Fanni o‘qitish va maqsadlari. O‘lchash, Baholash Reja
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 маруза Fanni o‘qitish va maqsadlari O‘lchash, Baholash fb333ddb87b04a5d4401ef0fd47350e5
vakuum tushunchalari.
(ushbu majmyaning har bir mavzusining oxirida paydo bo‘ladigan xulosa mavzuning asosiy g‘oyalarining qisqacha obzorini beradi. Xulosa, bobni sinchiklab o‘qish yordamida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan, materialni tushunish uchun oriyentir bo‘lib xizmat qila olmaydi). Fizikaga boshqa fanlarga xos bo‘lgani kabi ijodiy ibtido xos bo‘lib, u dalillarning oddiy to‘plami emas. Kuzatilayotgan hodisani tushuntirish uchun muhim nazariyalar yaratiladi. Bu nazariyalar bashorat qiladigan natijalar eksperiment (tajriba) natijalari bilan taqqoslanib “tekshiriladi”, shundan keyingina ular qabul qilinishi yoki rad etilishi mumkin. Shuni ta’kidlash zarurki, umumiy holatda nazariya shu so‘zning tom ma’nosida “isbotlanishi” mumkin emas. Konkret (aniq) hodisa yoki ma’lum hodisalar to‘plamini tushunish uchun olimlar modelni – o‘ziga xos namoyish yoki hodisani tushuntirish qobiliyatiga ega shunga o‘xshashni taklif qilishlari va shunday qilib, uni tushunishni osonlashtirishlari mumkin. Model asosida rivojlantirilgan nazariya ko‘plab holatlarda oddiy modelga qaraganda nisbatan chuqurroq va nisbatan murakkabroq bo‘lib qolishi mumkin. Ilmiy qonun bir qator holatlarda hodisalarning konkret (aniq) to‘plamining miqdoriy tavsifini beradigan formulalar ko‘rinishida ifodalangan aniq tasdiqdan iborat bo‘ladi. O‘lchashlar fizikada hal qiluvchi rolni o‘ynaydi va ular hech qachon absolyut aniq bo‘la olmaydi. Shuning uchun o‘lchashlardan olinadigan istalgan son uchun ushbu o‘lchashning xatoligi bevosita ±yoki belgilardan foydalangan holda, yoki ushbu sonni anglatuvchi raqamlarning to‘g‘ri miqdorini saqlagan holda yozish orqali ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Barcha kattaliklar standart kattaliklar yoki o‘lchov birliklari orqali ifodalanadi, buning ustiga istalgan holatda tegishli o‘lchov birliklari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Xalqaro birliklar tizimi ( XBS)da uzunlik, massa va vaqtning standart birliklari bo‘lib metr, kilogramm va sekund hisoblanadi. Birliklarni o‘zgartirishda birliklarni to‘g‘ri annullyatsiyalash uchun qayta hisoblashning barcha koeffitsientlari tekshiriladi. Kattaliklarning tartibi bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘pol baholashlar fanda ham, kundalik hayotda ham juda foydali hisoblanadi. Biror bir kattalikning o‘lchamliligi, berilgan kattalik tashkil topgan asosiy kattaliklar o‘lchamliligining kombinatsiyasi, masalan, (tezlik) o‘lchamliligi [uzunlik/vaqt] yoki [L/T] hisoblanadi. Ushbu nisbat (tenglama)ga kirgan kattaliklarning o‘lchamliligini qarab chiqqanda, u yoki bu nisbatning to‘g‘riligini tekshirish, ba’zi holatlarda esa izlanayotgan nisbatning umumiy ko‘rinishini topish mumkin.
Harakati o‘rganilayotgan jismning kattaligi va shakli kuzatilayotgan sharoitda hech qanday axamiyatga ega bo‘lmasa, bunday jism moddiy nuqta deb qaraladi. Sanoq sistemasi. Istalgan bir jismning harakati boshqa bir jismga yoki bir-birlariga nisbatan olib o‘rganiladi. Sanoq sistemasi sifatida biror qattiq jism bilan bog‘langan, o‘zaro bir-birlariga tik bo‘lgan 3 ta o‘qdan iborat bo‘lgan dekart koordinatalar sistemasi qo‘llaniladi. Bunday sanoq sistemasi moddiy nuqta deb qaralishi mumkin bo‘lgan jismning istalgan vaqda fazodagi o‘rnini to‘la aniqlash imkonini beradi. Nuqtaning fazodagi o‘rnini X, Y va Z koordinatalari orqali aniqlanadi. Radius – vektor va trayektoriya tushunchasi. Koordinatalar boshidan kuzatilayotgan nuqtaga o‘tkazilgan Z vektorning koordinata o‘qlaridagi proeksiyalari nuqtaning koordinatalariga mos ravishda tengdir, ya’ni rx = x; ry = y va rz = z. Agar nuqtaning fazodagi o‘rni o‘zgaradigan bo‘lsa,
ham o‘zgaradi. Shuning bilan bir qatorda nuqtaning X, Y, Z koordinatalari ham o‘zgaradi. Bundan ko‘rinadiki, nuqtaning istalgan vaqtda fazodagi o‘rnini, koordinatalari yoki r vektori orqali ifodalash mumkin ekan. Nuqtaning fazodagi o‘rnini to‘la ravishda aniqlashga imkon beruvchi bunday vektor radius-vektor deb ataladi. Harakat qilayotgan jismning berilgan vaqt oralig‘idagi harakat trayektoriyasi deganda, shu oraliqdagi vaqtning har qanday qiymatlarida kuzatilayotgan jismning fazodagi o‘rinlarini ifodalovchi nuqtalarning o‘zaro qo‘shilishidan iborat bo‘lgan chiziqni tushuniladi. Tezlik. Harakatlanayotgan moddiy nuqtaning fazodagi o‘rnini ifodalovchi x, y, z koordinatalar va Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling