Farg`ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi


Download 164.33 Kb.
bet6/32
Sana15.09.2023
Hajmi164.33 Kb.
#1678398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
3-4-sho\'ba

Kalit so’zlar: kasb, hunar, ta`lim, tarbiya, mashg'ulotlar, to'garak.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshirishi, ta’limning hamma uchun tengligini ta’minlashi, o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, ularda fukarolik tuyg‘usi, oila va davlat oldida mas’uliyatni his qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda mustaqil bilim olish va o‘zlarini har tomonlama rivojlantirish uchun yuqori darajada qulay sharoitlarni yaratishi lozim. Agar bunday sharoitlar yaratilmasa, uzluksiz ta’lim tizimidagi majburiy bosqich bo‘lgan maktab ta’limini muvaffaqiyatli deb e’tirof etib bo‘lmaydi. Mazkur vazifalarni hal etish umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini innovatsion texnologiyalar asosida yanada yuqori bosqichga ko‘tarishni taqozo etadi.
Ta’lim muassalarida o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga ularni kasbga yo’naltirish masalalariga ham jiddiy e’tibor beriladi. Ongli ravishda kasb tanlash uchun o’quvchilarning bir qator kasblarni yetarlicha bilishi, bilganda ham ularning o’ziga jalb qiladigan tomonlarini emas, balki qiyinchiliklarini ham yaxshi bilishi, o’zining shaxsiy sifatlariga ko’ra tanlangan kasbini muvaffaqiyatli egallay olishi va keyingi ish jarayonida o’z malakasini takomillashtirish talab qilinadi.
Maktab o’quvchilar shaxsini, ma’naviyatini, dunyoqarashini davr talabi darajasida tarbiyalash va rivojlantirish, eng avvalo, oiladan boshlanadi, maktabda esa davom ettiriladi. Shunga ko’ra yosh avlodni o’zini o’rab turgan atrof-muhitga, tabiatga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishni tarbiyalab borish, ongiga singdirish jarayonida mehnatga, kasb-hunarga tayyorlash biz pedagoglarning oldida turgan muhim va dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishning asosiy maqsadi birinchi navbatda yoshlarni o’zining hayot yo’lini to’gri belgilashlarida o’zining qobiliyat, qiziqish va moyilligini hamda ijtimoiy ehtiyojni hisobga olgan holda kasb tanlashlariga ko’maklashishdan iboratdir. Bizning jamiyatimiz har bir shaxsning qobiliyatlari to’liq namoyon bo’ladigan, yuqori samara bilan ishlay oladigan faoliyat va shartsharoitlar bilan band bo’lishiga katta e’tibor bermoqda.
Kasb haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lmasdan tasodifiy tanlash shunga olib keladiki, tegishli o'quv yurtiga kirgandan keyin o’qishning dastlabki paytlarida talaba qandaydir qiziqish bilan qaraydi. Keyinchalik esa bu qiziqish sunib boradi.
Talabalar bilan suhbat o'tkazilganda ularning orasida o'z tanlagan kasbini adashib tanlaganligi va o'zi o'qiydigan o'quv muassasiga kirganidan afsuslanayotganligini Hozirgi vaqtda yoshlarni kasbga yo’naltirish masalalari bilan davlat, jamoat va yoshlar tashkilotlari, sanoat korxonalari shug’ullanadilar. Biroq bu ishda maktab asosiy o’rin egallaydi.
O‘quvchilarga kasbiy ma’lumot berish avvalo, maktabning o‘rta va yuqori sinflardagi ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. O‘quvchilar esa kasblarga doir bilimlarni o‘quv ishlab chiqarish korxonalaridagi mashg‘ulotlarga ajratiladi, amaliy va nazariy mashg‘ulotlarni bevosita korxonalarda o‘tkazish tavsiya etiladi.Bunday sharoitda o‘quvchilarning nazariy bilimlari takomillashibgina qolmaydi, balki ularda kasb bo‘yicha ko‘nikma va malaka ham hosil bo‘ladi. Ular mehnat sharoiti bilan bevosita tanishadilar va unda o‘z kuchlarini sinab ko‘radilar. Ana shunday ta’lim orqali o‘quvchilarda kasb va o‘zlarining unga layoqatlari haqida tasavvur hosil bo‘ladi.
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarda kasbiy burch, kasb sha’ni, kasb ma’suliyati va kasb etikasi singari fazilatlarni shakllantirish imkonini beradi. Shuni alohida qayd qilish lozimki, bugungi yoshlarni tarbiyalashda xalq pedagogikasidan foydalanish beqiyos ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda darsdan keyingi mashg’ulotlar maktab yoshlarini ongli ravishda kasb tanlashga, jamiyat uchun foydali va zarur bo’lgan muayyan mehnat faoliyatiga tayyorlashda yana ham katta rol o’ynaydi. O’quvchilarni kasbga yo’naltirish ularning har biriga alohida-alohida yondoshishni talab etadi bunda, shaxsning temperamenti, irodasi, diqqati, beliglangan maqsadga erishishda qat’iylik, tashabbuskorlik, uyushqoqlik, intizomlilik, topshirilgan ishni bajarishga ma’suliyat bilan munosabatda bo’lish kabi fazilatlarini e’tiborga olish zarur. Bundan tashqari, kasbga yo’naltirish davomida kasbni tanlash sabablarini, kasbning ijtimoiy ahamiyati, qiziqish va havas, kasbga tayyorgarlik, oila an’analari, ota-onalar, pedagoglar, o’rtoqlarning maslahatini hisobga olish lozim. Kasb-hunarga yo’llash bo’yicha olib boriladigan ishlarning barcha shakl va metodlari o’quvchilarning maqsadli ravishda kasb tanlashlariga xizmat qilishi lozimdir.
Maktabda kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini yo’lga qo’yishda an`anaviy amaliy mashg`ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogik o’yin, konferentsiya, mustaqil fikrlar, mahalla, ishlab chiqarish korxonalarining jamoalari bilan birgalikda o’tkaziladigan tadbirlar kabi yangi pedagogik texnologiya elementlaridan unumli foydalanish tavsiya etiladi. Maktabda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish birgina tehnologik ta`lim o’qituvchisining ishi emas, balki butun maktab jamoasining, mahalla, ota-onalar, jamoatchilikning birgalikdagi ishidir. Maktabda fan o’qituvchilari mavzuni yoritish jarayonida kasblar bilan bog`lab o’tishsa, maktab psixologi va rahbariyati o’quvchilarning individual qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda ta`lim-tarbiya ishlarini olib borishsagina o’quvchilarga kasb tanlashlarida ko’mak bergan bo’lishadi.

Download 164.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling