Farg‘ona davlat universiteti matematika-informatika fakulteti matematika yo‘nalishi guruh talabasi ning “Analitik geometriya” fanidan «Evklidga qadar bo‘lgan geometriya. Evklidning “Negizlar” asari»


Download 0.54 Mb.
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1604863
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Evklidga qadar bo‘lgan geometriya. Evklidning “Negizlar” asari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI MATEMATIKA YO‘NALISHI

____-guruh talabasi ______________________________ning “Analitik geometriya” fanidan «Evklidga qadar bo‘lgan geometriya. Evklidning “Negizlar” asari»
mavzusidagi
KURS ISHI

Kurs ishi rahbari: F.Topvoldiyev

Farg‘ona-2023


MUNDARIJA:
Kirish_____________________________________________3
1-§ Evklidga qadar bo‘lgan geometriya___________________7
2-§ Evklid geometriyasi va Evklid postuloti_______________12
3-§ Evklid algoritmi__________________________________19
4-§ Evklidning “Negizlar” kitobi________________________21
XULOSA__________________________________________29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR___________________30

KIRISH
Dunyoqarashni nima o‘zgartiradi – ilm,
daromad, manfaat.
Sh.M.Mirziyoyev
Ta’limni tubdan isloh qilishning ajralmas va muhim qismi hisoblangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, amaliyotga joriy qilinishi mumkin bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar yangicha usullar orqali mutaxassislar tomonidan ma’lum tizim asosida o‘rgatilishi lozim. Jahon ta’limi tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning takomillashishi va taraqqiy qilishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimidagi nutqida: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” deb ta`kidlagan edi. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan umumta’lim muassasalari uchun tayyorlanayotgan pedagog kadrlar sifatini tubdan yaxshilash, ta‘lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish va tayyorlanayotgan mutaxassislari malakasining raqobatbardosh bo‘lishiga erishish asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyasi Respublika Konstititsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqishlariga ko‘tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish mustaqil O‘zbekiston Respublikasining rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir. Ushbu kurs ishi kirish, 5 ta rejadan iborat bo‘lib,Evklid negizlar asari, Evklid geometriyasi, Evklid postulatlari va Evklid algoritmi o‘rganilgan. Kurs ishining dolzarbligi. Qadim zamonlardan beri geometriyaning yaratilish tarixi muhim hisoblanib kelgan. Lobachevskiy aytganidek: “Matematikaning har bir sohasi qancha abstrakt bo‘lmasin, qachonlardir u borliq olam hodisalarida qo‘llaniladi”. Ma’lumki, Evklidning geometriya faniga noma’lum bo‘lgan bir qancha yangiliklarni olib kirdi. Ushbu kurs ishida geometriyaning yaratilish tarixi haqida qator ma’lumotlar jamlangandir. Ya’ni Noyevklid geometriyasining ochilishi, Evklidga qadar geometriya va Evklidning “Negizlar” asari haqida umumiy ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi ―”Malakali kadrlar tayyorlash hamda oliy ta’lim muaasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash yanada takomillashtirishga oid chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ta’lim mazmunini uning samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlanayotgan pedagog kadrlar sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish va tayyorlanayotgan o‘rta bo‘g‘in mutaxasislari malakasining raqobatbardosh bo‘lishiga erishish asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu vazifalarning samarali bajarilishining asosiy omili o‘quv vositalaridir. Ta’lim vositalari sivilizatsiyaning ajralmas qismi umuminsoniy madaniyatning muhim elementi hamda dunyoni ilmiy o‘rganish tilidir. Shiddatli axboratlashuv jarayoni amalga oshib borayotgan hozirgi davrda har bir soha kishisi zamon bilan hamnafas ravishda innovatsion texnalogiyalarga, innovatsion vositalarga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu jumladan matematika fani ham bunday oqimdan chetda qolayotgani yo‘q. Mahsuldor ta’lim har qanday ta’limning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, u insoniyat jamg‘argan tajribani aniq o‘quv fani doirasida o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Ta’lim oluvchilarda bilim va ko‘nikmalarning ma’lum poydevori hosil qilingandan keyingina ta’limning natijali va ijodiy yondashish usullariga ko‘chish mumkin. Pedagogik texnalogiya oqimi 70-80-yillarda AQSh da yuzaga keldi va UNESCO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qo‘llab – quvvatlandi va hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli o‘zlashtirilmoqda. Ma’lumki, tubdan farq qiluvchi uchta talim turlarini ajratish mumkin. Bular: og‘zaki- ko‘rgazmali, texnologik va izlanuvchan-ijodiy ta‘lim turlari hisoblanadi. 1. Og‘zaki – ko‘rgazmali an’anaviy bo‘lib, o‘qituvchining axborot berishi, talabalarning bilimlarni qabul qilishi, to‘plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanadi. Ta’limda og‘zaki-ko‘rgazmali yondashuv juda katta tajribaga ega bo‘lib, qismlarga ajratib ishlab chiqilgan va ta’lim tizimida ulkan xizmat ko‘rsatdi. Jadal suratlar bilan o‘sib borayotgan fan va texnika talablari, ta’lim tizimidagi istlohatlar, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma’lumot olish istaklarini to‘laroq qondirishga bo‘lgan jamiyat ehtiyojlari o‘qitish usullariga yangicha yondashishni talab qilmoqda. Ta’limga texnologik yondashuvning umumiy tavsifnomasi qismlarga ajratilmagan holda, ta’limning juda oddiy mahsuldor darajasi sifati misolida qaraladi. O‘quv ishlari yuqori natijalarga erishishga qaratilgan bo‘lib, yo‘naltirilganlik, mashg‘ul bo‘lish, musobaqalashish va o‘zaro yordamlashish tushunchalari mavjud bo‘ladi. 3. Izlanuvchan yondashuvdagi maqsad, talabalarda muammoni hal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani o‘zlashtirish, ta’sir etishning yangi yo‘llarini yaratish qobiliyatlarini, shaxsiy idrokni rivojlantirishdan iboratdir. Bu tushuncha orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma – ketligi haqidagi hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyada asosiy yo‘l aniq belgilangan maqsadlarga qaratilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining xatti – harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olish kerak. Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo‘yish usuli, o‘qitish maqsadlari o‘quvchilar harakatida ifodalanadigan va aniq ko‘rinadigan hamda o‘lchanadigan natijalar orqali belgilanadi. Maqsadlar o‘qituvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda o‘rgatish, tushuntirish, ko‘rsatish, aytib berish va hokazo atamalar orqali qo‘yiladi. O‘quvchining harakatlarida ifodalanadigan vazifalar esa ta’limining natijalarda ifodalanadi. Natija, talabaning tugallangan xatti –harakatini ifodalovchi keltirib chiqaring, sanab o‘ting, so‘zlab bering tanlang, ko‘rsatib bering, hisoblang kabi atamalar bilan ifodalanishi kerak.Shunday qilib, an’anaviy o‘quv jarayonlarida asosiy 6 omil – bu pedagog va uning faoliyati hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi o‘ringa o‘qish jarayonidagi o‘quvchilarning faoliyati qo‘yiladi. Ma’lumki, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llashda asosiy e’tibor loyihalash bosqichiga qaratiladi, bunday tizimli yondoshuv asosida o‘quv jarayonini loyihalash, kutilayotgan natija shaklidagi o‘quv maqsadlarini mumkin qadar aniqlashtirish, rejalashtirilgan o‘quv maqsadlariga kafolatli erishishga undaydi. Biz ushbu mavzuda matematika sohasi uchun innovatsion vositalar bilan tanishib chiqamiz. Kurs ishi mavzusining maqsadi: Geometriya faninining vujudga kelishi, Evklidnin geometruyaga qo‘shgan hissasi va uning “Negizlar” asarining geometriyadagi o‘rni va xususiyatlarini o‘rganish, Evklid geometriyasi elementlarini hayotga tadbig‘ini o‘rganish. Kurs ishining vazifalari: 1. Mavzuga doir ma’lumotlarni yig‘ish va rejani shakllantirish; 2. Evklidga qadar geometriyani o‘rganish; 3. Evklid postulotlari va aksiomalari haqida; 4. Evklidning “Negizlar” ni o‘rganib chiqish; 5. Kurs ishini jihozlash va himoyaga tayyorlash.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling