Fanni o‘qitish va maqsadlari. O‘lchash, Baholash Reja


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#203189
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 маруза Fanni o‘qitish va maqsadlari O‘lchash, Baholash fb333ddb87b04a5d4401ef0fd47350e5

Fanning tabiati 

Har  qanday  fanning,  shu  jumladan,  fizikaning  asosiy  maqsadi,  bizning  sezgi 

organlarimiz qayd qiladigan murakkab jarayonlarni tizimga keltirish, ya’ni biz “atrofimizni 

o‘rab turgan olam” deb ataladigan narsani tartiblashtirish sifatida qaraladi. Ko‘pchilik ilmiy 

bilishni dalillar to‘planishining va nazariyani “fikrlab chiqishning” mexanikaviy jarayoni 

ko‘rinishida  tasavvur  qiladi.  Biroq  haqiqatda  bunday  emas.  Ilmiy  bilish  ijodiy  jarayon 

bo‘lib,  u  ko‘pincha  inson  faoliyatining  an’anaviy  ijodiy  deb  hisobladigan  boshqa 

ko‘rinishlarini eslatadi. 




Buni  tasdiqlaydigan  bir  necha  misollarni  keltiramiz.  Fanning  muhim  ajralmas 

belgilaridan biri – hodisani kuzatish hisoblanadi. Biroq har qanday kuzatish tasavvurning 

mavjudligini talab qiladi, chunki olim kuzatayotganlarining hammasini ham bayoniga kirita 

olmaydi. Shuning uchun kuzatuvlardan qay biri haqiqatdan ham muhimligini hal qilishga 

to‘g‘ri keladi. 

Masalan,  ikki  buyuk  mutafakkir  Arastu  (eramizgacha  384-322-yy.,1-1-rasm)  va 

Galiley  (1564-1642-yy.,  2-18-rasm)ning  gorizontal  sirt  bo‘ylab  harakatni  qanday  talqin 

qilganlarini qarab chiqamiz. Arastu yerda (yoki stol sirtida) turgan jism, dastlabki turtkini 

olganidan  keyin  doimo  sekinlashishi  va  to‘xtashini  kuzatdi.  Bu  yerdan  Arastu  jismning 

tabiiy  holati  tinchlikdagi  holati  deb  taxmin  qildi.  Galiley  1600-yillarning  boshlarida 

Arastuning  gorizontal  harakatni  o‘rganish  bo‘yicha  tajribalarini  takrorlab,  mohiyati 

bo‘yicha, qarshiliksiz harakatning ideallashtirilgan holatiga murojaat qildi. Aslida Galiley, 

agar ishqalanishni bartaraf etish mumkin bo‘lsa, dastlabki turtkini olgan jism noaniq uzoq 

vaqt  mobaynida  to‘xtovsiz  harakatini  davom  ettirishini  fikran  tasavvur  qildi.  Galiley 

jismlarning harakat holati xuddi tinchlikdagi holati kabi tabiiy holat ekanligi haqida xulosa 

qildi. U xuddi o‘sha “dalil”larning o‘zida yangi narsani ko‘ra oldi, aynan shuning uchun 

ham  Galileyni  harakat  haqidagi 

zamonaviy 

tasavvurlarning 

asoschisi  deb  hisoblash  qabul 

qilingan  (2,  3  va  4-  boblar). 

Ko‘rinib 

turibdiki, 

bunday 


“ko‘rish”  tajribani,  ishqalanishni 

haqiqatda 

olib 

tashlamasdan, 



sinchiklab  o‘ylash  natijasidagina 

yuzaga kelishi mumkin. 

Nazariya 

hech 


qachon 

bevosita  kuzatuvlarning  o‘zidan 

kelib  chiqmaydi,  aksincha, 

ularni  inson  ongi  orqali 

tajribalardan 

olingan 


dalillarni tushuntirish uchun 

yaratiladi.  Masalan,  atomik 

nazariyaga  ko‘ra  modda 

atomlardan  tuzilganligi  haqidagi  xulosani  olimlar  biror  kishi  atomni  real  (haqiqatda) 

ko‘rgani uchungina aytmaydilar. Bu tasavvur insonning ijodiy tafakkuri orqali yaratilgan. 

Xuddi shunday tarzda, maxsus nisbiylik nazariyasi, yorug‘likning elekromagnit tabiati va 

Nyutonning butun olam tortishish qonuni kabi fundamental nazariyalar yuzaga kelgan. 

Buyuk  ilmiy  nazariyalarni  adabiyot  yoki  san’atdagi  buyuk  ijod  namunalari  bilan 

tenglashtirish  mumkin.  Biroq,  ilm  ijodiy  faoliyatning  boshqa  turlaridan  sezilarli  darajada 

farq qiladi, asosiy farq shundaki, fan o‘zining nazariyalari va tushunchalarini tekshirishni 

talab  qiladi:  uning  bashoratlari  eksperiment  (tajriba)da  tasdiqlanishi  kerak.  Darhaqiqat, 

eksperiment (tajriba)ning sinchiklab qo‘yilishi fizikaning muhim qismlaridan biridir. 

Biroq ilmiy nazariyani eksperiment (tajriba)da “isbotlash” mumkin, deb hisoblash ham 

to‘g‘ri  emas.  Bu,  eng  avvalo,  shuning  uchunki,  biz  ideal  o‘lchov  instrumentlari  (yoki 

asboblari)ga ega emasmiz, ya’ni absolyut to‘liq o‘lchash umuman mumkin emas. Bundan 

tashqari, nazariyani barcha bilishi mumkin konkret (aniq) sharoitlarda tekshirish mumkin 

emas. Demak, uni absolyut aniq tekshirish mumkin emas. Haqiqatda nazariyalarning o‘zi, 

1– rasm. Rafaelning 1510-yillar atrofida chizilgan “Afina 

maktabining yaralishi” suratida Arastu markazdagi (ko‘k 

rangli kiyimdagi) figura bo‘lib, zinaning yuqori qismida 

(uning yonidagi figura – Platon (Aflotun) turibdi. Bundan 

tashqari, san’atning buyuk shoh (noyob, nodir) asari 




umuman  olganda,  mukammal  emas  –  nazariya  har  bir  olingan  alohida  holatdagi  u 

tekshirilayotgan kuzatuv natijalari bilan kamdan-kam hollarda aniq (eksperiment (tajriba) 

xatoliklari  chegarasida)  mos  keladi.  Fan  tarixi  shunga  guvohlik  beradiki,  yaratilgan 

nazariyalar o‘z muddatini o‘tab bo‘lib, arxivga topshiriladi, ularning o‘rniga doimo yangi 

nazariyalar  keladi.  Zamonaviy  fan  falsafasining  diqqat  markazida  turgan  ilmiy 

nazariyalarning  almashinuvi  jarayonlarini  biz  bu  yerda  faqat  juda  qisqa  qilib  muhokama 

qilishimiz mumkin. 

Ba’zi  holatlarda  yangi  nazariya  olimlar  tomonidan  uning  bashoratlari  eksperiment 

(tajriba) bilan avvalgi nazariyaga qaraganda miqdoran mosroq kelganligi uchungina qabul 

qilinadi.  Biroq  ko‘plab  holatlarda  yangi  nazariya  avvalgi  nazariyaga  qaraganda 

hodisalarning nisbatan kengroq qismini tushuntirib bera olgani uchun tan olinadi. Masalan, 

Kopernik  tomonidan  tuzilgan  markazida  Quyosh  bo‘lgan  Koinot  nazariyasi  osmon 

jismlarining  harakatini  Ptolemey  tomonidan  markazida  Yer  bo‘lgan  koinot  haqidagi 

avvalroq yaratilgan nazariyaga qaraganda aniqroq tavsiflay olmagan. Biroq Kopernikning 

nazariyasi (1-2b rasm) Ptolemeyning nazariyasidan (1-2a rasm) farqli ravishda ba’zi muhim 

natijalarga ega edi: jumladan, uning yordamida Quyosh tizimi planetalari (sayyoralari)ning 

joylashish tartibini va ulargacha bo‘lgan masofani aniqlash; shuningdek, Venera uchun Oy 

fazalariga  o‘xshash  fazalarni  aytib  bera  olish  mumkin  bo‘ldi.  Nisbatan  hodisalarning 

ko‘plab miqdorini birlashtiradigan va tushuntirib bera oladigan soddaroq va mazmunliroq 

nazariya olim uchun doimo foydali va maftunkordir. Aynan shu aspekt (jabha), shuningdek, 

eksperiment  (tajriba)  bilan  miqdoran  mos  kelish  u  yoki  bu  nazariyani  qibul  qilishda  hal 

qiluvchi rol o‘ynaydi.  

Istalgan nazariyada u  miqdoriy  ma’lumotlarni qanchalik aniq olishga imkon berishi 

juda  muhim  hisoblanadi,  shu  nuqtai  nazardan  yangi  nazariya  ko‘pincha  avvalgisidan 

unchalik farq qilmaydigandek tasavvur qilinadi. Masalan, Eynshteynning maxsus nisbiylik 

nazariyasi  deyarli  barcha  oddiy  vaziyatlar  uchun  Galiley  va  Nyutonning  avvalgi 

nazariyalaridan  deyarli  farq  qilmaydigan  bashoratlarni  beradi,  biroq  u  yoruhlik  tezligiga 

yaqin  juda  katta  tezliklardagi  chegaraviy  holatlarda  nisbatan  aniq  natijalarga  olib  keladi. 

Shu  nuqtai  nazardan  nisbiylik  nazariyasini  eski  nazariyaning  faqatgina  kichkinagina 

aniqlashtirish  kabi  qarab  chiqish  mumkin.  Biroq  miqdoriy  bashorat  (avvaldan  aytish)  – 

nazariyaning  yagona  muhim  natijasi  emas.  U  bizning  fizikaviy  olamni  tushunishimizni 

o‘zgartirishi  ham  mumkin.  Masalan,  Eynshteynning  nisbiylik  nazariyasi  ta’siri  ostida 

bizning fazo va vaqt haqidagi tasavvurlarimiz sezilarli darajada o‘zgardi, buning ustiga biz 

massa va energiya tushunchalarining birgalikdaligini (mashhur E = mc2 munosabat asosida) 

tushundik. Shunday qilib, nisbiylik nazariyasi fizikaviy olamning tabiatiga qarashlarimizni 

keskin o‘zgartirdi. 




 

1-2. Fizika va uning fanning boshqa sohalari bilan bog‘liqligi 

Uzoq vaqt davomida fan tabiiy falsafa sifatida mashhur bo‘lgan u yoki bu darajadagi 

yagona yaxlitlik bo‘lgan. Faqat bir yoki ikki asr keyingina fizika va kimyo orasini farqladilar 

va hatto hayot haqidagi fanlar ham muhim bo‘la boshladi. Aslini olganda, san’at va aniq 

fanlar  orasidagi,  hozir  biz  ko‘rayotgan  aniq  farq,  faqatgina  bir  necha  asrdan  berigina 

mavjud.  Unda, 

xuddi 


boshqa 

sohalarning 

rivojlanishi 

fizikaga 

ta’sir 

ko‘rsatgani kabi, 

fizikaning 

rivojlanishi 

boshqa 

sohalarga  ta’sir 

qilganining hech 

qanday 


hayratlanarli 

joyi 


yo‘q. 

Masalan, 

Uyg‘onish 

davrining  buyuk 

rassomi,  tadqiqotchi  va  muhandisi  Leonardo  da  Vinchining  yon  daftarchalari  (1-3  rasm) 

tuzilmaning ichida ta’sir qiluvchi kuchlarga birinchi havolalar berilgan bo‘lib, bu mavzuni 

biz  hozir  fizikaga  taalluqli  deb  hisoblaymiz,  biroq  o‘shanda  bu,  xuddi  hozirgidagi  kabi, 

arxitektura va qurilishga ko‘proq oid edi. 

Elektr bo‘yicha dastlabki, elektr batareyasini va elektr tokini kashf qilishga olib kelgan 

ishlar 18-asrning fiziologi Luidji Galvani (1737-1798) tomonidan bajarilgan edi. U qurbaqa 

oyog‘ining elektr uchquniga javoban silkinishini, keyinchalik esa turli xildagi metallar bilan 

kontaktda  muskullarning  silkinishini  sezdi  (18-bob).  Avvaliga  bu  fenomen  “hayvonot 

elektri”  nomi  bilan  mashhur  edi,  keyinchalik  ayon  bo‘ldiki,  elektr  toki  hayvonot 

bo‘lmaganda ham mavjud bo‘lar ekan. 

 

2–rasm. (a)Ptolemeyning Koinotning geotsentrik ko‘rinishi. Shuni 



ta’kidlaymizki, markazda antik (qadimiy) to‘rtta element: Yer, suv, 

havo (Yer atrofidagi bulutlar) va olov, atrofidagi aylana bo‘ylab Oy, 

Merkuriy, Venera, Quyosh, Mars, Yupiter, Saturn, qo‘zg‘almas 

yulduzlar va burj diski joylashgan. (b) Kapernikning dastlabki 




Fizikadan  ko‘plab sohalarda  foydalaniladi. Masalan, zoolog  fizikadan  cho‘l  itlari  va 

boshqa  hayvonlar  qanday  qilib  yer  ostida  yashashlari  va  bo‘g‘ilib  qolmasliklarini 

tushuntirishda  foydalanishi  mumkin.  Fizioterapevt-vrach  esa,  inson  tanasining  ichidagi 

og‘irlik  markazining  prinsiplarini  yaxshi  bilsa,  ishi  samaraliroq  bo‘ladi.  Optikaviy  va 

elektron uskunalarning ishlash prinsipini bilish turli sohalar uchun foydalidir. 

Hayotni va arxitekturani o‘rganadigan olimlar inson tanasidagi issiqlikning oqibatida 

qulaylik  yoki  noqulaylik  bo‘ladigan,  ortishi  yoki  yo‘qotilishi  tabiatini  o‘rganishga 

qiziqadilar.  Arxitektorlar  esa,  isitish  tizimlaridagi quvurlarning o‘lchamlarini  yoki  ushbu 

konstruksiyada  mavjud  kuchlarni,  ular  barqarorligicha  qoladimi,  yo‘qmi,  (4  rasm). 

Hisoblashlariga to‘g‘ri keladi. Ular fizikaning prinsiplarini real loyihani yaratishlari hamda 

qurilish maslahatchilari va boshqa mutaxassislar bilan natijali muzokaralar olib borishlari 

uchun bilishlari kerak. Estetika va psixologiya (ruhshunoslik) nuqtai nazaridan, arxitektorlar 

konstruksiyada mavjud kuchlarni, masalan, hatto faqat illyuzor bo‘lsa ham nobarqarorlikni 

bilishlari  kerak,  u  ushbu  konstruksiyada  yashaydigan  va  ishlaydiganlarga  noqulaylik 

tug‘dirmasligi kerak. 

Fizikaning  boshqa  sohalarga  munosabatini  (bog‘liqligini)  beradigan  usullarning 

ro‘yxati  juda  katta.  Navbatdagi  boblarda  biz  ko‘plab  bunday  qo‘llanishlarni  muhokama 

qilamiz, chunki biz fizikaning asoslarini tushuntirishni asosiy maqsad qilib olganmiz. 

 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling