Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet
Ikkinchi jaxon urushining harbiy-siyosiy yakuni
Download 0.59 Mb.
|
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Fashistlar Germaniyasi va Yaponiya ustidan qozonilgan g’alabaning harbiy-siyosiy axamiyati.
Ikkinchi jaxon urushining harbiy-siyosiy yakuni.
Reja: 1. Fashistlar Germaniyasi va Yaponiya ustidan qozonilgan g’alabaning harbiy-siyosiy axamiyati. 2. Kapitalistik mamlakatlar ikkinchi jaxon urushidan so’ng. 3. Urush davrida qo’shinlarning qurollanishi va taktikaning rivojlanishi. 1. Fashistlar Germaniyasi va Yaponiya ustidan qozonilgan g’alabaning harbiy-siyosiy axamiyati. Ikkinchi jaxon urushi fashistlar Germaniyasi 8-may va Yaponiya militaristchilarni 2 sentabr 1945 yil kapitulyatsiya qilinishi bilan yakunlandi. Bu shiddatli jangda sobiq Sovet ittifoqi Qurolli Kuchlari g’alaba qozondi va mustaqillik, ozodlik hamda chegaralar mustaxkamlandi. Fashstlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g’alaba, Sobiq Sovet Ittifoqining xalqaro nufuzini oshirdi. Shundan so’ng xech qanday xalqaro muxim muammo Sobiq Sovet ittifoqi ishtirokisiz hal qilinmas edi. G’alabaning yuksakligi shundan iborat ediki, Sobiq ittifoqning Qurolli Kuchlari nafaqat fashistlar Germaniyasining yakson qilibgina qolmay Evropadagi barcha mamlakatlrning fashistlar Germaniyasi taziqidan ozod qildi. Jang mobaynida Sobiq Sovet armiyasi o’zining tarixiy vazifasini bajardi va bosqinchilarga o’zining engilmas ekanligini ko’rsatdi. Evropa mamlakatlarining ozod qilishda Sobiq Sovet armiyasining asosiy kuchlari ishtirok etd, 12 ta frontdan 7 tasi, undan tashqari, Qora dengiz va Dunay harbiy flotlari. Fashistlar Germaniyasi qo’shinlariga qarshi Sobiq Sovet armiyasi bilan elkama-elka, Chexoslovakiya harbiy korpusi, Yugoslaviyaning birlshgan xalq ozodlik armiyasi, uch Bolgariya va ikki Ruminiya armiyasi, Venger qismlari jang qilishdi. Urush mobaynida janubiy Evropa mamlakatlari Sobiq Sovet ittifoqidan 960 ming vintovka va avtomat, 40627 pulemet, 16502 minomet va zambarak, 1124 tank va SAU, 2346 taga Yaqin samolyotlar va harbiy texnikalar bilan ta’minlangan. Jangovar harakatlar davomida fashistlar Germaniyasi asosiy qo’shinlari tor-mor qilinb ulardan Polsha ozodligida 70 dan ortiq diviziya, Ruminiya va Bolgariya – 34, Vengriya va Yugoslaviyada 60 dan ziyod asosiy kuchlari, diviziyalari tor-mor qilindi. Ruminiya, Vengriya, Polsha Chexoslovakiya va Sobiq ittifoq qo’shinlari 100 mingdan ziyod odam xalok bo’lgan va jaroxat olgan. Ruminiya ozodligi uchun Sobiq Sovet ittifoqi askar va ofitserlari o’z jonlarini qurbon qilgan , Vengriya uchun 140 mingdan ziyod, Polsha uchun 600 mingdan ziyod, Chexoslovakiya uchun 140 mingdan ziyod. Urush mobaynida sobiq Sovet armiyasi tarxy madaniy yodgorliklarni, zavod, fabrikalarni, shahar va qishloqlarni saqlab qolishga harakat qilgan. sobiq Sotsialistik mamlakatlar mehnatkashlari yodida sobiq Sovet armiyasi jangchilari abadiy muxrlandi. Varshava, Budapesht, Sofiya, Buxaret, Belgrad va boshqa ko’plab shaharlarda sobiq Sovet jangchilari nomiga yodgorliklar o’rnatildi. Fashist Germaniyasi va Yaponiya bosqinchilari tor-mor qilingandan so’ng, bir qator mamlakatlar qullikdan ozod bo’lib, mustaqil rivojlanish ‘uquqiga ega bo’lishdi. Sobiq Sovet ittifoqi fashistlar Germaniyasi urushida (frontida) asosiy xal qiluvchi ko’rsatkichi shundan iborat ediki, ya’ni sobiq Sovet ittifoqiga qarshi fashistlar Germaniyasining 70 % gacha quruqlikdagi qo’shinlar va asosiy uning aviatsiyasi harakat qilgan. sobiq Sovet ittifoqi fashistlar Germaniyasi urushida fashistlar Germaniyasiga ko’p talofat etkazdi: 13,6 mln odamning 10 mln odam qurbonlar, jaroxatlangan va izsiz yo’qolgan edi. bundan tshqari fashistlar Germaniyasining 607 ta diviziyasi tor-mor qilingan. Urush mobaynida bosqinchilar ustidan sobiq Sovet ittifoqi asosiy rolg’ o’ynashini, g’arb mamlakatlarining harbiy va siyosiy faoliyati yurituvchilari ta’kidlab o’tishgan edi. AQSh prezidenti 23.03.1943 y. F.Ruzvelg’t quyidaglarni ta’kidlagan edi: «Sovet armiyasi va rus xalqi fashistlar Germaniyasin engilish yo’lidan borishga majburlagan bo’lishi mumkin, xuddi shu harakat bilan uzoq vaqt mobaynig AQSh xalqining hurmatiga sazovar bo’ldi». Biroq ikkinchi jaxon urushidan so’ng vaziyat o’zgardi. Urushning bunday tarzda burilishi, milliy ozodlikning kuchayishi bilan birga, sobiq Sovet ittifoqining hurmat e’tiborini ko’tarilishi va uning kuchini o’sishi imperalistik mamlakatlar uchun kutilmagan xol bo’ldi. AQSh boshchiligidagi imperialistik mamlakatlar, yangi, jaxon urushi yo’liga tuzishdi. Sobiq Sovet ittifoqining ayovsiz jangda g’alaba qozonishi mamlakatlar O’rtasida qozongan hurmatini bircha yo’llar bilan so’ndirilishga harakat qildilar. Sobiq Sovet ittifoqi kapitalistik dunyoning eng kuchli armiyasi tomonidan kutilmagan xujumni o’z boshidan o’tkazdi. Sobiq Sovet ittifoqiga qarshi urushda fashistlar Germaniyasi deyarli barcha Evropa mamlakatlarining iqtisodiy resurslaridan foydaland. Ikkinchi jaxon urushini xulosa qilib aytish joizki, hech qanday kapitalistik mamlakat bunday urushga dosh bera olmas edi. Ikkinchi jaxon urushida sobiq Sovet ittifoqi xalqining nafaqat frontda, balki front ortida komunistik partiya boshchiligida o’zining mehnatlari bilan katta qaxramonlik ko’rsatdilar. Bosqinchilar bilan qurolli to’qnashuvda sobiq Sovet xalqi o’chmas shuxratga sazovor bo’ldi. Urush yillarida 11 mingdan ziyod askarlar Sovet ittifoqi qaxramoni unvoni bilan taqdirlangan. Jang maydonida qaxramonlik ko’rsatganlari uchun 7 mln dan ziyod kishilar qaxramon va jasorat ordenlari bilan taqdirlandilar. Shunday qilib obiq Sovet xalqi urush yillarda frontda va front ortida buyuk g’alaba qozondi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling