Ruscha- oʻzbekcha lug'at" alohida ajralib turadi. U mamlakatimizda rus tilini keng miqyosda oʻrganishga va tarjima ishlarining rivojiga katta hissa qo'shdi.O'zbek leksikografiyasining mustaqillik yillaridagi rivoji va taraqqiyotini yangicha shakl va mazmundagi entsiklopedik lug'atlarning yaratilishida ham kuzatishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martdagi 154-sonli qarori bilan tashkil etilgan "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotida jamiyat hayotining barcha sohalari bo'yicha entsiklopedik nashrlar, o'zbek xalqining tarixiy, madaniy merosi, qadriyatlari, tibbiyotiga oid lug'atlar yaratish ishlari boshlandi. O'zbek lug'atchiligida o'tmishda erishilgan tajriba va an'analar negizida turli tipdagi lug'atlarni tuzish, mavjudlarini qayta takomillashtirib nashr etish ishlari borasida qo'yilgan jiddiy qadamlardan biri O'zbekiston milliy entsiklopediyasini yaratish bo'ldi. Yangi yaratilajak entsiklopediyani milliy istiqlol g'oyalari asosida tuzish, sobiq sho'rolar davrida nohaq kamsitilgan ajdodlar hayoti va faoliyatini haqqoniy yoritish, totolitar tuzum siyosati va mafkurasini ifodalovchi tushunchalardan voz kechish singari maqsadlar asosiy mezon sifatida belgilandi. Nashriyot 2000-2006- yillarda 12 jildlik O'zbekiston milliy entsiklopediyasi nashrini yakunladi. Entsiklopediyaning 1-11-jildlarida umumiy hajmi 1600 nashriyot-hisob tabog'ini tashkil etgan qariyib 60 ming maqola berildi. Uning har bir jildida 800-1200 atrofida rangli va oq-qora suratlar, xaritalar o'rin olgan. O'zbekiston milliy


Download 87.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling