Farg`ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi


INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA TALABALARNING TEXNOLOGIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH


Download 164.33 Kb.
bet14/32
Sana15.09.2023
Hajmi164.33 Kb.
#1678398
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
3-4-sho\'ba

INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA TALABALARNING TEXNOLOGIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH

B.A.Askarova
FarDU Texnologik ta'lim kafedrasi o‘qituvchisi

Annotasiya. Ushbu maqolada talabalarning texnologik kompetensiyasini shakllantirish jarayonida uning bilim darajasini oshirish, ta’lim va tarbiya jarayonlari samaradorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarish, texnologik ta'lim jarayonlarini tashkil etish va o‘qituvchining boshqarish faoliyatida talabalar faolligini ta'minlash va texnologiya fani o‘qituvchisining motivasiyasi jarayonlari muhim ahamiyatga ega ekanligi bayon etilgan.
Kalit soz va iboralar. Innovatsion ta’lim, innovasiya, novasiya, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, texnologik ta’lim, texnologik jarayon, innovatsion yondashuv, texnologik kompetensiyalar.

Kirish. Hozirgi kunda ta'lim tizimining o‘zgarish jarayonini asosan innovatsion xarakterga ega bo‘lgan yondashuv jarayonlari belgilab beradi. Avvallari ta’lim jarayoni o‘quvchilarni “hayotga tayyorlashga”, ularda bilim, malaka, informasion va ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadiga qaratilgan bo‘lsa, endilikda o‘quvchi shaxsiga ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik va texnologik xarakterga ega bo‘lgan ta'lim texnologiyalari yaratishga ko‘proq ahamiyat berilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlar o‘rtasidagi muvozonatni ta'minlashga, o‘z-o‘zini rivojlantirish (o‘z-o‘zini kamol toptirish, mustaqil ravishda bilimini oshirish)ga, shaxsning o‘z individualligini namoyon etishi va jamiyatdagi o‘zgarishlarga tayyorgarligini ta'minlashga xizmat qilmoqda.
Ko‘plab ta’lim muassasalari o‘z faoliyatiga innovatsion ta’lim texnologiyasi elementlarini kiritmoqdalar, natijada ta’lim jarayonini tezroq rivojlanish ehtiyoji bilan pedagoglarning innovatsion ta’lim texnologiyasi elementlarini dars jarayonida jadal amaliyotga tadbiq eta olmasligi o‘rtasida jiddiy muamolar paydo bo‘lmoqda. Ta’limni zamonaviy nuqtai nazardan innovatsion rivojlantirish, yuzaki qaraganda ancha oson tuyuladi, ammo bu ancha murakkab ish bo‘lib, bunda “yangi”, “yangilik”, “innovasiya”, “novasiya”, “innovatsion jarayonlar”, “innovatsion ta’lim”, “innovatsion ta’lim texnologiyalari” kabi tushunchalarni zamonaviy nuqtai nazardan puxta o‘zlashtirish va ularga tayanish zarurati vijudga kelmoqda. Ushbu zaruriyat ta’lim jarayonlarni o‘zlashtirivchi ob’ekt-o‘qituvchi faoliyatini faollashishi bilan amalga oshiriladi.

Download 164.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling