Endi muammoli vaziyatlardan chikish uchun bir necha mashklarni bajarib kuramiz. "Muammo" mashki
Bu mashk muammoli vaziyatni inson uchun shaxsiy axamiyatini kamaytirib, ichki xotirjamlikni orttirish uchun xizmat kiladi. Siz 10-15 dakika davomida bu mashkni bajarib kuring. Kuzingizni yuming. Kuyidagi manzaralarni tasavvur kilib kuring. Oxirgi vaktda kiynayotgan muammolar xakida uylang. Xayolan ularni ikki, uch ibora bilan ifodalang. Uz muammolaringiz bilan urtoklashgan shaxsning kiyofasini kuz oldingizga keltiring. U sizga nima dedi, siz unga nima javob berganingizni eslab kuring. Bu suxbat jarayonida tashkaridan kuzatuv sifatida karang. Masalan, siz uz suxbatdoshingizni guyo oynada kurgandek tasavvur kiling.Bu manzaraga yakin kushnilaringiz, tanishlaringiz ya’ni karindoshlaringizni kiriting. Ularning echilmagan kanday savollar va muammolari bor? Ularni nima kiynayapti, xayotda ular kanday kiyinchiliklarni engib utishlari kerak? Yashayotgan uyingiz, siz bilan birga yashayotgan odamlarni tasavvur kiling. Tasavvur kilayotgan manzarangiz kengayib borishi bilan, unga siz yashayotgan mamlakat, uning kishlok va shaxarlarini kushing. Yana uzokrokka kuz tiking: kuyosh sistemasi, uning atrofida aylanayotgan, Er galaktikasining bepoyonligi, erda yashayotgan odamlarning muammolari, bu bepoyonlik oldida muammoingiz xam kichkina ekanligini tasavvur kiling. Endi xolatingizga berilib, uz muammolaringizni ikki-uch ibora bilan ifodalang. Siz endi nimalarni xis kilyapsiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |