Fanni o‘qitish va maqsadlari. O‘lchash, Baholash Reja


 Modellar, nazariyalar va qonunlar


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#203189
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 маруза Fanni o‘qitish va maqsadlari O‘lchash, Baholash fb333ddb87b04a5d4401ef0fd47350e5

3. Modellar, nazariyalar va qonunlar 

Hodisalarning  ma’lum  sinfini  tushunish  va  tushuntirishga  urinib,  olimlar  ko‘rincha 

modellardan  foydalanadilar.  Bunda  model  deganida  hodisaning,  ma’lum  tushunchalarga 

 4 – rasm. (a) Rimda Tibr daryosi ustida 2000 yil avval qurilgan ko‘prik hozir 

ham turibdi. (b) Missisipi daryosi orqali o‘tgan avtostradagi atigi 40 yil avval 

qurilgan ko‘prikning qulashi. 

3 – rasm. Leonardo da 

Vinchi (1452–1519) 

ning strukturalarida 

(tuzilmalarida) 

kuchlarning tadqiq 



tayanadigan  va  foydali  analogiyani  tuzishga  imkon  beradigan  biror  bir  fikriy  obrazi 

tushuniladi. Bu yerda yorug‘likning to‘lqin modeli misol bo‘lib xizmat qiladi. Yorug‘lik 

to‘lqinlarini  biz  suvdagi  to‘lqinlar  kabi  kuzatishimiz  mumkin  emas,  biroq  yorug‘likni 

to‘lqin sifatida tasavvur qilish foydalidir, chunki yorug‘lik bilan bog‘liq tajriba natijalari 

suvdagi to‘lqinlar bilan juda katta o‘xshashlikka ega. 

Modelni  tuzishdan  maqsad  hodisaning,  biz  bu  hodisada  nima  sodir  bo‘layotganini 

bevosita  qabul  qilish  imkoniyatiga  ega  bo‘lmaganimizda  fikriy  yoki  ko‘rgazmali 

manzarasini olishdan iboratdir. Ko‘pchilik holatlarda model nisbatan chuqurroq tushunishni 

olishga  imkon  beradi;  ma’lum  bo‘lgan  hodisalar  bilan  o‘xshatish  (analogiya)  (masalan, 

yuqorida yorug‘lik uchun yodga olingan suvdagi to‘lqinlar) yangi tajribalarni o‘tkazish va 

shunga  o‘xshash  bo‘lishi  mumkin  hodisalarning  xarakterini  aytib  berishga  stimullaydi 

(rag‘bat qiladi). 

Hech qaysi model butunlay kamchiliksiz (to‘kis, to‘liq, nuqsonsiz) bo‘la olmaydi va 

olimlar  o‘zlarining  modellarini  doimiy  ravishda  takomillashtirishga  va  avvalgi  modellar 

adekvat bo‘la olmay qolganida, yangilarini taklif qilishga intiladilar. 

Nazariya modeldan nima bilan farq qiladi, degan savol paydo bo‘lishi mumkin, chunki 

bu  terminlar  (atamalar)dan  sinonim  kabi  foydalaniladi.  Odatda,  model  nisbatan  sodda 

bo‘ladi va o‘rganilayotgan jarayon bilan strukturaviy (tuzilmaviy) o‘xshashlikni saqlagani 

holda,  nazariya  anchagina  keng  hisoblanadi:  u  hodisani  mufassal  qarab  chiqadi  va  uning 

yordamida qator masalalarni, gohida esa, juda katta aniqlik bilan, yechishga harakat qiladi. 

Ko‘plab holatlarda, model turlicha variantlarda etarlicha rivojlanganidan va hodisalarning 

keng doirasi uchun eksperimentga (tajribaga) mos kelganidan keyin, uni nazariya deb atash 

mumkin. 

Modellar juda ham foydali bo‘lishi mumkin va ular ko‘pincha muhim nazariyalarga 

olib keladi, biroq real tizimli model bilan hodisaning o‘zini aralashtirib yubormaslik kerak. 

Olimlar  qonun  deganda  qisqa,  ammo  tabiat  hodisalarining  xarakteriga  nisbatan 

yetarlicha  umumiy  tasdiqlarni  ataydilar.  Qonun  deb  atalish  uchun  tasdiq  kuzatilayotgan 

hodisalarning,  ko‘plab  hodisalarning  ham,  keng  sinfida  eksperimental  tekshiruvdan  o‘ta 

olishi kerak. 

Shuni ta’kidlash kerakki, fandagi qonun tushunchasi siyosat yoki huquqdagi shunga 

o‘xshash tushunchadan farq qiladi: yuridik qonunlar hisoblanadi, ya’ni ular bizga o‘zimizni 

qanday tutishimiz kerakligini talab qiladi, tabiiy fanlar qonunlari esa, tavsiflovchi qonunlar 

hisoblanadi, ular tabiat hodisalari qanday bo‘lishi kerakligini tasdiqlamaydilar, faqatgina u 

yoki bu tabiat hodisasining haqiqatdagi xarakteri qandayligini tavsiflaydilar xolos. Xuddi 

nazariyalar kabi qonunlar ham bo‘lishi  mumkin, xususiy hollarning cheksiz katta sonida 

tekshirilishi  mumkin  emas.  Shunday  qilib,  biz  istalgan  qonunning  absolyut  to‘g‘riligiga 

ishonch hosil qilishimiz mumkin emas. 

“Qonun”  so‘zidan,  uning  hodisalarning  keng  sinfida  qo‘llanilishi  tekshirilgan 

holatlarda  foydalaniladi  va  biz  ushbu  qonunning  qo‘llanish  sohasi  va  cheklanishlari 

qandayligi haqida aniq tasavvurga egamiz. Ammo hatto shunday holatda yangi informatsiya 

(axborot)  olinganida  ba’zi  qonunlarning  shakli  o‘zgarishi  yoki  hatto  tashlab  yuborilishi 

mumkin. 


Odatda,  olimlar  o‘zlarining  amaliy  faoliyatlarida  umumqabul  qilingan  qonunlar  va 

nazariyalar  to‘g‘ri  deb  hisoblaydilar,  biroq  doimo  yodda  tutish  kerakki,  yangi  tajribalar 

istalgan qonun va istalgan nazariyaning qo‘llanish chegarasining o‘zgarishiga olib kelishi 

mumkin. 


 


4. O‘lchash va xatolik. Yaxlitlash 

Tevarak atrofni o‘rganishga intilib olimlar fizikaviy kattaliklar orasidagi munosabatni 

topishga harakat qiladilar. 

 

Xatolik 



Hozirgi vaqtda aniq o‘lchashlar fizikaning muhim qismini tashkil qiladi. Biroq birorta 

ham o‘lchash absolyut aniq hisoblanmaydi, ya’ni har bir o‘lchash so‘zsiz ba’zi xatoliklar 

bilan  bog‘langan.  Bu  xatoliklarning  yuzaga  kelish  manbalari  turlicha,  ularning  eng 

muhimlariga istalgan o‘lchov instrumenti aniqligining cheklanganligi, shuningdek, o‘lchov 

instrumentining  shkalasidan  bo‘linmaning  minimal  qiymatining  ma’lum  qismidan 

kichiklarini  aniqlash  imkoniyatining  yo‘qligi  ham  kiradi.  Masalan,  agar  siz  sinf 

doska(taxta)sining  enini  ruletka  yordamida  o‘lchashingiz  kerak  bo‘lsa,  o‘lchov  natijasi 

ruletka  bo‘linmasining  qiymati  bo‘lgan  0,1  cm  aniqlik  bilan  juda  to‘g‘ri  deb  hisoblash 

mumkin.  Buning  sababi  shundaki,  kuzatuvchi  eng  kam  shkala  bo‘linmasi  chegarasida 

interpolyasiyalash qiyinligida hamda ruletkaning o‘zi ham yuqorida ko‘rsatilgan aniqlikdan 

qanchadir oshmaydigan aniqlik bilan tayyorlanganligidadir.         O‘lchov natijalarini qo‘ya 

turib, o‘rnatilgan turli an’analarga ko‘ra, o‘lchov aniqligini ham, ya’ni uning xatoligi yoki 

absolyut xatoni ham ko‘rsatish zarur. Masalan, doskaning o‘lchangan enini 8,8

0,1 cm kabi 



yozish  kerak  bo‘lib,  bu  yerda 

0,1  cm.  («plyus-minus  0,1  cm»  deb  talaffuz  qilinadi), 



o‘lchash xatoligini bildiradi, bu doskaning haqiqiy eni eng ko‘p ehtimollik bilan 8,7 va 8,9 

cm. oralig‘ida ekanligini anglatadi. O‘lchash xatoligi ko‘pincha nisbiy xatolik kattaligi bilan 

xarakterlanib,  u  absolyut  xatolikning  o‘lchangan  xatolik  qiymatiga  nisbati  (agar  nisbatni 

foizlarga aniqlash kerak bo‘lsa, 100 ga ko‘paytirilib) bilan aniqlanadi. Keltirilgan misolda, 

agar biz o‘lchashda 8,8 cm ni olgan bo‘lsak, absolyut xatolik quyidagiga teng bo‘ladi 

0.1


100% 1%

8.8


 



bu yerda 

 «taxminan» degan ma’noni anglatadi. 



Ko‘plab  holatlarda  o‘lchangan  qiymatning  xatoligi  ochiqchasiga  ko‘rsatilmaydi, 

bunday holatda natijaning oxirgi raqami yozilgan son razryadining taxminan bir yoki ikkita 

birligini tashkil qiladi, deb hisoblash qabul qilingan. 

Masalan, agar o‘lchangan uzunlik 8,8 cm bo‘lsa, xatolik taxminan 0,1 cm yoki 0,2 sm 

ga  teng  deb  qabul  qilinadi.  Bu  yerda  o‘lchash  natijasini  8,80  deb  yozilgani  muhim 

hisoblanadi,  chunki  bu  absolyut  xatolik  0,01  sm  ekanligini  va  demak  o‘lchanadigan 

kattalikning haqiqiy qiymati go‘yo 8,79 va 8,81 cm oralig‘ida ekanligini bildiradi, aslida 

esa, ko‘rib turibmizki, u 8,7 va 8,9 cm oralig‘ida joylashgandir. 

 

1. KONSEPTUAL MISOL. (Mavzu bo‘yicha misol). Brilliant siznikimi? Do‘stingiz 



sizdan brilliantni oilasiga ko‘rsatish uchun kechgacha berib turishingizni so‘radi. Siz biroz 

havotirlanayapsiz, chunki uning massasi 8,17 grammni tashkil etadigan tosh. Tosh qaytib 

kelganida massasi 8,09 grammga teng edi. Bu sizning brilliantingizmi? 



JAVOB.  O‘lchov  shkalasining  ko‘rsatkichlari  mukammal  emas.  Bu  ko‘rsatkichlar 

brilliant  massasining  haqiqiy  qiymatini  bermaydi.  Har  bir  o‘lchash  0,05  gramm  aniqlik 

chegarasida  bo‘ladi.  Sizning  brilliantingizning  haqiqiy  massasi  8,12  –  8,22  gramm 

chegarasida yotadi. Qaytarib berilgan brilliantning haqiqiy massasi esa 8,04 – 8,14 gramm 

chegarasida yotishi kerak. Bu diapazonlar esa bir biri bilan o‘zaro kesishadi (qoplanadi), 

shuning  uchun  massaning  kattaligini  o‘lchash  qaytarilgan  brilliant  sizniki  ekanligiga 

ikkilanishingizga jiddiy asos bo‘la olmaydi. 

 

Yaxlitlash 



Qatordagi  aniq  ma’lum  raqamlarning  miqdori  anglatuvchi  raqamlar  deb  ataladi. 

Shunday qilib, 1 dagi to‘rtta anglatuvchi raqam har doim juft bo‘lishi mumkin. Masalan 80 

sonini olamiz. Anglatuvchi raqamlar bittami yoki ikkitami? Agar biz ikkita shahar orasidagi 

masofa 80 km deb faraz qilsak, bu yerda bitta anglatuvchi raqam mavjud. Agar biz ikkita 

shahar orasidagi  masofa 1  yoki 2 km  aniqlik  bilan  80 km  deb  faraz qilsak, unda 80  soni 

ikkita anglatuvchi raqamga ega bo‘ladi. Ikki shahar orasidagi masofa 

0,1 km aniqlik bilan 



80 km ga teng desak, biz 80 km deb yozamiz va u uchta anglatuvchi raqamga ega bo‘ladi. 

O‘lchashlar  yoki  hisoblashlarni  olib  borishda  oxirida  ko‘proq  raqamlarni  olib 

qolishdan qochish kerak. Masalan, 11,3 sm va 6,8 sm li to‘g‘ri to‘rt burchakning yuzasini 

hisoblashda  ko‘paytirish  natijasi  76,84  sm2  ni  tashkil  qiladi.  Ammo  bu  javob  0,01  sm2 

aniqlik bilan bo‘lishi mumkin emas. Tashqi chegaralarning 0,1 sm li noaniqligini hisobga 

olganda hisoblash natijalari quyidagi qiymatga ega bo‘ladi: 11,2 cm

6,7 cm = 75,04 cm2 



va  11,4  cm

6,9  cm  =  78,66  cm2.  Eng  yaxshi  holda  biz  1  sm2  aniqlik  bilan  77  cm2  deb 



hisoblashimiz  mumkin.  76,84  cm2    raqamdagi  qolgan  ikkita  raqamni  tashlab  yuborish 

mumkin, chunki ular muhim emas. 

 

A MASHQ. 4,5 cm va 3,25 cm li to‘g‘ri to‘rt burchakning yuzasi (a) 14,625 cm2; (b) 



14,63 cm2; (c) 14,6 cm2; (d) 15 cm2 qiymatlarni qabul qiladi. Sonlarni qo‘shganda yoki 

ayirganda oxirgi natija verguldan keyingi sonlarning eng kam miqdoridan ko‘p bo‘lmagan 

songa ega bo‘lishi kerak. Masalan, 36+8,2 = 44, (44,2 emas), 3,6 va 0,57 larning ayirmasi 

esa 3,0 (3.03 emas). Anglatuvchi raqamlarni verguldan keyingi sonlar bilan chalkashtirib 

yubormaslik uchun ehtiyot bo‘lish kerak. 

 

B  MASALA.  Quyidagi  sonlarning  har  biri  uchun  anglatuvchi  raqamlarni  va  va 



verguldan keyingi sonlar miqdorini ko‘rsating: (a) 1,23; (b) 0,123; (c) 0,0123. 

5 – rasm. Santimetrli chizg‘ich yordami bilan 

doska (taxta) ning enini o‘lchash.Noniqlik 

0.1  



 

 



Barcha holatlar uchun anglatuvchi raqamlar soni, belgilar soni (a) – 2, (b) – 3, (c) – 4 

ga teng 


Shuni  nazarda  tutingki,  agar  siz  kalkulyatordan  foydalansangiz,  razryadida  mavjud 

barcha  raqamlar  anglatuvchi  bo‘la  olmaydi.  2,0  ni  3,0  ga  bo‘lganda  to‘g‘ri  javob 

0,666666666  (1,6a-  rasm)  emas,  0,67  bo‘ladi.  Aslida  anglatmaydigan  raqamlar 

ko‘rsatilmasligi  kerak.  Shunga  qaramasdan,  eng  aniq  natijani  olish  uchun  siz  hisoblash 

davomida  yoki  oxirgi  natijani  yaxlitlashda  bir  yoki  bir  nechta  qo‘shimcha  anglatuvchi 

raqamlarni olishingiz mumkin. (Oraliq natijalarda siz hamma raqamlaringizni saqlashingiz 

mumkin).  Shuni  ham  ta’kidlaymizki,  kalkulyatorlar  ba’zan  (tabloda  kichik  razryadlar 

tanlanganida)  juda  ham  kam  anglatuvchi  raqamlarni  beradi.  Masalan,  2,5  x  3,2 

ko‘paytirishda  kalkulyator  8  javobini  berishi  mumkin.  Ammo  ikkigacha  bo‘lgan 

anglatuvchi raqamlarda to‘g‘ri javob 8,0 bo‘lishi kerak. 1-6b rasmga qarang.  

 

2.  KONSEPTUAL  MISOL.  Yaxlitlovchi  raqamlar. 



Trigonometrik transporterdan foydalanganda (1-7- rasm) 

siz  o‘lchagan  burchak  30

  ga  teng  bo‘ladi  (a)?  Ushbu 



o‘lchashda 

anglatuvchi 

raqamlar 

nechta? 


(b) 

Kalkulyatordan  foydalanib  o‘lchangan  burchakning 

kosinusini topish kerak. 

JAVOB  (a)  agar  siz  transporterga  qarasangiz, 

o‘lchash  xatoligi  taxminan  bir  gradusga  tengligini 

ko‘rishingiz  mumkin.  Shunday  qilib,  siz  o‘lchanadigan 

burchakni  ikkita  anglatuvchi  raqam  bilan  aniqlashingiz 

mumkin, aynan esa, 30

 (30,0


 emas). (b) Agar kalkulyatorda sos 30

 ni chiqarsangiz, siz 



0,866025403  raqamini  olasiz.  O‘lchangan  burchak  ikkita  inglatuvchi  raqamlar  bilan 

aniqlangani uchun uning kosinusi aniqlanadi va 0,87 kabi beriladi. 

ESLATMA.  Trigonometrik  funksiyalar,  kosinus  kabi  3-  bobda  va  A  Ilovada  qarab 

chiqiladi. 

 

Ilmiy belgilanishi  



Fizikada odatda sonlarni “o‘nning darajasi” ko‘rinishida, ya’ni daraja ko‘rsatkichlari 

yordamida yozish, masalan, 36900 ning o‘rniga 3,69 x 104 , 0,0021 ning o‘rniga 2,1

10-3 


ko‘rinishida yozish qabul qilingan. Bunday yozishning afzalliklaridan biri shundan iboratki, 

u  anglatuvchi  raqamlar  sonini  aniq  va  tiniq  ko‘rsatishga  imkon  beradi.  Masalan,  36900 

yozuvidan  bu  son  uchtami,  to‘rttami  yoki  beshtami  anglatuvchi  raqamlarga  ega  ekanligi 

noma’lum. Agar yozish aniqligi uchta anglatuvchi raqamdan iborat ekanligi ma’lum bo‘lsa, 

7 – rasm. Transportirdan 

burchakni o‘lchash uchun 

foydalaniladi. 

16 – rasm. Bu ikkita hisob-kitob ikkita anglatuvchi 

raqamlarni ko‘rsatadi. (a) da 2.0 ni 3.0 ga bo‘lamiz. To‘g‘ri 

javob 0.67 bo‘ladi. (b) da 2.5 ni 3.2 ga ko‘paytiramiz. 

To‘g‘ri javob 8.0 bo‘ladi. 



natijani  3,69

104  ko‘rinishida,  agar  anglatuvchi  raqamlar  to‘rtta  bo‘lsa,  3,690



104 


ko‘rinishida yozish kerak bo‘ladi. 

 

S MASHQ. Quyidagi sonlar uchun ilmiy belgilanishni yozing va anglatuvchi raqamlar 



miqdorini ko‘rsating: (a) 0,0258; (b) 42300; (c) 344,50. 

 

*Anglatuvchi raqamlar bilan taqqoslagandagi noaniqlik foizi 



Anglatuvchi  raqamlar  qoidasi  faqatgina  taxminan,  ba’zi  holatlarda  esa,  javobning 

aniqligini oxirigacha baholay olmaslikka, faraz qilamiz, masalan 97 ni 92 ga bo‘lganimizda, 

olib keladi. 

97/92=1,05

1,1. 


97 va 92 ning ikkalasi ham2 ta anglatuvchi raqamlarga ega bo‘lgani uchun javob 1.1 

bo‘ladi, ammo 97 va 92 soni 

1 ga teng noaniqlikni, agar boshqa noaniqlik ko‘rsatilmagan 



bo‘lsa, taxmin qiladi. Ikkala raqam ham 1% ga atrofidagi noaniqlikni taxmin qiladi. Ammo 

ikki  anglatuvchi  1.1  raqamlarning  oxirgi  natijasi  anglashiladigan  noaniqlik  bilan  10%  ni 

tashkil  qiladi.  Bunday  holda  (uchta  anglatuvchi  raqamdan  iborat)1.05  javobini  berish 

yaxshiroq. Nima uchun? Chunki, 1.05 dastlabki 92 va 97 raqamlarning noaniqligiga teng 

bo‘lgan noaniqlikka ega. 

TAKLIF  anglatuvchi  raqamlar  qoidasidan  foydalaning,  biroq  noaniqlik  foizini  ham 

hisobga  oling  hamda,  agar  noaniqlikning  nisbatan  to‘g‘riroq  hisobini  bersa,  qo‘shimcha 

raqamni ham qo‘shing. 

 

Yaqinlashishlar  



Fizikaning  kattagina  qismi  yaqinlashishni,  bu  bizning  ko‘pincha  masalani  aniq 

yechishning vositalariga ega bo‘lmaganimiz tufayli, o‘z ichiga oladi. Masalan, biz havoning 

qarshiligini  yoki  ishqalanishni,  garchi  ular  real  olamda  mavjud  bo‘lsa  ham,  hisobga  ola 

olmaymiz  va  unda  bizning  hisobimiz  yaqinlashtirilgan  bo‘ladi.  Masalani  yechishda  biz 

qanday yaqinlashishlarni qilishimizni va bizning javoblarimizning aniqligi ushbu natijadagi 

anglatuvchi raqamlar soni kabi yaxshi bo‘lishi mumkin emasligini bilishimiz kerak. 

 

Aniqlikka qarshi yaqinlashish 



“Aniqlik” va “yaqinlashish” o‘rtasida texnikaviy farq mavjud. Aniqlik qat’iy ma’noda 

berilgan instrumentdan foydalanib o‘lchashlarning qaytadin ishlanishidir. Masalan, agar siz 

doska(taxta)ning  enini  ko‘p  marta  o‘lchasangiz,  8.81sm,  8.85sm,  8.78  cm,  8.82  cm 

natijalarni  (har  gal  0,1  cm  belgilar  orasidagi  interpolyasiyalanuvchi)  olsangiz,  siz: 

o‘lchashlar  0,1  ga  qaraganda  yaxshiroq  aniqlikni  beryapti,  deb  aytishingiz  mumkin. 

Yaqinlashish esa o‘lchashlar haqiqqiy qiymatga qanchalik yaqinligini bildiradi. Masalan, 5 

-rasmda  ko‘rsatilgan  chizg‘ich  2%  li  xatolik  bilan  tayyorlangan  bo‘lsa,  doska  enini 

o‘lchashning aniqligi (8.8 cm ga yaqin) 8.8 cm dan 2% ga yoki shunga yaqinga teng bo‘ladi. 

Hisoblangan  noaniqlik  o‘lchashlarni  qayta  ishlash  aniqligi,  xuddi  o‘lchash  aniqligi  kabi 

haqiqiy qiymatga yaqinligini hisobga olishni anglatadi. 

 

5. O‘lchash birliklari, etalonlar va xalqaro birliklar sistemasi 



Har qanday fizikaviy kattalikning o‘lchanishi ma’lum etalonga yoki shu kattalikning 

birligiga nisbatan olib boriladi va bu birliklar albatta natijaning son qiymati bilan birgalikda 

olib borilishi kerak. Masalan, uzunlikni Britaniya birliklar tizimida dyum, fut yoki millarda, 



shuningdek,  metrli  birliklar  tizimida  santimetrlarda,  metrlarda  yoki  kilometrlarda 

o‘lchanishi  mumkin.  Berilgan  ob’ektning  uzunligi  18,6  ga  teng  deb  yozishning  ma’nosi 

yo‘q, bunda albatta o‘lchash birliklarini ham yozish kerak (ayonki, 18,6 m 18,6 dyuym yoki 

18,6 mm dan sezilarli farq qiladi). 

 

Uzunlik 


Uzunlikni o‘lchashning birligi sifatida biz metrdan, vaqtni o‘lchashda esa sekunddan 

foydalanamiz.  Biz  1  metr  uzunlik  yoki  vaqt  uchun  sekundning  aniq  belgilab  beradigan 

etalonni aniqlab olishimiz kerak. Tanlangan etalonlar yana qayta ishlanishi mumkin bo‘lishi 

muhim, chunki istalgan zarurat tug‘ilganda laboratoriya etaloni asosida o‘lchashlarni olib 

borish va boshqa odamlar bilan almashish mumkin bo‘lishi kerak. Birinchi xalqaro etalon 

bo‘lib 1791-yilda Fransiya fanlar akademiyasi tomonidan metr standartini o‘rnatish bo‘lgan. 

Metr  etaloni  qilib  Yer  ekvatoridan  istalgan  geografiy  qutb  tomon  masofaning  yuz 

milliondan  biri  tanlangan  (  bir  metr,  qo‘pol  qilib  aytadigan  bo‘lsak,  burun  uchidan 

gorizontal bo‘yicha uzatilgan qo‘l barmog‘ining uchigacha bo‘lgan masofadir). 1889-yilda 

metr nisbatan aniqroq qilib o‘rnatildi, u platino-iridiy qotishmasidan tayyorlangan maxsus 

sterjenning ikkita kertishlari (o‘yiqlari) orasidagi masofaga teng bo‘ldi. 1960-yilda aniqlikni 

orttirish  uchun  86-kripton  gazining  nurlantiradigan  zarg‘aldoq  rangli  to‘lqinning 

1650763,73 to‘lqin uzunligiga teng masofa olindi. 1975-yilda General (Bosh) konferensiya 

tomonidan yorug‘lik tezligi c = 299792,458 km/soat ga teng dunyoviy doimiy qabul qilindi. 

Bundan  kelib  chiqadiki,  metr  bu  yoruhlikning  vakuumda  sekundning  1/299792,458 

ulushida  bosib  o‘tgan  masofasiga  teng  kattalik  bo‘ldi.  (1983  y.  XVII  Generalnaya 

Konferensiya). 

Uzunlikning  Britaniya  birliklari  (dyuym,  fut  va  milyalari)  hozirgi  vaqtda  metrlarda 

ham  aniqlanadi.  Dyuym  2,54  cm    kabi  (1cm  =  0,01m).  aniqlanadi.  Qayta  hisoblashning 

boshqa koeffitsientlari ushbu kitobning old muqovasining ichki tomonida berilgan jadvalda 

keltirilgan. 1-1 jadvalda ba’zi tipik uzunliklar keltirilgan (1-8 rasmga q.) 



Vaqt 

Vaqtning standart birligi bo‘lib sekund (s) hisoblanadi. Ko‘p yillar davomida sekund 

o‘rtacha  quyon  sutkasi  (kecha-kunduzi)ning  1/86400  qismi  sifatida  aniqlangan.  Hozirgi 

vaqtda  sekund  seziy  atomining  ichidagi  elektronlarning  tebranishlari  orqali  aniqlanadi. 

Sekund  –  bu  132-  seziy  atomining  asosiy  holatining  ikkita  T4  va  T3o‘ta  nozik  sathlari 

orasidagi  o‘tishning  99192631770  nurlanish  davriga  teng  vaqtga  aytiladi,  xuddi 

yuqoridagidek,  bir  minutda  60  sekund,  bir  soatda  esa  –  60  minut  bor.  1-2  jadvalda 

o‘lchanadigan  vaqt  intervallari  (oraliqlari)  ning  diapazoni  keltirilib,  eng  yaqin  o‘nlik 

darajagacha yaxlitlangan. 

 

Massa 



Kilogramm massaning birligi bo‘lib, Fransiya – Parij atrofida doylashgan o‘lchovlar 

va  og‘irliklar  palatasida  saqlanadigan  platina  etalondan  qilingan  kilogrammning  xalqaro 

prototipiga  teng  massaga  aytiladi.  1-3  jadvalda  massalar  diapazoni  keltirilgan  (amaliy 

maqsadlar uchun Yerda 1 kg 2,2 funtga tengligidan foydalaniladi). 

Atomlar  va  molekulalar  bilan  ishlaganimizda  odatda  kilogramm  birligida 

unifitsirlangan massa atom birligidan foydalanamiz: 1 m.a.b.=1,6605 x 10-27 kg. 

O‘lchovning boshqa standart birliklarining ta’rifini navbatdagi boblarda kelgan joyida 

berib boramiz. 

 

Old qo‘shimchali birliklar 



Metrli tizimda standart birliklarga qaraganda nisbatan yirikroq va nisbatan maydaroq 

birliklar  10  ga  karrali  kattaliklar  ko‘rinishida  aniqlanib,  bu  hisoblashlarni  ancha 

osonlashtiradi. Demak, bir santimetr – bu 1/100 m, bir kilometr (km) 1000 m va h.k. Santi-, 

kilo-  va  sh.k.  old  qo‘shimchalar  1-4  jadvalda  sanab  o‘tilgan  bo‘lib,  nafaqat  uzunlik 

birliklariga, balki hajm, massa yoki boshqa metrik birliklarga ham qo‘llanilishi mumkin. 

Masalan, santimetr (cm) bu 1/100 metr, kilogramm (kg) – 1000 gramm (g). 8,2 megapikselli 

kamera alohida fotosezgir elementli 8200000 pikselli fotosezgir detektorga ega 

Umum qabul qilingani bo‘yicha 1 mkm (= 10-6 m) 1 mikronga teng deyiladi. 

 

Birliklar tizimi 



Fizikaviy qonunlar va ularni ifodalovchi tenglamalar bilan ish ko‘rganda kelishilgan 

to‘plam yoki birliklar tizimidan foydalanish juda muhim hisoblanadi. Ko‘p yillar davomida 

8 – rasm. Ba’zi uzunliklar: (a) yacheykaga hujum 

qilayotgan virus (10-7 m uzunlikdagi); (b) Everest 

tog‘ining balandligi 104m tartibida (dengiz sathidan 

8850 m balandlikda). 




turlicha  birliklar  tizimidan  foydalanishgan.  Hozirgi vaqtda  asosiy  birliklar  tizimi  bo‘limi 

bo‘lib Xalqaro birliklar tizimi, qisqacha XBS (Xalqaro sistema) hisoblanadi. XBS tizimida 

–  mexanik  kattaliklar  birliklari  (MKS)  tizimi  deb  ataladigan  tizimda  uzunlik,  vaqt  va 

massaning standart birligi bo‘lib mos ravishda metr, sekunda va kilogramm hisoblanadi. 

Birliklarning  boshqa  metrik  tizimi  –  SGS  tizimi  bo‘lib,  unda  uzunlik,  massa  va 

vaqtning standart birligi bo‘lib mos ravishda santimetr, gramm va sekund bo‘lib, u tizimning 

qisqartma nomida ko‘rsatilgan. Britaniya birliklar tizimida standart birliklar bo‘lib uzunlik 

uchun  fut,  kuch  uchun  kuch  funti  va  vaqt  uchun  sekund  qabul  qilingan  (garchi  bular 

Angliyadan ko‘ra AQSH da ko‘proq ishlatilsa ham). 

Hozirgi vaqtda turli ilmiy laboratoriyalarda XBS tizimi yanada kengroq qo‘llanilyapti. 

Shuning uchun ham ushbu darslikda biz ko‘proq XBS tizimidan foydalanamiz. 

 

Asosiy va hosilaviy kattaliklar 



Barcha  fizikaviy  kattaliklar  ikki  sinfga:  asosiy  va  hosilaviyga  bo‘linishi  mumkin. 

Ularga mos keluvchi o‘lchov birliklari ham asosiy va hosilaviy birliklar deyiladi. Soddalik 

uchun olimlar asosiy kattaliklarning, fizikaviy olamni to‘liq tavsiflashga imkon beradigan, 

minimal sonini tanlashga intiladilar. Bunday kattaliklarning yettita ekanligi aniqlandi va 5 

jadvalda  ular  XBS  tizimi  uchun  keltirilgan.  Istalgan  boshqa  kattaliklar  mana  shu  yettita 

kattalik  orqali  aniqlanishi  mumkin.  Kattaliklarning  ko‘pchiligi  asosiy  kattaliklar  orqali 

aniqlanadi,  masalan,  tezlik  jism  ko‘chishining  shu  ko‘chish  uchun  ketgan  vaqtga  nisbati 

bilan  aniqlanadi.  Asosiy  kattaliklar  ta’rifi  bo‘yicha  boshqa  kattaliklar  orqali  aniqlanishi 

mumkin  emas,  shuning  uchun  ham  ular  asosiy  kattaliklar  deyiladi.  Biroq  bu  asosiy 

kattaliklarni o‘lchash qoidasini (yoki qoidalarni tanlashni) ko‘rsatib o‘tish zarur. Bunday 

ta’riflash operatsion deyiladi va u asosiy kattaliklar uchun ham, hosilaviy kattaliklar uchun 

ham berilishi mumkin. 

 

6. O‘lchov birliklarining o‘zgartirilishi 



Biz  o‘lchayotgan  istalgan  uzunlik,  tezlik  yoki  elektr  toki  kabi  kattaliklar,  birlik  va 

sonlardan iborat. Ko‘pincha bizga fizikaviy kattaliklar bitta birliklar tizimida beriladi, ammo 

biz  ularni  boshqa  birliklar  tizimida  ifodalamoqchimiz.  Masalan,  faraz  qilamizki,  biz 

o‘lchayotgan polka (tokcha) ning eni 21,5 dyuym va uni santimetrlarda ifodalamoqchimiz. 

Biz  qayta  hisoblan  koeffitsientidan  foydalanishimiz  kerak,  1  dyuym  =  2,54  cm  yoki 

boshqacha yozganda 1= 2,54 sm/dyuym. Shunday qilib,  

21,5 dyuym = (21,5dyuym) 

 (2,54sm/dyuym) = 54,6 cm. 



Qayta o‘zgartirish birliklarining katta sonini o‘z ichiga olgan jadval ushbu kitobning 

old muqovasining ichida joylashgan. Keling, bir nechta misollarni ko‘rib chiqamiz. 

1-3  MISOL.  Sakkizmingli  cho‘qqilar.  Dengiz  sathidan  8000  metrdan  yuqorida 

joylashgan faqat 14 tagina tog‘ cho‘qqisi mavjud. Ular dunyodagi eng yuqori cho‘qqilar 

hisoblanadi (9 rasm va 6 jadval) va ular “sakkizming-lilar” deb ataladi. 8000 m li cho‘qqi 

futlarda nechaga teng bo‘ladi? 

YONDOSHUV. Biz metrlarni futlarga (oyoq kafti uzunligi) o‘zgartirishimiz kerak.  



1 dyuym = 2,54 cm o‘zgartirish koeffitsientini olamiz. Demak, har qanday anglatuvchi 

raqamlar uchun 1 dyuym = 2,5400 cm bo‘ladi. 

YECHIM. Bir fut 12 dyuymga teng. O‘chirilgan (rangli egri chiziqlar bilan) birliklar 

belgilanganiga e’tibor beramiz  

1 fut = (12 dyuym) (2,54 sm/dyuym) = 30,48 cm = 0,3048m, ga teng 

Bu tenglama futning metrlardagi 0,304800 ga teng qiymatini beradi. Shunday qilib,  

1 m = fut/0,3048 = 3,28084 fut. 

8000,0 m = (8000,0 m) (3.28084 fut/m) = 26 247 fut. 

8000,0 m li balandlik dengiz sathidan 26 247 fut ni tashkil qiladi. 

ESLATMA. Biz hamma o‘zgartirishlarni bitta qatorning o‘zida qilishimiz mumkin edi: 

8000,0m 

(8000,0m) 



(100sm/1m) 

(1dyuym/2,54sm) (1fut/12dyuym) = 26247 fut. 

Bu  yerda  eng  asosiysi  qayta  hisoblash 

koeffitsientlarini ko‘paytirishdan iborat. 

Burchak  (radian),  fazoviy  burchak  (steradian) 

uchun  ba’zi  o‘zgartirish  koeffitsientlari  8-bobda 

keltirilgan,  shuningdek  tovush  darajasi  –  bel  yoki 

detsibel uchun 12 bob da keltirilgan. Ularning asosiy 

yoki  hosilaviy  kattalik  ekanligi  bo‘yicha  umumiy 

kelishuvga kelinmagan. 

4  -  MISOL.  Kvartiraning  yuzasi.  Barchaga 

ma’lumki, yaxshi kvartiraning yuzasi 880 kvadratnыx 

fut(fut2). ni tashkil qiladi. Kvartiraning yuzasi kvadrat 

metrlarda qanchaga teng bo‘ladi?  

YONDASHUV.  Biz  bitta  1dyuym  =  2,54  cm 

o‘zgartirish  koeffitsientidan  foydalanamiz,  ammo  bu  gal  biz  o‘zgartirish  koeffitsientidan 

ikki marta foydalanishimiz kerak. 

YECHIM. 1dyuym = 2,54 cm = 0,0254m ga teng ekanligidan 

1 (fut)2 = (12dyuym)2x(0,0254m/dyuym)2 = 0,0929 m2. 

880(fut)2 = (880fut2) (0,0929m2/(fut)2) = 82 m2. 

ESLATMA.  Kvadrat  futlarda  (fut)2keltirilgan  yuza  kvadrat  metrlarda  keltirilgan 

miqdordan taxminan 10 martacha (aniqrog‘i 10,8 martaga yaqin) katta bo‘ladi. 

 

    5 MISOL.Tezliklar.Tezlikni soatiga 55 milgacha cheklash belgisi o‘rnatilgan joyda 



tezlik (a) metr taqsim sekundlarda (m/s) va (b) v soatiga kilometrda (km/soat) nimaga teng 

bo‘ladi? 

YONDASHUV.  Biz  yana  1  dyuym=2,54  cm  o‘zgartirish  koeffitsientidan 

foydalanamiz  va  bir  mil  5280  futni  tashkil  etishini,  shuningdek  1  soat  60  minutdan 

iboratligini (60 min/soat) x (60s/m) = 3600 sekund ni eslatamiz. 

YECHIM. (a) 1 mil ni quyidagicha yozish mumkin 

1 mil = (5289 fut) (12 dyuym/fut) (2,54 cm/dyuym)(1m/100sm) = 1609 m. 

Biz shuni ham bilamizki, 1 soat 3600s ga teng, unda 

55 min/soat = (55min/soat) (1609m/mil) (1soat/3600s) = 25 m/s. 

Bu yerda biz ikkigacha anglatuvchi raqamlarga yaxlitlaymiz. 

(b) Endi 1mil = 1609m = 1,609km ekanligidan foydalanamiz, unda 

55mil/soat = (55mil/soat) 

 (1,609km/ soat) = 88km/ soat 



9 – rasm. “Sakkizmingliklar” ichida 

chiqish eng qiyini bo‘lgan ikkinchi 

eng baland cho‘qqi Mira K2. K2 bu 

yerda janubdan (Pokiston) ko‘rinadi

1-3- misol.



 


ESLATMA. Har bir o‘zgartirish koeffitsienti birga teng. Shunda siz old muqovaning 

ichidagi jadvalda keltirilgan o‘zgartirish koeffitsientlarining ko‘piga ega bo‘lasiz. 

D  MASHQ.  Birinchi  bobga  –  birinchi  betdagi  kirish  savoliga  qaytamiz  va  unga 

boshqatdan  javob  berishga  urinib  ko‘ramiz.  Birinchi  galda  nima  uchun  turlicha  javob 

berganingizni tushuntirishga urinib ko‘ring.  

E  MASHQ.  Haydovchi  35  mil/soat  tezlik  cheklanishiga  ega  bo‘lgan  zonada  nima 

uchun 15 m/s tezlik bilan yuribdi? 

     7. Kattalik tartibi: tezkor baholash 

Bizni ba’zan fizikaviy kattalikning faqat yaqinlishtirilgan qiymatigina qiziqtiradi. Bu 

aniq  hisoblar  o‘zini  oqlamaydigan  darajada  ko‘p  vaqt  sarflashni  yoki  qo‘shimcha 

ma’lumotlarni  bila  olmagan  holatimizda  bo‘ladi.  Boshqa  holatlarda  kalkulyatorda 

bajarilgan  hisoblarni  tekshirish,  sonlarni  chiqarishda  qo‘pol  hatolarga  yo‘l 

qo‘yilmaganligiga ishonch hosil qilish uchun qo‘pol baholashni o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. 

Bundan  tashqari,  kalkulyatorda  hisoblagandi  kattalikning  tartibini  (10  sonining  to‘g‘ri 

darajasini) yo‘qotib qo‘yish mumkin, qo‘pol baholash esa buni to‘g‘rilashga yordam beradi. 

Umumiy  holatda  qo‘pol  baholash  barcha  sonlarni  10  ning  qaysidir  darajasiga 

ko‘paytirilgan  bitta  anglatuvchi  raqamgacha  yaxlitlash  sifatida  o‘tkaziladi,  buning  ustiga 

hisoblash  o‘tkazilganidan  keyin  ham  bitta  anglatuvchi  raqam  saqlanib  qoladi.  Bunday 

baholash kattalikni tartibi bo‘yicha baholash deb ataladi va u 10 ko‘paytuvchigacha (ammo 

odatda undan ham yaxshiroq) aniqlikni beradi deb hisoblash mumkin. Ko‘pincha “kattalik 

tartibi” iborasidan faqat 10 sonining darajasini ko‘rsatish uchun foydalaniladi. 

Keling, bir qancha misollar keltiramiz. 

  6- MISOL. Ko‘l hajmini baholash. Misol sifatida diametri 1 km ga yaqin, o‘rtacha 

chuqurligi 10 m bo‘lgan deyarli dumaloq qandaydir ko‘ldagi suv miqdorini topamiz, 1-10 b 

rasm. 

YECHIM.  Hajmni  topish  uchun  ko‘lning  o‘rtacha  chuqurligini  uning  sirtining 



yuzasiga (ko‘l silindr shakliga ega deb faraz qilib)ko‘paytiramiz. Faraz qilamizki, ko‘lning 

radiusi r = 500m, uning yuzasi 

𝜋𝑟2ga va taxminan ≈ 8 x 106m2 ga teng. Shuning uchun 

hajm quyidagiga taxminan teng 

(10m) x (3) x (5x102)2 = 8 x 106 m3 

O‘n million metr kub atrofida ekan. 

ESLATMA. Bizning natijani AQSH gallonlarida ifodalash uchun 1litr = 10-3m3 

≈ ¼ 


gallon hisobga olamiz. Demak, ko‘l  

(8 x 106m3) (1galon/4 x 10-3m3) 

≈ 2 x 109 

gallon suvga ega. 

7 MISOL. Qog‘oz varag‘ining qalinligini baholash. Ushbu kitob betining qalinligini 

baholaymiz. 




YONDASHUV.  Avvaliga  siz  bir  varaqning  qalinligini 

o‘lchash  uchun  maxsus  o‘lchov  asbobi  –  mikrometr  kerak, 

chunki  ruletka  yurqa  qog‘ozning  qalin-ligini  o‘lchay  olmaydi, 

deb o‘ylashingiz mumkin (1-11 rasm). Ammo biz bu kitobning 

barcha  varaqlari  qalinligi  bo‘yicha  bir  xil  degan  usulni 

qo‘llashimiz mumkin. 

YECHIM.  Biz  chizg‘ichdan  yuzlab  betlarning  qalinligini 

birdaniga o‘lchash uchun foydalangishimiz mumkin. Agar ushbu 

kitobning birinchi 500 betining qalinligini o‘lchasak, 1,5 cm ga 

teng qalinlikni olishimiz mumkin. 500 ta nomerlangan bet – 250 

ta  alohida  qog‘oz  varag‘idir.  Shunday  qilib,  bir  varaqning 

qalinligi  

1,5cm 250 varaq

 6 



 10-3cm = 6 

 10-2 mm 



ga  yoki  o‘ndan  bir  millimetrdan  (0,1mm)  kamroqqa  teng 

ekan.  


 

8 -MISOL. Uchburchakning balandligi. 12 -rasmda ko‘rsatilgan binoning balandligini 

avtobus bekati ustuni va o‘rtoq (turgan odam)ning “triangulyasiyasi” yo‘li bilan baholash.  

YONDASHUV. Do‘stingizni ustunning yoniga turg‘izib, ustunning balandligini 3 m 

ekanligini  baholaysiz.  Sizning  navbatdagi  qadamingiz  ustundan  binoning  pastki  qismiga 

mos  kelgan  yuqorisigacha,  1-12  rasm,  uzoqlashasiz.  Sizning  bo‘yingiz  5  fut  6  dyumga 

tengligidan  sizning  ko‘zlaringiz  yerdan  1,5  m  sathda  joylashgan  bo‘ladi.  Sizning 

do‘stingizning  bo‘yi  baland,  u  qulini  uzatganida  bitta qo‘li  ustunga,  bitta qo‘li  esa sizga 

tegadi, demak, siz masofani 2 m ga tengligini baholaysiz. (1-12 a rasm). So‘ng ustundan 

binoning asosigacha bo‘lgan masofani 1m ga teng katta qadamlar bilan o‘lchaysiz, va siz 

umumiy hisobda 16 qadam yoki 16 m ni olasiz. 

11 – rasm. 1-7misol. 

Kichik qalinliklarni 

o‘lchashda mikro-

metrdan foydalanish. 

10 – rasm. 1-6 misol. (a) Bu ko‘lda qancha suv bor? (Fotografiyada 

Kaliforniyaning Nevadasi Serradagi Rey ko‘llaridan biri tasvirlangan).  (b) Silindr 

ko‘rinishidagi ko‘lning modeli(Biz yana bir qadam oldinga borib, bu ko‘lning 

massasini yoki og‘irligini baholashimiz mumkin edi). Keyinchalik ko‘ramizki, 

ko‘l 1000 kg/m3 zichlikka egaligidan (103kg/m3) (107m3) = 1010kg ga yaqin 

massaga ega. Bu 10 milliard kg yoki 10 million metrik tonnaga teng. O‘z 



YECHIM.  Endi  siz  masshtablaysiz,  rasmini  chizasiz  va  12b-  rasmda  ko‘rsatilgan 

diagrammani  tuzasiz.  Shunday  diagrammaning  o‘zida  siz  uchburchakning  balandligini 

o‘lchashingiz mumkin va u x = 13m. ga yaqinni tashkil qiladi. 

1,5m/2m = x/18m,  

shunday qilib, x = 13,5m 13m. 

Nihoyat,  siz  oxirgi  natijani  olish  uchun  ko‘zlaringizning  yer  sathidan  1,5  m 

balandligini  qo‘shasiz:  binoning  balandligi  15  m 

atrofida ekan.  

Mashhur fizik Enriko Fermi (1901-1954, 1.13–

rasm) tomonidan, o‘z talabalariga Chikago yoki Sar-

Fransisko  shaharlaridagi  pianino  sozlovchilarining 

sonini  qanday  aniqlashni  ko‘rsatish  uchun, 

boshqacharoq  yondashuv  qilingan.  San  –Fransisko 

shahridagi sozlovchilarning miqdoriga teng taxminiy 

tartibni  baholash  uchun  shaharda  800  ming  aholi 

yashaydi,  deb  hisoblaymiz.  Keyin  ishlab  turgan 

pianinolarning  miqdorini,  pianino  qanchalik  tez-tez 

sozlanishi va qancha pianinoni sozlash mumkinligini 

baholashni  davom  ettirish  mumkin.  San-Fransisko 

shahridagi  pianinolar  miqdorini  aniqlash  uchun 

uchta oiladan  

bittasida  pianino  bor,  deb  faraz  qilamiz.  Agar 

oila o‘rtacha 4 kishidan iborat bo‘lsa, bitta pianino 

12  kishiga  mos  keladi.  Kattaliklar  tirtibi  bo‘yicha  1  ta  pianino  10  kishiga  mos  keladi, 

deymiz. 

YECHIM.  1  ta  pianino  10  kishiga  mos  keladigan  San  Fransisko  shahrida  80000  ta 

pianino  bor.  Sozlovchiga  bitta  pianinoni  sozlash  uchun  bir  yoki  ikki  soat  kerak,  deb 

hisoblaymiz. Demak, keling baholaymiz. Sozlovchi bir kunda 4 yoki 5 ta pianinoni sozlashi 

13 – rasm. Enriko Fermi. Fermi 

nazariy fizikaga ham, 

eksperimental fizikaga ham 

o‘zining katta (sezilarli) ulushini 

qo‘shgan, shuningdek hozirgi  

 

12 – rasm. 8 misol. Diagrammalar haqiqatda 



foydali. 


mumkinligi  baholaymiz.  Sozlovchi  kuniga  4  ta  pianinoni,  haftaning  5  kunida,  yildagi  50 

haftada  yil  davomida  1000  taga  yaqin  pianinoni  sozlashi  mumkin.  Shunday  qilib,  San 

Fransisko shahrida 80000 ta pianino bor, 80 taga yaqin pianino sozlovchisi zarur ekan. Bu, 

albatta, faqat qo‘pol baholash. 

Nisbatan murakkabroq misol 

9-  MISOL.  Yerning  radiusini  baholash.  Xoh  ishoning,  xoh  ishonmang,  siz  yerning 

radiusini kosmosga ko‘tarilish zaruratisiz baholashingiz mumkin (1 betdagi fotografiyaga 

qarang).  Agar  siz  qachonlardir  katta  ko‘lning  qirg‘og‘ida  bo‘lgan  bo‘lsangiz,  e’tibor 

bergandirsiz, siz ko‘lning  qarama-qarshi qirg‘og‘ida suv sathidagi plyajlar,  prichal(kema 

bog‘lab qo‘yiladigan joy)lar yoki qoyalarni ko‘ra olmagansiz. Ko‘l siz va ko‘lning qrama-

qarshi tomoni orasida bo‘rtib chiqib turgandek tuyuladi, bu esa Yerning dumaloq ekanligiga 

yaxshigina  misoldir.  Faraz  qilamizki,  siz  narvon  yordamida  suvdan  10  fut  (3,0  m) 

balandlikka ko‘tarildingiz, siz qarama-qarshi qirg‘oqda suv sathidagi qoyalarni shunchaki 

ko‘rishingiz  mumkin.  Karta  yordamida  siz  qarama-qarshi  qirg‘oqqacha  bo‘lgan  masofa 

d=6,1  kmni  baholaysiz.  1-14  rasmdan  foydalanib,  h  =  3,0  m  balandlikdan  Yerning  R 

radiusini baholaysiz. 

YONDASHUV.  Biz  Pifagor  teoremasini  o‘z  ichiga  olgan  oddiy  geometriyadan 

foydalanamiz.  

c = a2 + b2, 

Bu yerda s istalgan to‘g‘ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi, a va v esa qolgan 

tomonlarning uzunliklari. 

YECHIM. 1-14 rasmda ko‘rsatilgan to‘g‘ri burchakli uchburchak uchun ikkala tomon 

Yerning R radiusi hisoblanadi va masofa d = 6,1km = 6100m ga teng. Gipotenuza h = 3,0m 

bo‘lgan R + h ga teng. Pifagor teoremasi bo‘yicha 

R2 + d2

(R + h)2



R2 + 2hR + h2  

Buni  algebraik  jahatdan  yechib,  ikkala  tomonni  R2  ga  qisqartirib,  quyidagiga  ega 

bo‘lamiz. 

d2 – h2 = (6100 m)2– (3,0 m)2  



(6100m)2 – (3,0 m)2 /6,0 m = 6,2 

 106 m = 6200 km. 



14 – rasm. 9 misol, masshtablanmagan. Agar 

siz narvonga chiqsangiz, h balandlikda siz 

eni 6,1 km bo‘lgan ko‘lning qarama-qarshi 

qirg‘og‘ida suv sathida toshlarni qiyinchilik 

bilan ko‘rasiz. 



ESLATMA. Aniq o‘lchovlar 6380 km ni beradi. Ammo natijalaringizga qarang! Oddiy 

geometriya  va  bir  necha  oddiy  qo‘pol  o‘lchovlar  yordamida  siz  Yer  radiusini  yaxshi 

baholadingiz. 

 

F  MASHQ.1-  betga  qayting,  kirish  savoliga  qarang  va  unga  hozir  qaytadan  javob 



bering. Siz birinchi galda balki boshqacha javob berganingizni tushuntirishga urinib ko‘ring. 

 

 8. O‘lchamlilik va O‘lchamlilikning tahlili 



Biz  kattalikning  o‘lchamliligi  deganda,  berilgan  kattalikni  tuzish  mumkin  bo‘lgan 

asosiy birliklar yoki asosiy kattaliklarni nazarda tutamiz. Masalan, yuzaning o‘lchamliligi 

doimo  uzunlikning  kvadrati  [L2]  ga  teng,  bu  yerdan  va  bundan  keyin  kvadrat  qavslar 

o‘lchamlilikni anglatadi, yuzaning o‘lchov birligi kvadrat metr, kvadrat fut, sm2 va sh.k. 

bo‘ladi.  Tezlik  esa  km/soat,  m/s  yoki  mil/soat  birliklarda  o‘lchanishi  mumkin,  ammo 

o‘lchamlilik  doimo  [L]  uzunlik  o‘lchamliliginig  [T]  vaqt  o‘lchamliligiga  nisbatiga  teng, 

ya’ni biz [L/T] ga ega bo‘lamiz. 

Kattalikni tavsiflaydigan formulalar turli holatlarda turlicha bo‘lishi mumkin, ammo 

o‘lchamlilik  o‘shaning  o‘zi  bo‘lib  qoladi.  Masalan,  b  asosga  va  h  balandlikka  ega 

uchburchakning yuzasi A = (1/2)b∙h ga teng, r radiusga ega aylananing yuzasi A = πr2 ga 

teng. Bu formulalar bir-biridan farq qiladi, ammo ikkala holatda o‘lchamlilik mos keladi va 

[L2] ga teng. 

O‘lchamlilikni  tanlash  qoidasi  turli  nisbatlarni  keltirib  chiqarishda  yordam  berishi 

mumkin,  bunday  protsedura  u  yoki  bu  nisbatning  to‘g‘riligini  tekshirish  uchun 

o‘lchamlilikning  tahlili  deb  ataladi.  Bu  Yerda  ikkita  oddiy  qoidadan  foydalaniladi. 

Birinchidan, faqat bir xil o‘lchamlilikdagi kattaliklarni qo‘shish yoki ayirish (santimetrlar 

va  grammlarni  qo‘shib  bo‘lmaydi)  mumkin;  ikkinchidan,  istalgan  tenglamaning  ikkala 

qismida  turgan  kattaliklar  bir  xil  o‘lchamlilikka  ega  bo‘lishi  kerak.  (Sonli  hisoblarda 

birliklar ham tenglamaning ikkala tomonida bir xil bo‘lishi kerak).  

Masalan, v = vo + (1/2) at2 ifoda olingan bo‘lsin, bu yerda v – jismning t vaqt o‘tishi 

bo‘yicha  tezligi,  vo  –  jismning  boshlang‘ich  tezligi,  a  -  u  olayotgan  tezlanish.  Bu 

formulaning  to‘g‘riligini  tekshirish  uchun  o‘lchamlilikning  tahlil  qilingan.  Tenglamani 

o‘lchamlilik  uchun  yozamiz  va  tezlikning  o‘lchamliligi  [L/T]  ga,  tezlanish  esa,  2-bobda 

ko‘ramiz, [L/T2] o‘lchamlilikka ega ekanligini hisobga olamiz 

[L/T] = [L/T] + [L/T2][T2] = [L/T] + [L]. 

Bu  formulada  o‘lchamlilik  bo‘yicha  hammasi  joyida  emas,  tenglamaning  o‘ng 

tomonida o‘lchamliligi mos kelmaydigan kattaliklarning summasi (yig‘indisi) turibdi. Bu 

yerdan  boshlang‘ich  ifodani  yozishda  xatolikka  yo‘l  qo‘yilgan,  degan  xulosaga  kelish 

mumkin. 

Ikkala tomonda o‘lchamlilikning mos kelishi hali ifodaning to‘g‘riligini isbotlamaydi. 

Masalan, 1/2 yoki 2π o‘lchamsiz sonli ko‘paytma yoki noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Shuning 

uchun  o‘lchamlilikni  tekshirish  faqatgina  ifodaning  xatoligini  ko‘rsatishi  mumkin,  biroq 

uning to‘g‘riligining isboti bo‘la olmaydi. O‘lchamlilikni tahlil qilishdan, siz ishonch hosil 

qilmagan, nisbat (tenglama)ni tezkor tekshirishda foydalanish mumkin. Faraz qilamiz, siz T 

davr uchun (to‘liq tebranishni amalga oshirish uchun zarur vaqt, uzunligi l bo‘lgan oddiy 

matematik mayatnik davri T = 2π




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling