Farg`ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi


Download 164.33 Kb.
bet2/32
Sana15.09.2023
Hajmi164.33 Kb.
#1678398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
3-4-sho\'ba

Ключевые слова: парадигма, интерактивное образование, знание, творчество, творец, интерактивное, коллектив.
Demokratik tamoyillar asosida jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rniga ega bo’lib borayotgan mamlakatimizda ta’limning barcha shakllari qatorida to’garak mashg’ulotlari ham o’quvchi shaxsi shakllanishida erkinlikni ta’minlashning muhim omili sifatida qaralmoqda.
Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda.
Xalq hunarmandchiligi moddiy madaniyatimiizning eng qadimiy muxim turlaridan xisoblanadi va tasviriy xamda amaliy san’atining ko’pdan-ko’p soxalari bilan uyg’unlashib ketadi. Ammo, tasviriy va amaliy san’at, buyumlarga badiiy ishlov berish jarayonining hamda xalq xunarmandchiligining o’ziga xosligi, yo’llarini, xusumatlarini bir biridan farqlanadi. Ajratish muximdir. Shuning uchun biz moddiy ma’naviyatning, madaniyatning ushbu soxalarining mavjud ta’riflarini keltirib, taqqoslab o’tmoqchimiz.
Tasviriy san’at – san’at turi bo’lib, rassomlik, grafika, xaykaltaroshlik va foto san’ati sohalarini o’z ichiga oladi. Tasviriy san’nat real borliqni ko’rgazmali obrazlarda, mavjud predmetlarni ularning tabiiy shakli, o’rni bo’lishini o’ziga o’xshatib, umumlashtirib va tipiklashtirib ifodalaydi.
Amaliy bezakchilik san’ati – tasviriy san’atning eng qadimgi turlaridan biri, va materialga bezak texnikasiga qarab farqlanadi. Xalq turmush madaniyatini xarakterlaydi. Amaliy bezak san’ati buyumlarining badiiyligi shu buyumlarining amaliy funktsiyasi bilan bog’liq.
Hunarmandchilik – hunarmand, har-xil oddiy mehnat qurollari yordamida xomashyodan turli maxsulotlar tayyorlanadigan ishlab chiqarish, shunday maxsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi1.
Kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, xaykaltaroshlik, o’ymakorlik, toshtaroshlik, ko’nchilik, pichoqchilik, do’ppichilik, kashtachilik, zargarlik va boshqalar ajrala borgan.
Demak, yuqoridagi ta’riflardan ko’rinib turibdiki, xalq hunarmandchiligining mohiyati, mazmuni , tuzilishi xususiyati, o’ziga xosdir. O’zbek xalqining shakillanishi tarixi bilan uyg’unlashib ketgan xalq hunarmandchiligining o’nlab turlari bo’lishiga qaramasdan, hozirgi zamon ta’lim tarbiya tizimida ulardan deyarli foydalanmasdan kelishi mavjud, mehnat va kasbga yo’naltirish ta’lim tizimining milliy, mahalliy, etnik, tarixiy xususiyatlardan ajralib qolishiga sabab bo’lmoqda.
Respublikamizdagi xalq hunarmandchiligining Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus, Xiva, Termiz, Urganch, Namangan, Andijon, Farg’ona, Chust, Shaxrisabz va boshqa markazlarning ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos bo’lib, o’ziga xosligi jixatdan bir -biridan ajralib turadi.
Xalq amaliy bezak san’ati tarixiy jismga badiiy ishlov berish faoliyatidan boshlangan. Inson badiiy-ijodiy tafakkuri mahsuli bo’lgan bu faoliyat tosh asrida paydo bo’lgan va uning yashashi uchun go’zal muxit yaratishga xizmat qilgan. Bundan tashqari, bu faoliyat inson qalbida komillikka va erkinlikka intilishni kuchaytirgan hamda unga cheksiz imkoniyatlar sohibi ekanligini anglatgan. O’z navbatida inson ongi va tafakkuri rivojlanib, ma’naviy ehtiyojlarini ortib borishi bilan mazkur san’atning mazmuni, turlari hamda badiiy ifoda vositalari boyib, rivoj topib borgan.
Xalq amaliy bezak san’ati naqshlar asosida buyumlarga badiiy ishlov berishdan iboratdir. Naqshlar jismga turli yo’llar va vositalar yordamida tushirilgan: chizib, o’yib, zarb bilan, qadab, qo’l choklari yordamida, to’qib, gul san’ati hamda xalq hunarmandchiligi turlarining paydo bo’lshiga olib kelgan: naqqoshlik, yog’och o’ymakorligi, zargarlik, ganchkorlik, kashtachilik, zardo’zlik, gilamchilik va hokazo.
Ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida shakllantirilgan o’zbek xalq amaliy bezak san’ati bugungi kunda umuminsoniyat madaniyatida muxim o’rin egallaydi. O’zbek xalq amaliy san’ati namunalari jahonga mashhur bo’lib, dunyoning turli shaxarlaridagi san’at va etnografiya muzeylaridan o’rin olgan. Ayniqsa, mustaqillikdan so’ng mazkur san’at asarlari xalqimiz nomini butun dunyoga tanitishda katta rol o’ynamoqda. Shubxasiz, bu jabhada yoshlarimizning o’rni beqiyosdir. Yoshlarimizning badiiy san’at va hunarmandchilik turlarini ilmiy asosda va amaliy jihatdan puxta o’zlashtirgandagina bu muxim vazifani muvaffaqiyatli uddalay oladilar.
Endilikda hunarmandchilik turlarining kasb-hunar kollejlari dars jadvalidan texnologik fan sifatida o’rin olayotganligi huddi shu maqsadni ko’zlaydi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarini mehnat va kasbga tayyorlashni takomillashtirishda xalq hunarmandchiligidan foydalanishning pedagogik sharoitini tadqiq qilishda quyidagi jihatlarga e’tibor berish lozim:

  1. Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalash maqsadida mutafakkir, donishmandlar, olimlar asarlarining tarixiy manbalarida yoritilgan mazmunini o’rganish, tahlil qilish orqali mazkur sohaning hozirgi davrdagi ilmiy, nazariy poydevorini yaratish lozim.

  2. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarini mehnat ta’limi darslarida xalq xunarmandchiligi asosida tarbiyalash maqsadida xalq hunarmandchiligi sohalarining milliy, mahalliy, hududiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, o’g’il bolalar va qiz bolalar faol ishtirok etadigan, ya’ni ko’nchilik, mahsido’zlik, kosibchilik, pichoqchilik zardo’zlik, kashtachilik, quroqchilik sohalarini tanlab olib, ularning o’qitilish jihatlari rivojlantirilishi lozim.

  3. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida amalda qo’llanilayotgan o’quv dasturlari mazmunini tanlashda o’quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalashda, xalq hunarmandchiligi asoslarini o’rganishini tarkib toptirish hamda ularga xalq xunarmandchiligini ushbu soha misolida o’rgatish lozim.

  4. O’quv jarayonida o’quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalashni ta’limning maqsad va vazifalarini belgilashda, albatta, ularning o’ziga xos pedagogik usullari va vositalarining qo’llanilishi lozim bo’ladi2.

Hozirgi davrda uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida, mehnat va kasb-hunar pedagogikasida xalqimizning milliy, ma’naviy, madaniy meroslaridan, qadriyatlaridan, tarixiy yutuqlaridan foydalanishning yo’llarini, pedagogik shart-sharoitlarini belgilash ishi barcha izlanishlarning asosiy yo’nalishlaridan hisoblanadi.
Masalan, zardo’zlik sa’nati, uning vatani qadimgi Yunoniston bo’lib, bu erda zadogonlar zar, ipak va jun qo’shib to’qilgan kashtali naqshlar tushirilgan kiyimlar kiyishgan. Keyinchalik Rim imperiyasi tomonidan bosib olingan qadimgi Misr hamda Bobilda ham zardo’zlik rivojlana boshlagan. Qadimgi Bobil (Vavilion) o’zining kashtali qimmatbaho matolari bilan dunyoga mashhur bo’lgan.
Keyinroq zardo’zlik qadimgi Bobil bilan yaqin aloqada bo’lgan Eron podsholigi saroyida xam rivojlana boshlagan. Eron shoxlari hamda asilzodalarining kiyimlari ham oltin iplar bilan tikilgan bezaklar va qimmatbaxo toshlar bilan naqshlana boshlagan. Asilzodalar hayotida muhim o’rin egallay boshlagan zardo’zlik Eron orqali asta sekin Afg’oniston, Xindiston, Xitoy va ularga qo’shni bo’lgan O’rta Osiyo mamlakatlariga tarqala boshlaydi3. Har bir mamlakatda u o’ziga xos tarzda shakllangan va taraqqiy etgan.

Download 164.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling