Fanni o‘qitish va maqsadlari. O‘lchash, Baholash Reja
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 маруза Fanni o‘qitish va maqsadlari O‘lchash, Baholash fb333ddb87b04a5d4401ef0fd47350e5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoq tizimi.
1 – MA’RUZA
Reja: 1. Fanning texnika va boshqa tabiiy fanlar bilan aloqasi va bu fanlar rivojidagi ahamiyati. 2. Mexanika harakat. Fizik modellar: moddiy nuqta (zarra yoki korpuskulyar), moddiy nuqtalar tizimi, absolyut qattiq jism, yaxlit muhit.Modda, maydon va fizik vakuum tushunchalari. 3. Moddiy nuqtaning aylana bo’ylab harakati. Burchakli tezlik va tezlanish vektorlari. 4. Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish. Normal, urinma(tangensial) va to‘la tezlanish. Aylanma va ilgarilanma harakatning kinematik xarakteristikalari orasidagi bog‘lanish. Tayanch iboralar: fizikaviy qonunlar, sanoq tizimi, sanoq nuqtasi, moddiy nuqta, fizik kattaliklar: siljish, uzunlik, vaqt, harorat, massa, molyar massa, tok kuchi, yorug’lik kuchi, burchak kattaligi, (tekislikda va fazoda) tezlik, tezlanish, ilgarilanma harakat, tekis harakat va o’zgaruvchan harakat. Ko’rgazmali qurollar: mavzuga oid slaydlar, plakatlar va komp’yuter texnikasi, fizik kattaliklar va ularning o’lchov birliklari animatsion dasturlar majmuasi, tekis harakatning animatsion dasturi, sanoq tizimida moddiy nuqta koordinatalarini aniqlashdagi animatsion dastur. Mavzuning borishi Fizika fani va uning tarkibiy qismlari. Fizika fanining mutaxasislik bilan o’zaro bog’liqligi.. Fizika, tabiat qonunlarni o’rganuvchi fan. Fizika fanining so'ngi yutuqlari boshqa tabiiy va amaliy fanlarning yanada rivojlanishi uchun zarur bo'lgan yangi o'lchov asboblari texnik qurilmalar va ular asosida yangi ilmiy tadqiqot usullarini yaratishga imkon bermoqda. Juda yuqori bosim, yuqori vakuum, yuqori chastottali elektromagnit maydon, ultratovush, lazer nurlari ta'sirlari sharoitlarida hamda koinot vaznsizlik holati sharoitlarida, kimyo, biologiya, geologiya sohalarida, meditsina va amaliy texnik fanlar sohasida yangi ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Fizikaning barcha tabiiy fanlar bilan chambarchas bog’lanishi oqibatida qo'shimcha fanlar: astrofizika, biofizika, fizik-kimyo, geofizikalar hosil bo'lmoqda. Akademik S.I.Vavilov iborasi bilan aytilganda "Fizikaning tomirlari astronomiya, geologiya, kimyo, biologiya va boshqa fanlar ichiga juda chuqur kirib bormoqda". Fizikada, hodisalarni tabiiy sharoitlarda o'rgatish - kuzatish deb, hodisalarni sun'iy ya'ni laboratoriya sharoitida amalga oshirishni esa eksperiment deb atash odat bo'lib qolgan. Eksperiment kuzatishga nisbatan bir qator afzalliklariga ega: a) vaqtni tejash mumkin. b) qulay sharoitlar yaratish mumkin. Tajribalarda yig’ilgan axborotlar hodisani tushuntirish uchun gipotezalar (ilmiy faraz) yaratishga xizmat qiladi. Gipotezani yuzaga keltiruvchi natijalar tajribalarda tasdiqlanmasa, bunday gipoteza sinovdan o'tmagan, ya'ni xato gipoteza deb hisoblanadi. Aksincha, gipotezadan kelib chiquvchi natijalar tajribalarda tasdiqlansa gipoteza fizik nazariyaga aylanadi. Fizika nazariya biror sohadagi bir qator hodisalarni, ularning mexanizmi va qonuniyatlarini tushuntira olishi kerak. Bundan tashqari fizik qonuniyat qayd qilinsa yangi hodisalarni oldindan aytib bera oladi. Shuni qayd qilish lozimki, nazariyalar ham vaqt o'tishi bilan rivojlantiriladi. Demak, fizik nazariyalarning yaratilishi va sinalishi tajribalar bilan boshlanadi, tajribalar bilan isbotlanadi va rivojtiriladi. O'rta Osiyolik Farobiy, al-Xorazimiy, Beruniy kabi olimlar ijodida tabiatshunoslik fanlari muhim o'rin tutgan. Jumladan X-XI asrlarda yashab ijod qilingan Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino bilan bo'lgan yozishmalarda jismlarning harakati, yer geofizikasi, gidrostatika solishtirma og’irlik, issiqlik o'tkazuvchanlik, jismlarning issiqlikdan kengayishi sovuqlikda torayishi, elektrlanish va magnitlanish xususiyatlari, atmosferadagi fizik hodisalar, yorug’lik nurining qaytish va sinish qonuniyatlari, linzada nurning yo'li va vakuumning mavjudligi hamda moddalarning atom tuzilishi kabi sohalarda qimmatli fikrlarni yozib qoldirib, ba'zilarini tajriba asosida izohlab bergan. Fizikaning texnikaning rivojlanishi o'zaro chambarchas bog’liq. Fizik kashfiyotlar texnikada fizik qonuniyatlar zamirida ko'riladi. Masalan: 1) Elektromagnit to'lqinlarni tarqatish va qayd qlish radiotexnikada hayot bag’ishladi. 2) neytronlar va ular ta'sirida og’ir yadrolar bo'linishning ixtiro qilishida yadroviy energetika asos soldi. Hozirgi vaqtdagi yadroviy tadqiqotlarni zamonaviy texnik taraqqiyotini o'zida mujassamlashtirgan qurilmalarsiz (yadroviy reaktor, sinxrofazotron yarim o'tkazgichli mikrosxemalar, komp’yuterlar) tasavvur qilib bo'lmaydi. Hozirgi zamon energetikasi, radiotexnika, elektrotexnika, avtomatika va boshqa har bir texnikaviy sohani zamonaviy komp’yuterlashgan sohani fizikasiz tasavvur etish qiyin. Fizika va texnika yutuqlari atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish, xalq xo'jaligining ishlab chiqarish sohalarini avtomatlashtirish, qudratli harbiy texnika bazasini yaratish imkoniyatlarini berdi. Demak, fan texnika taraqqiyoti bilan baravar qadam tashlaydigan har bir muxandis fizikasining asosiy qonuniyatlariga oid bilimlarni egalashi shart. Fizika nurining umumiy tuzilishi. Birliklar tizimi. SI birliklar tizimida asosiy fizik kattaliklarning birliklari. Fizika kursini umumiy tuzilishi quyidagicha: 1.Mexanika. 2.Molekulyar fizika va termodinamika. 3.Elekt va magnetizm. 4.Tebranishlar va to'lqinlar. 5.Optika. 6.Atom va yadro fizikasi elementlari. Fizika qoidasi yoki jismning o'lchash hamda hisoblash mumkin bo'lgan xarakteristikasi fizik kattalik deyiladi. Fizik kattaliklarni o'lchash deganda, shu kattalik bilan bir xil bo'lgan va bir birlik qilib olingan fizik kattalik bilan taqqoslash tushuniladi. Fizik kattaliklarning ba'zilari to’g’ridan - to'g’ri o'lchansa, ba'zilarini ularning o'zaro analitik bog’lanish ifodasini hisoblab topiladi. Fizik kattaliklarni o'lchash uchun birliklar sistemasi tuziladi. Birliklar sistemasini tuzish uchun esa bir – biriga bog’liq bo'lmagan bir necha fizik kattaliklarni va ularning birliklarini asosiy kattaliklar bilan qonuniy bog’lanish ifodasidan hosil qilinadi. Bunday kattaliklar hosilaviy birliklar deyiladi. Asosiy birliklarning to'plami birliklar sistemasi deyiladi. 1960 yildan boshlab Yer yuzasidagi barcha mamlakatlar o'rtasida o'zaro kelishib olingan xalqaro birliklar sistemasi "SI" qabul qilingan. XX - asr aloqa tarmoqlarning keskin rivojlanish asri bo’lib hisoblanadi. Bu davrda axborot
komunikasion texnologiyalar davri bo’lib qoladi. Axborotlarni uzatish bu elektromagnit to’lqinlarning tarqalish tezligi bilan amalga oshadi. Axborotlarni uzatish va qabul qilish quyidagi yo’llar bilan amalga oshadi. 1. Radio va televidiniya aloqalari tizimi. 2. Internet tizimi. 3. Uyali telefonlar tizimi. 4. Elektron pochta tizimi. Bu tizimlarni ishlashida elelktromagnit to’qinlarning manba tomonidan tarqatilishi va ularni yer su’niy yo’ldoshlaridan qabul qilishi, uni kuchaytirib zarur bo’lgan yo’nalish orqali axborot qabul qiluvchilarga yetkazishdan iborat bo’ladi. 1904 yilda O’zbekistonda ishga tushirilgan telefon tarmog’iga 1500 dan ortiq telefon raqami mavjud, shaharlar aro 25000 dan ortiq kanal mavjud. Uyali aloqa vositasida esa MTS, Beeline, Coscom, Ucell, Uzmobile, Perfectum mobile kabi aloqalar vositasi xizmat qiladi. Internet tarmog’i orqali ishlaydigan aloqalar vositasida esa quyidagilar mavjud. 1.www.rambler.ru 2. www.mail.ru 3. www.yandex.ru 4. www.yahoo.com 5. www.mail.uz 6. www.info.uz 7. www.google.ru 8. www.ziyo.uz.net 9. www.ioffe.ru 10. www.info.com Internet provayderlari: Uzmacom, Buzton, Uznet va boshqalar mavjud. Sanoq tizimi. Moddiy nuqta kinematikasi. Moddiy nuqta va uning koordinatalari. Yuqorida qayd qilib o’tilganidek, mexanika harakat jism joylashuvining boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishini ko’rsatadi. Demak, uning holati qaysi jismga nisbatan o’rganilayotgan bo’lsa, shu jism go’yoki sanoqning boshiga aylanadi. Poyezd harakati vokzalga, futbol harakati futbolchiga nisbatan joylashuvining o’zgarishiga qarab aniqlanadi. Mexanik harakatni to’la tavsiflash uchun esa uning makon va zamondagi holatini to’la ko’rsata oladigan sanoq sistemasini kiritish zarur Fizika sohalari, odatda, o‘z ichiga harakatni, suyuqliklarni, issiqlikni, tovush, yorug‘lik, elektr va magnetizmni olgan klassik fizikaga va tarkibida nisbiylik nazariyasi, atom tuzilmalari, kvant nazariyasi, kondensirlangan muhitlar, yadro fizikasi, elementar zarrachalar, kosmologiya va astrofizika bo‘lgan zamonaviy fizikaga bo‘linadi. Biz bu hamma mavzularni mexanikaviy harakatdan boshlab to fundamental zarralar va kosmos bilan bog‘liq eng so‘nggi natijalargacha ushbu kitobda ko‘rib chiqamiz. Eng avvalo, biz fizikani “fan” umumiy nomi ostida va amaliy fan sifatida ko‘rib chiqamiz.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling