chunonchi, rus tilidan o‘zlashgan internet terminlari 31%, ingliz tilidan aynan o‘zlashgan baynalmilal internet terminlari 23%ni tashkil etishini ko‘rsatgan (Saidqodirova, 2018).Xullas, o ‘zbek terminologiyasi bir necha asrlik shakllanish va tarqqiy etish bosqichlarini bosib o'tdi. Bu bosqichlarda o ‘zbek terminologiyasi nafaqat o ‘z ichki resurslari, shuningdek, qarindosh bo‘lmagan tillar boyliklaridan o ‘mi bilan foydalangan holda rivojlanish yo‘lida davom etdi. Terminlaming shakllanish hamda yasalish yo‘llari xususida so‘z ketganda quyidagi jihatlami inobatga olish taqozo etiladi: o ‘z milliy tilning tayyor leksik boyliklaridan unumli foydalanish; boshqa tillaming so‘z boyliklaridan o ‘mi bilan istifoda etish (o‘zlashtirish); tayyor standart terminelementlar (o‘zbekcha va baynalmilal)ni qo‘llash; morfologik (affiksatsiya, abbreviatsiya), sintaktik (kompozitsiya) va semantik so‘z yasalishi vositalariga murojaat qilish. 25 “Kitobu bulg‘ot-ul mushtaqori lug‘atit turk val qifchoq” asarining o‘ziga xos xususiyatlari. Jamoliddin Muhammad Ahdulloh Turkiy o'z davrining yirik olimlaridan biri sanaladi. Uning qayerda yashagani va qanday asarlar yozgani haqida aniq ma'lumot yo'q. Ammo N.K.Baskakovning yozishicha, uning birgina «Kitobu bulgot al-mushtoq fi-l-lug'ati at-turk va-l-qipchoq» («Turk va qipchoq tillariga mushtoqlarni qoniqtiruvchi kitob») lug'atigina bizgacha etib kelgan. Bu nodir asar birgina nusxaga ega bo'lib, hozirda Parij Milliy kutubxonasining Sharq qo'lyozmalar fondida saqlanadi. Asar 4 bobdan iborat bo'lib, ularning har qaysisi mavzuviy guruhlarga- fasllarga ajratilgan. Asarning birinchi bobi tangrining ismi va fazoda unga tobe boʻlgan mavjudotlarga hamda diniy terminlarga bag'ishlangan. M: tangil, yalavach, farishta, quyosh, yog'mur, ko'kram ak, ay tutulmak kabilar. Asarning ikkinchi bobi er, uning osti va ustidagi narsalar izohiga bag'ishlangan bo'lib, ularga oid so'zlar bir qancha guruhlarga bo'lingan: M: foydali qazilmalarga oid so'zlar: altun, kumush, baqo'r (mis), kamur, qurshun (qo'rg'oshin), tamur;
Do'stlaringiz bilan baham: |