Farg`ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi


O’quv jarayonlarida ilmiy kompetensiyaga ega talabalar


Download 164.33 Kb.
bet9/32
Sana15.09.2023
Hajmi164.33 Kb.
#1678398
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
3-4-sho\'ba

O’quv jarayonlarida ilmiy kompetensiyaga ega talabalar:

  • o’z bilimlarini izchil boyitib boradi;

  • yangi axborotlarni o’zlashtiradi;

  • davr talablarini chuqur anglaydi;

  • yangidan-yangi bilimlarni izlab topadi;

  • ularni qayta ishlaydi va o’z amaliy faoliyatida samarali qo’llay oladi.

Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalarining ilmiy kompetensiyalarini shakllantirishda ta’limni taraqqiy ettirishning ishlab chiqilgan “Texnologik ta’lim o’qituvchisini kasbiy shakllantirishning modeli”- ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga keladigan pedagogik hamda muammoli vaziyatlarning muvaffaqqiyatli hal etilishini ta’minlovchi, motivatsion xislatlar, intelliktual salohiyat, irodaviy sifatlar, amaliy ko’nikmalar, hissiy sifatlar, o’zini-o’zi boshqara olish sifatlarini ta’riflovchi hamda talabalarning mustaqil bilim olishi va o’z- o’zini rivojlantirishda aks ettiruvchi andoza hisoblanadi.
Texnologiya fanining o’ziga xosligi, ta’lim-tarbiya jarayonlarida talabalarning umummehnat va malakalarini shakllantirish, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, kasbiy moyillikka ko’ra kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’ladigan hislatlarini, xalq xo’jaligining turli sohalari, ularda ishlatiladigan texnika va texnologiya to’g’risida bilimlar berish, mehnat faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat orqali yaqinroq tanishishga imkon yaratadi.
Hozirgi vaqtda texnologik ta’lim yo’nalishi talabalarining maxsus kompetensiyalarini shakllantirishning biror bir aniq ta’rifi keltirilmagan. Talabalarda kasbiy kompetensiyani shakllantirishda texnologiya fani o’qituvchilarinini tayyorlash, Davlat Ta’lim Standartlari mutaxassislarni tayyorlash va nazorat qilish mehanizmi muhim vazifa o’taydi.
Oliy pedagogik ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va o’quv fanlari darajasda tayanch kompetentlik aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy hamda shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy tajribaning ahamiyati muhum ustuvor jihatlardan biri bo’lib xizmat qiladi.
Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalari bo’lajak Texnologiya fani o’qituvchilari hisoblanib, ularning oldiga qo’ygan eng oliy maqsadi yosh avlodga ya’ni o’quvchi yoshlarga sifatli ta’lim berish va uni amaliyotda qo’llay olishni o’rgatishdan iborat. Bu yo’lda bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarining ta’lim va tarbiya berishida, mahorat turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • ta’lim berish mahorati;

  • ta’limning zamonaviy usullarini qo’llay olish mahorati;

  • tarbiyalay olish mahorati;

  • inson omilini ta’minlovchi fazilati;

  • bilimlarni holisona baholash va nazorat qila olish mahorati;

  • texnologik ta’limga bo’lgan ehtiyojlarni qondira olish mahorati.

Texnologik ta’lim yo’nalishi talabalari o’zlaridagi maxsus kompetensiyalarini shakllantirishlarida, o’zlarining pedagogik mahoratlarini takomillashtirish, o’z malaka va saviyasini oshirishda ularga yetarli malaka va ko’nikmaga ega o’qituvchilar hamda o’qituvchilar malakasini oshirish institutlari katta yordam beradi.
Bo’lajak texnoliya fani o’qituvchilari hisoblanmish texnologik ta’lim yo’nalishi talabalarining kasbiy shakllanishi oliy o’quv dargohlarida kasbiy ta’lim olish jarayonlaridan boshlanadi.Pedagogika oliy o’quv yurtlarining o’quv reja va fanlar bo’yicha dasturlarida bo’lajak o’qituvchilarga shu kasbning sir-asrorlarini o’rgatish, ilmiy bilimlar berish, o’qituvchilik kasbi bo’yicha ma’lumot berish va ko’nikma hosil qilish nazarda tutiladi.
Ta’lim jarayonida fanlar bo’yicha amalga oshiriladigan seminar, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlari nazariy bilimlarni mustahkamlashga hamda ularni ko’nikmaga aylantirishgagina emas, balki ularni amaliy ish jarayonida qo’llashga imkon beradi. Bunday mashg’ulotlar tanlagan kasbi to’g’ri ekanligiga ishonch hissini uyg’otadi.Albatta bunday natijalarga erishishda texnologik ta’lim yo’nalishida tahsil olgan talabalarga ta’lim olish jarayonida darslar mobaydida qo’llagan shaxsiy kompetensiyalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, o’qituvchilik kasbiga xos bo’lgan xislatlar, ya’ni yuksak pedagogik mahorat ularda o’z-o’zidan shakllanmaydi.U o’z ustida tinmay ishlashi, izlanishi va ko’nikmalar asosida shakllanadi. Bu ko’nikmalar, izlanishlar natijasida olingan bilimlar va ularni o’z o’rnida qo’llay olish qobiliyati kompetensiyaning mohiyati, negizi desak ham yanglishmaymiz.

Download 164.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling