Farg`ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi


Download 164.33 Kb.
bet13/32
Sana15.09.2023
Hajmi164.33 Kb.
#1678398
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
3-4-sho\'ba

Foydalangan adabiyotlar:
1. R.Mavlonova,B.Normurodova, N.Raxmonqulova “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” Toshkent.”Fan”2007 yil
2.”Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovasion faoliyatiga tayyorlash muommolari va yechimlari” Ilmiy to‘plam Toshkent.2010
3.Ahmyedov M., Ibragimov M. O’quvchi shaxsining shakllanishida o’quvchilik davri xususiyatlari. //Uzluksiz ta’lim// 2002y.№3, 93 - 97byetlar.
Texnologiya fanini o`qitishda xamirli taomlarni o’quvchilarga o’rgatishni auksion dars misolida ko`rish
Yusufxodjayeva F. QDPI o`qituvchisi
email: firdavshonyusufhujaeva@gmail.com
+99890-305-65-82
Annotatsiya: Ushbu maqolada barkamol insonning shakllanishi, uning munosib kasb-korini egallashi, jamiyat taraqqiyoti uchun baholi qudrat oʻz hissasini qoʻshib, yashashi va shu orqali jamiyatda oʻzligini namoyon etishi, ya’ni shaxs sifatida kamol topishi nazarga olinadi. Komillik sari intilish shaxsning kasbiy shakllanishi bilan birgalikda yaxlit holda kechadigan va deyarli bir umr davom etadigan murakkab jarayondir. Keng ma’noda kasbiy shakllanish deganda insonning oʻz aqliy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari, u yoki bu sohaga boʻlgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari, shuningdek, qadriyat va dunyoqarashlariga koʻra biron-bir kasb sohasida ta’lim olishi, keyinchalik shu sohaga kirishib, moslasha borishi va nihoyat yillar davomida yetuk va malakali mutaxassis boʻlib yetishishi tushiniladi va uning asosiy mezoni sifadi ta’limining hozirgi bosqichida darslarida texnologiya fanini o`qitishda xamirli taomlarni o’quvchilarga o’rgatishni auksion metodi maqsad qilib olingan.
Кalit so`zlar: Auksion, xamirli taomlar, somsa, chuchvara, manti, honim, norin, lag’mon, salla masallig’lar, smetana, savdo-sotiq.

O‘zbekistonimizda ta’lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi barkamol avlodni yaratishdagi dastlabki qadamlardir. Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda bu borada amalaga oshirilayotgan ishlar respublikamizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida takidlaganidek “Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning xal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur”.
O’quvchilarni kasb tanlashga yo’llashga oid mashg’ulotlarning samaradorligini oshirishdagi qulay usullardan biri “Auksion” darsdir. Auksion darsni mehnat ta’limi darsida pazandachilik yo’nalishiga oid ‘Xamirli taomlarni o’quvchilarga o’rgatish’’ mavzusi misolida ko’rib chiqamiz.
O’qituvchi auksionda boshqaruvchi vazifasini bajaradi. Bir nechta o’quvchilar esa taom tayyorlovchilar ya’ni oshpazlar, qolgan o’quvchilar esa xaridorlar hisoblanadi. O’qituvchi darsni tashkillagandan so’ng “Auksionni” ochib beradi.
Xurmatli xaridorlar. Bugungi auksionimizda shirin ta’mga ega bo’lgan xamirli taomlar qo’yilgan. Bu taomlarni sotib olib, siz organizm uchun foydali, vitaminlarga boy, mazzali taomlarga ega bo’lishingiz, hamda shu taomlarni tayyorlanish usulini o’rganib olishingiz mumkin.
Barchalaringizga omat tilaymiz.
Taomlar haqida usta oshpazlarimiz ma’lumot berishadi.
Shundan so`ng bir o’quvchi sahnaga chiqib, xamirli taomlarni tayyorlash haqida ma’lumot beradi.
Xurmatli xaridorlar. Sizlarga tavsiya etmoqchi bo’lgan taomlarimiz xalqimiz suyib iste’mol qiladigan, vitaminlarga boy o’zbek milliy taomlari. Bularga quydagilar kiradi: somsa, chuchvara, manti, honim, norin, lag’mon, salla va hakozolar.
Auksionimizda o’zbek milliy taomi hisoblangan “somsa” tayyorladik. Bu taom o’zbek milliy taomlari ichida o’z o’rniga ega bo’lgan taomdir. Xamirli taomlardan somsani tayyorlanishi quyidagicha:
Kerakli masallig’lar: hamir uchun 500 gr un, 200gr margarin,1stakan qatiq yoki smetana, 1 dona tuxum, bir choy qoshiq ichimlik sodasi, bir choy qoshiq tuz.
Qiymasi uchun: 500gr go’sht, 250gr piyoz, tuz va zirovorlar.
Tayyorlanishi: tog’orachaga margarin va un solib yaxshilab uqalanadi.Qatiq yoki smetana ichimlik sodasi tuz va tuxum aralashtirilib tog’orachadagi massaga solib yaxshilab aralashtirilib oshxamir qoramiz. Oshxamirni qorib yaxshilab pishitamiz. Oshxamirni tindirish uchun muzlatgichga qo’yamiz va go`shtdan qiyma tayyorlaymiz, piyozni yarim xalqa holida to’g’rab, tabga ko’ra tuz, ziravorlar va yog’solib masallig’larni aralashtiramiz. Tindirilgan xamirni olib, yong’oqdek zuvalachalarga bo’lamiz. Zuvalachalarni yoyib, 1osh qoshiqdan masalliq solib o’rim shaklida tugamiz. Tugilgan somsalar ustiga tuxum sarig’ini surtiladi va kunjut yoki sedana sepiladi. Tayyor somsalar 120 gradus issiqlikda pechda pishirib olinadi.
Auksion darslardan yana biri-bozordagi savdo-sotiq ishlaridan foydalanishga oid sahna ko’rinishidagi darsni tashkil etish va o’tkazishdir. Bu darsni o’tish uchun tanlangan sinf o’quvchilari 3-4 guruhga ajratiladi va shu guruhlarning har biriga bog’liq bo’lgan ishlar va vazifalar topshiriladi ya’ni menejment o’rinbosar va nazoratchi tayinlanadi. Mana shu “ma’sul shaxslar’’ boshchiligida guruhlar o’z savdo rastalarini o’zlari tayyorlagan turli xil taomlar bilan to’ldirishga va bu taomlarni reklama qilib sotishga harakat qilishadi.
Mahsulotlarni sotish uchun ular avvalo mahsulotlarni reklama qilishlari va xaridor chaqirishlari lozim. Reklama qilishda o’quvchilar turli xil devoriy gazetalar va mahsulot namunalaridan foydalanishlari zarur. Ehtiyoj tug’ilsa, guruhlar vizit qog’ozlari ham tayyorlaydilar. Mahsulotlarni xarit qilishda nafaqat o’quvchilar balki, o’qituvchilar ham bevosita qatnashishlari mumukin.
O’quvchilar faoliyatini baholashda ularning qanchalik shirin ta’mga ega va foydali taom tayyorlaganliklari, mahsulotlarni reklama qilish va sotish qobiliyati, shuningdek o’quvchilarni momilasi ham e’tiborga olinadi.
Texnologiya darslarini o`tishda o’quvchilar o’rtasida auksion darsni tashkil qilishda sotuvchilar xarid qilingan mahsulotni o’rab berishlari yoki ko’proq harid qilganlarga qo’shimcha ravishda kichik sovg’alarni ham qo’shib berishlari darsni qiziqarli o’tishiga yordam beradi.

ADABIYOTLAR RO`YXATI


1.Yusufxodjayeva F.M. Oziq-ovqat tovarshunosligi va taom tayyorlash. O'quv qo'llanma. T:, 2023
2. Yusufxodjaeva, F. M. (2018). Tarbiya usullarini to ‘g ‘ri tanlashning ta’lim jarayonidagi ahamiyati. Sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan),(1), 52-59.
3. Mukhtorovna, Y. F. (2022). LEARNING THE TECHNOLOGY OF COLLECTIVE CREATIVE WORK IN PRACTICE. Open Access Repository, 9(11), 175-179.
4. Mukhtorovna, Y. F. (2022). TEACHING OF TECHNOLOGY USING INTERACTIVE METHODS. Open Access Repository, 9(11), 169-174.
5. Muxtorovna, Y. F. (2022). MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARGA BO'SH VAQTLARIDA QIZIQISHLARI BO’YICHA SHUG’ULLANTIRISH. PEDAGOGS jurnali, 4(1), 290-294.
6. Yusufxodjayeva, F. (2023, March). TEXNOLOGIYA DARSLARIDA
O’QUVCHILARGA GAZLAMALARGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASINI O’RGATISHDA “BBB” TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. In E Conference Zone (pp. 12-17).
7. Yusufxodjayeva, F., & Saxobiddinova, F. (2023). O’ZBEKISTONDA
KASANACHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA UNING AHAMIYATI. Conferencea, 25-30.
8. Mukhtorovna, Y. F. (2022). " SMALL" IN TRAINING NATURAL FIBERS USE THE METHOD OF WORKING IN GROUPS.
9. Mukhtorovna, Y. F. (2022). YOUTH ORGANIZATION PARTICIPATION IN
CHOOSINGA PROFESSION.
10. Karimov, I. (2021). Developing Creative Activities In Technology Lessons: Using Some New Interactive Methods. The American Journal of Applied sciences, 3(04), 187-198.
11. Karimov, I. I. (2021). Technology of system-targeted management of pre-competitive training of highly qualified track cyclists. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 24-28.
12. Karimov, I. (2020). STUDENTS CREATIVE ACTIVITY ON SOME VIEWS ON THE ORGANIZATION. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(9).
13. М.М.Axmedov , B.A.Asqarova , G.B. Butayeva , М. Е. Мadaminova, N.ORaxmatova ,М.A.Maxmudova, М.A.Xudoynazarova , G.X.Soliyeva, M.G.Xasanova , R.A.Siddiqova // Formation of Technological Competency of Students on The Basis of Approaches with an Innovative Character// A Journal for New Zealand Herpetology. Vol 12 I



Download 164.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling